1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif


Turli mamlakatlarda Amaliy auditning tashkiliy tavsiflari



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə8/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
amaliy audit 1-maruza

Turli mamlakatlarda Amaliy auditning tashkiliy tavsiflari



Mam-la-
kat-lar

Ko’rsatkichlar

Amaliy auditning asosiy maqsadi

Amaliy auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi organlar

Amaliy auditor kadrlar tayyorlash tizimi

Angliya

Buxgalteriya hisobining haqqoniyligini nazoratqilish, hisobot tizimi va korxona moliyaviy hisoboti to’g’risida fikr bildirish

Diplomlangan buxgalter va Amaliy auditorlar qo’mitasi

Diplomlangan buxgalter va Amaliy auditorlar qo’mitasi

Frantsiya

Iqtisodning nodavlat sektorida moliyaviy hisobotlar haqqoniyligining tashqi moliyaviy nazorati

1.Buxgalter – ekspeditor organi
2.Taftishchilar milliy palatasi

1. Buxgalter- ekspeditor organi
2. Taftishchilar milliy palatasi

AQSh

Xolis Amaliy auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotni tekshirish va ekspert – konsultativ faoliyat



1.Amaliy auditorlar uyushmasi federatsiyasi
2.Ichki taftishchilar instituti
3.Buxgalterlar instituti

1.Diplomlangan Amaliy auditorlar instituti
2.Ichki Amaliy auditorlar instituti

Shvetsiya

Kompaniyalar, korxonalar, banklar, tashkilotlar moliyaviy hisobotini va xo’jalik muomalalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishini tekshirish

1.Amaliy auditorlik faoliyati komissiyasi
2.Amaliy auditorlarning Shvetsiya jamiyati (SRS)

1. Amaliy auditorlik faoliyati bo’yicha komissiya
2. Amaliy auditorlar malakasini oshirish instituti (UPEB)
3. Amaliy auditorlarning Shved jamoasi

Rossiya

Buxgalteriya hisobotlarini RF qonunchiligiga mosligini mustaqil buxgalteriya ekspertizasi orqali aniqlash

RF prezidenti qoshidagi Amaliy auditorlik faoliyati bo’yicha kommisiya (SALAK) va RF MB, Rossiya Amaliy auditorlar palatasi

SALAK MF va RF MB o’quv – metodik markazi

O’zbekiston

Moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi hamda qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini va u bilan bog’liq moliyaviy axborotni tekshirish

1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
2. Buxgalterlar va Amaliy auditorlar milliy assotsiatsiyasi
3. O’zbekiston Respublikasi Amaliy auditorlar palatasi

1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2.Buxgalterlar va Amaliy auditorlar milliy assotsiatsiyasi
3.O’zbekiston Respublikasi Amaliy auditorlar palatasi

Miqdoriy o’lchash mumkin bo’lgan ma’lumot turli shaklda bo’lishi mumkin. Masalan, moliyaviy hisobot xo’jalik mablag’lari va ularning ish jarayonidagi harakatlarni natura holda ifodalash, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt birligi, alohida shaxsning soliq deklaratsiyasi, kontraktlarning summalari va hokazo.


Bu ma’lumotlarni baholash mezonlari ham turlicha bo’ladi.
Masalan, qayta ro’yxat qilish usuli bilan moddiy boyliklarning saqlanishini aniqlash yoki g’azna hisobotlar Amaliy auditi yordamida pul mablag’larining o’z vaqtida kirim qilinishi, samarali va maqsadga muvofiq ishlatilishini tekshirish mumkin. Foydalaniladigan mezonlar Amaliy auditning maqsadidan kelib chiqadi.
Xo’jalik tizimi – xo’jalik tizimiga ko’p hollarda yuridik shaxslar, ya’ni korporatsiya, davlat muassasasi, jamiyat – birlashma, xususiy korxonalar kiradi. ayrim hollarda xo’jalik tizimini bo’linma, sektor, sex va ayrim olingan shaxslar ham ifodalashi mumkin.
Amaliy auditorlar javobgarligi chegaralarini belgilashda xo’jalik tizimini aniqlash bilan birga Amaliy audit davrini ham aniqlab olish zarur bo’ladi. Ko’p hollarada bu davr 1 yilga teng bo’lishi yoki undan ham oshishi mumkin. Tekshirish davrini belgilashda oxirgi o’tkazilgan xolis Amaliy audit xulosasi berilgan hisobot davridan tekshirilishi kerak bo’lgan hisobot davrigacha oraliq olinadi.
Dalillarni yig’ish va baholash – dalillar bu son ko’rsatkichlari bilan ifodalangan ma’lumotni belgilangan mezonlarga mosligini aniqlash uchun Amaliy auditor foydalanadigan manbalardir. Dalillar turli shaklda bo’lishi mumkin, jumladan mijozlarning og’zaki javoblari, kontraktlar, Amaliy auditorning shaxsiy kuzatishlari. Muhimi Amaliy audit oldidagi maqsadga erishish uchun dalillar sifatli va yetarli darajada to’planishi shart bo’lib, bu Amaliy auditning asosiy qismlardan hisoblanadi..
Yetarli bilimga ega vakolatli shaxs – Amaliy auditor belgilangan mezonlarni to’g’ri tushunishi uchun yetarli bilimga ega, dalillarning shakli va miqdorini bilish uchun vakolatli ma’sul shaxs bo’lishi kerak. Shu bilan birga Amaliy auditor mustaqil bo’lmog’i darkor.
Mutloq mustaqillikka erishish qiyin, albatta, lekin unga harakat qilinadi. Hatto Amaliy auditorning xizmatlari tekshirilayotgan kompaniya tomonidan to’lanayotganiga qaramay, u to’la mustaqilligini saqlab qoladi va tekshirish natijalariga ishonch hosil qilishi mumkin. lekin Amaliy auditor shu kompaniyaning boshqaruv tizimiga kirsa yoki shu kompaniyaning xizmatchisi bo’lsa – bu ichki Amaliy audit bo’lib, mustaqillik chegaralangan bo’ladi.
Fikrlar berish – tekshirish natijalari Amaliy auditorlik xulosalarida o’z aksini topadi. Xulosalar turlicha bo’lishi mumkin, lekin doimo ular foydalanuvchiga miqdoriy ma’lumot belgilangan mezonlarga qay darajada mos kelishini yoritib berishi kerak. Xulosalar shakli jihatidan ham farq qiladi, ya’ni moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lgan texnik xulosalardan tortib, ma’lum shaxslar uchun tayyorlangan oddiy og’zaki xulosalargacha. Amaliy auditorlik xulosalarini tayyorlash bu tekshirish jarayonining so’nggi bosqichidir.
Yuqorida keltirilgan tushunchalar Amaliy audit nima degan savolga to’la javob beradi. buni aniqroq ochib berish uchun quyidagi 1.2-jadvalda umumlashtirib ko’rsatish mumkin.
1.2-jadval

Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə