1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə3/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
amaliy audit 1-maruza

Amaliy audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Amaliy auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun Amaliy auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
Bizning mustaqil mamlakatimizda Amaliy auditning dunyoga kelishi va Amaliy auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari Amaliy auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.


1.2.“Amaliy audit” fanining predmeti va ob’ekti.
Amaliy auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Amaliy audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Amaliy auditning perdmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Amaliy audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Amaliy auditning predmeti taftishdan o’laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Amaliy auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning to’g’riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga to’liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Amaliy auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi.
Bozor sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida Amaliy auditning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak deb hisoblaymiz:
- mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan opretsiyalar;
- moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko’rsatkichlar ( xarajatlar, daromadlar, foyda ( zararlar);
- valyuta operatsiyalari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;
- hisob-kitob operatsiyalari ( debitorlik, kreditorlik qarzlari);
-qimmatbaho qog’ozlar bilan bog’liq jarayonlar.
Shunday qilib Amaliy auditning predmeti va ob’ektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va majburiyatlari;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida jarayonlari ( operatsiyalari).

Amaliy auditning asosiy predmeti bo’lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bo’linadi:

  • ishlab chiqarish faoliyati;

  • savdo faoliyati;

  • xizmat ko’rsatish faoliyati.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari o’z navbatida quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  • ta’minot jarayoni;

  • ishlab chiqarish jarayoni;

  • realizatsiya jarayoni.

Jarayonlar xo’jalik operatsiyalari orqali sodir bo’ladi.
Xo’jalik jarayonlarning Amaliy auditi ma’lum ko’rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ko’rsatkichlarning ikkiga bo’lish mumkin:

  • miqdor ko’rsatkichlari;

  • sifat ko’rsatkichlari.


Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə