1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə7/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
amaliy audit 1-maruza

1.6.Amaliy audit va Amaliy auditorlik faoliyatining mohiyati.
Amaliy audit - bunga vakolati bo’lgan shaxslar - Amaliy auditor (Amaliy auditorlik tashkilot) lar tomonidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliya-xo’jalik operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq, ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablarga muvofiqligini, ularning to’liqligi va aniqliligining tekshirish demakdir. Shuningdek, Amaliy audit tarkibiga konsalting, ya’ni mijozlarga shartnomaga asosan xizmatlar ko’rsatish ham kiradi.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifga ega bo’lishi kerak.
Amaliy auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, prof. M.M. Tulaxodjaevaning ta’rifiga ko’ra, «Amaliy audit-bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir»3.
Prof. H.N. Musaevning yozishicha, «Iqtisodiy adabiyotlarda «Amaliy audit» so’zining mazmuni turlicha talqin qilingan. Ayrimlar «Amaliy audit» so’zining mazmuni lotin tilidan olingan bo’lib, «u eshitadi» ma’nosini bildiradi desalar, boshqalar esa ushbu so’z ingliz tilidan olingan bo’lib, «u yordam beradi» degen ma’noga ega deb ta’kidlaydilar. Amaliy audit – bu «tekshirish», «tergov qilish» degan fikrlar ham bor. AQSh ning nufuzli iqtisodiy universitetlarida o’qitiladigan «Amaliy audit» (Amaliy auditing) – daxlsiz hodim tomonidan axborotlarning belgilangan mezonlarga mosligini aniqlash va xolisona xulosa berish maqsadida xo’jalik tizimi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va baholash jarayonidir. Bizning fikrimizcha, Amaliy audit – bu muayyan vakolatlar berilgan shaxslar, ya’ni Amaliy auditorlar tomonidan xo’jalik yuritayotgan sub’ektlar faoliyatlarining respublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga muvofiqligini tekshirish yo’li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir»4.
Amaliy auditorlik faoliyati va Amaliy auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining «Amaliy auditorlik faoliyati to’g’risida» gi qonunda quyidagicha ifodalangan, ««Amaliy auditorlik faoliyati deganda Amaliy auditorlik tashkilotlarininig Amaliy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga Amaliy auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi» (2-modda).
«Amaliy auditor - Amaliy auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar, Amaliy auditor Amaliy auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki Amaliy auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u Amaliy auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Amaliy auditor Amaliy auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida Amaliy auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq Amaliy auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi» (3-modda)»5. Shuningdek, qonunning 4-moddasiga muvofiq, «Amaliy auditorning yordamchisi Amaliy auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va Amaliy auditorlik hisobotida, Amaliy auditorlik xulosasida Amaliy auditorning ekspert xulosasida hamda Amaliy auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda Amaliy auditorning topshirig’iga binoan Amaliy auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Amaliy auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Amaliy auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati Amaliy auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
Amaliy auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt Amaliy auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi».
O’zbekistonda Amaliy auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan Amaliy auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning 5-moddasiga muvofiq, «Amaliy auditorlik tashkiloti Amaliy auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Amaliy auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Amaliy auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar Amaliy auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la olmaydilar. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni taxriridagi qism)
O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuniga muvofiq to’rtinchi - oltinchi qismlari tegishincha beshinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin
Amaliy auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
Amaliy auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi bir yoki bir necha Amaliy auditorga tegishli bo’lishi kerak (chet el Amaliy auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’’ba korxonasi tuzilgan xolat bundan mustasno);
Amaliy auditorlik tashkilotining shtat birligi kamida ikki Amaliy auditordan iborat bo’lishi kerak;
Amaliy auditorlik tashkilotining raxbari faqat Amaliy auditor bo’lishi kerak;
Amaliy auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo’lishi kerak.
Amaliy auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Adliya vazirligi Amaliy auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi. Ayditorlik tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va audtorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritish tartibi qonun hujjatalari bilan belgilanadi.
Amaliy auditorlik tashkilotlari Amaliy auditorlik faoliyatini o’zining fuqarolik javobgarligi xususidagi sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda Amaliy auditorlik xizmati ko’rsatish to’g’risidagi tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi»
Amaliy auditning maqsadi - amaldagi qonunchilik, Amaliy auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga soluvchi tizim, Amaliy auditor va mijoz o’rtasidagi o’zaro shartnoma majburiyatlari bilan belgilanadigan aniq masalani yechishdan iboratdir. Amaliy auditorlik faoliyatining maqsadi - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotini ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
«Amaliy auditorlik nazoratini o’tkazishdan asosiy maqsad – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini to’g’ri va xolis baholashdir, shu bilan birga xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda ularga yo’l-yo’riqlarni ko’rsatishdir»6.
Amaliy auditning asosiy vazifasi - quyidagi maqsadlarga erishish uchun moliyaviy hisobotlarni tekshirishdir:

  • hisobotlarning ishonchliligini tasdiqlash yoki ishonchsizliligini qayd etish;

  • tekshirilayotgan davrda korxona faoliyati natijasida hisob va hisobotda xarajatlar, daromadlar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligini tekshirish;

  • hisobni yuritish va hisobotni tuzish, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni baholash uslubiga oid qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

  • xususiy va aylanma mablag’lar, moliyaviy zahiralar va zayom manbalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlash.

Moliyaviy hisobot Amaliy auditining asosiy maqsadi - bu ma’lum bir vaqtda korxona faoliyati natijasi bo’yicha hisobotda aktivlar, majburiyatlar, xususiy mablag’lar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligiga haqqoniy baho berish, korxonada qabul qilingan hisob siyosati amaldagi qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish.
Amaliy auditorlik tekshiruvi davomida balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot to’g’ri tuzilganligi, tushuntirish xati ma’lumotlarining ishonchliligi tekshiriladi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:

  • hisobotda barcha aktivlar va passivlar aks etilganligi;

  • hisobot tuzishda barcha hujjatlardan foylanilganligi;

  • amaldagi mol-mulkni baholash uslubi korxona hisob siyosatida qabul qilingandan qay darajada farq qilishligi;

  • foyda solig’i va boshqa soliqlar bo’yicha soliqqa tortiladigan baza to’g’ri hisoblanganligi.

Amaliy auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:

  • korxona mulkdorlari tomonidan Nizom kapitali hajmining o’zgartirganligi to’g’risidagi qarorlari to’liq bajarilganligi;

  • balansning aktiv va passiv hisobvaraqlari bo’yicha sintetik va tahliliy hisob ma’lumotlarining bir biriga mos kelishligi;

  • hisobotda debitorlik va kreditorlik qarzlar to’liq aks etilganligi.

Amaliy auditorlik xulosasini tayyorlash jarayonida quyidagilar tekshirilishi lozim:

  • korxonada amalga oshirilgan alohida xo’jalik operatsiyalari qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq aks etilishi va mol-mulkni baholash tartibiga rioya qilinishi;

  • daromadlar va xarajatlar hisobot davrlari bo’yicha to’g’ri aks etilishi;

  • hisobda ishlab chiqarish bo’yicha joriy xarajatlar (aylanish chiqimlari) va kapital qo’yilmalar ajratilgan holda aks etilishi;

  • har oyning 1-sanasiga tahliliy hisob ma’lumotlari aylanma va tahliliy hisob hisobvaraqlari qoldiqlari bir biriga mos kelishligining ta’minlanishi.

Asosiy maqsadga erishish va xulosa taqdim etish uchun Amaliy auditor quyidagi masalalar bo’yicha o’z fikrini shakllantirishi lozim:
hisobotning umumiy qabul qilinishga mumkinligi, hisobot o’ziga nisbatan talab qilinadigan barcha shartlarga umuman muvofiqligi va bir biriga zid bo’lgan ma’lumotlar mavjud emasligi;
asoslanganligi (ko’rsatilgan summalar asoslangan ravishda hisobotga kiritilganligi);
yakunlanganligi (barcha kerakli bo’lgan summalar hisobotga kiritilganligi, xususan aktivlar va passivlarning barchasi ushbu kompaniyaga tegishli bulganligi);
baholash (barcha tabaqalar to’g’ri baholanganligi va xatosiz hisoblanganligi);
tabaqalashtirish (hisobvaraqda yozilgan summa asoslangan holda unda qayd etilganligi);
ajratish (balans tuzilgan sanadan oldinroq yoki bevosita ushbu sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar amalga oshirilgan davrda to’g’ri aks etilganligi);
batartiblik (alohida operatsiyalar bo’yicha summalar tahliliy hisob daftar va kitoblarida qayd etilganlarga muvofiqligi, ular to’g’ri raqamlanganligi, yakuniy summalar Bosh kitobda qayd etilgan summalarga muvofiqligi);
oshkoralik (barcha tabaqalashtirilgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotga kiritilganligi hamda hisobot va uning ilovalarida to’g’ri aks etilganligi).
Umuman turli mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham Amaliy audit amaliyoti va tashkil qilinishi o’z xususiyatlariga ega. Quyidagi 1.1-jadvalda turli mamlakatlarda Amaliy auditning tashkiliy tavsiflarini ko’rib chiqamiz.
Amaliy auditorlik faoliyatini tashkil qilish har bir mamlakatning xususiyati, davlat tuzilishi, iqtisodiy darajasi va boshqa omillarga bog’liq holda amalga oshadi.
Amaliy auditorlik faoliyatini tashkil qilish har bir mamlakatning xususiyati, davlat tuzilishi, iqtisodiy darajasi va boshqa omillarga bog’liq holda amalga oshadi.
Bu ta’rifda chuqurroq ahamiyat berilishi lozim bo’lgan tushunchalar bo’lib, ularga alohida to’xtalamiz.
Miqdoriy baholashga moyil ma’lumot – Amaliy audit uchun ma’lum standartlarga mos va son ko’rsatkichlari bilan ifodalangan, sifat jihatdan tavsifnoma berish uchun zarur ma’lumotlar kerak bo’ladi.
1.1-jadval

Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə