1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə6/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
amaliy audit 1-maruza

1.5.“Amaliy audit” fanining “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil”, “Soliqlar va soliqqa tortish” fanlari bilan o’zaro bog’liqligi.
Amaliy audit” fani “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil”, “Soliqlar va soliqqa tortish” fanlari bilan quyidagi bog’liqliklarga ega:

  1. “Buxgalteriya hisobi” fani bilan o’zaro bog’liqligi.

Buxgalteriya hisobida korxona moliyaviy-xo’jalik faliyati birlamchi hisob hujjatlarida, bosh kitob, balans hamda boshqa moliyaviy hisobot shakllarida ikki yoqlama yozuv qoidalari va buxgalteriya hisobining boshqa qoidalari asosida aks ettirib borilsa, “Amaliy audit” fani mazkur jarayonlarni korxona ma’lumotlarini olgach Amaliy auditorning yiqqan dalillariga va amalga oshirilgan ishlarning mamlakatda mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarga mosligini tekshirishni o’rgatadi hamda Amaliy auditor korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

  1. “Iqtisodiy tahlil” fani bilan o’zaro bog’liqligi.

Iqtisodiy tahlil mikrodarajada, ya’ni korxona darajasida amalga oshirilganda korxonaning ta’minot jarayonidan tortib ishlab chiqarish, sotish hamda moliyaviy natijalarni aniqlash jarayonlarigacha amalga oshirilgan tahlillar Amaliy auditorlik xizmati amalga oshirgan tahlillar bilan solishtiriladi, shuningdek, korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligi, to’lov qobiliyatiga egaligi haqiqatdagi ahvol bilan solishtirib chiqiladi va korxonaning yangi ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash bo’yicha ham Amaliy auditorning o’z takliflari Amaliy auditorlik hisobotida aks ettiriladi.

  1. “Soliqlar va soliqqa tortish” fani bilan o’zaro bog’liqligi.

“Soliqlar va soliqqa tortish” fanida talaba soliqlarning turlari, ularni amalda hisoblash, to’lash tartiblarini o’rgansa, “Amaliy audit” fanida talaba mazkur soliqlar va majburiy to’lovlar haqiqatda to’g’ri hisoblanganligi va to’langanligi faktlarini aniqlash, farqlarni shakllantirish va ularning kelib chiqish sabablarini o’rganish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni muntazam, to’g’ri hisoblab to’lab borish mamlakat iqtisodiyoti uchun nechog’lik muhimligi to’g’risida asosli tavsiyalar ishlab chiqishni o’rganadi.

Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə