1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə11/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
amaliy audit 1-maruza

1.8.Amaliy audit maqsadi va vazifalari.
“Amaliy audit” fanining asosiy maqsadi – talabalarda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini Amaliy auditorlik tekshiruvidan o’tkazish, moliyaviy hisobot bo’yicha Amaliy auditorlik xulosasi hamda hisobotini rasmiylashtirish, Amaliy auditning professional xizmatlarini ko’rsatishni tashkil qilish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga O’zbekiston Respublikasida Amaliy auditorlik faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari va tashkiliy asoslari; Amaliy auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy talablari; Amaliy auditda muhimlik tushunchasi va Amaliy auditorlik riski; Amaliy auditorlik tekshirishni rejalashtirish; Amaliy auditorlik tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash; Amaliy auditorlik dalillar; ekspert ishlaridan va boshqa Amaliy auditorlik tashkiloti ma’lumotlaridan foydalanish; Amaliy auditorlik tanlash; Amaliy auditorlik hisoboti va xulosasi; ichki Amaliy audit asoslari; uzoq muddatli aktivlar Amaliy auditi; joriy aktivlar Amaliy auditi; majburiyatlar Amaliy auditi; xususiy kapital Amaliy auditi haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.


1.9.Amaliy auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari. Tasdiqlovchi Amaliy audit. Maqsadli sistemali Amaliy audit. Tavakkalchilikka asoslangan Amaliy audit.
Amaliy auditor atamasi birinchi marta dunyoda uchrashi 14-asrlarga borib taqaladi. Bunda hisob-kitob hujjatlari sudda dalil, isbot vazifasini o’tab boshlagan.
Luka Pacholi degan olim o’zining buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan va buxgalteriya hisobi nazariyasiga asos solgan olim, o’zining birinchi “Schyotlar va buxgalteriya yozuvlari” to’g’risidagi asarida buxgalteriya hisobini yuritishda uni nazorat qilib borish zarurligi haqida yozadi.
Birinchi marta Amaliy auditning tarixi SHotlandiyaning edinburg shahrida boshlangan, desak bo’ladi. CHunki yuridik jihatdan ilk bor 1853 yilda rasmiy ravishda SHotlandiyaning edinburg shahrida edinburg Amaliy auditorlar instituti ochildi.
Amaliy auditorlarga talab kuchayishining sababi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy krizisi va boshqa turli faktorlar sabab bo’ldi. Katta-katta korporatsiyalar o’z ishini tashkil etishida ular boshqa-boshqa shaharlarda o’z faoliyatini kengaytirib borishar edi. Ular ishini joylarda nazorat qilib turish uchun esa mustaqil shaxs, ya’ni Amaliy auditor kerak ei. CHunki aktsiyadorlar o’z ulushlarini aniq qiymatlarda olishi kerak edi.
1940-1948 yillar (birinchi bosqich)
Amaliy audit rivojlanishining birinchi bosqichi 1940 yillarga borib taqaladi. Bunda Amaliy audit o’tkazish hisob-kitob hujjatlarini tekshirish va ularni moliyaviy hisobotlarda to’g’ri guruhlangan holda aks ettirish kerakligini talab etgan. Bunda uning nomi tasdiqlovchi Amaliy audit, deb nom olgan.
Ushbu jarayon rivojlanib borib, bozor infratuzilmasining o’zgarib borishi natijasida ichki Amaliy auditga talab paydo bo’la boshladi. CHunki assotsiatsiya, korporatsiya, kompaniyalar, firmalarda ichki nazorat tizimi ham yaxshi yo’lga qo’yilishi kerak edi. Natijada 1941 yilda Amerika ichki Amaliy auditorlar (revizorlar) instituti tashkil etildi. SHundan so’ng 1948 yilda Amerika buxgalterlar instituti Amaliy auditning umumiy standartlarini qabul qildilar, ichki Amaliy auditorlar instituti esa ichki Amaliy auditorlar majburiyatlarini nashr qila boshladi.
1949-1969 yillar (ikkinchi bosqich)
Amaliy audit rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1949 yildan boshlanadi. Bunda ichki nazorat tizimini yaxshi yo’lga qo’yib boryotgan ichki Amaliy auditorlar roli katta ahamiyatga ega. CHunki bunda xo’jalik yurituvchi katta katta sub’ektlar hisob-kitob ishlari ishonchliligi darajasi oshib bordi. SHundan so’ng Amaliy auditorlar konsultatsiya yoki maslahat xizmatlarini ham yo’lga qo’ya boshlashdi, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri Amaliy auditorlik faoliyati bilan ham shug’ullanib borishdi. Bu Amaliy auditning nomi tizimli orientirlangan Amaliy audit deb nom oldi.
Amaliy audit rivojlanishining uchinchi bosqichi 1970 yildan boshlanadi. Bunda uning nomi risklarni kamaytirib borishga asoslangan (tavakkalchilikka asoslangan Amaliy audit) Amaliy audit deb nom oladi. Bunda shuni aytib o’tish kerakki, Amaliy auditorlar risklarni kamaytirish uchun maxsus formulalardan foydalanishadi. Amaliy auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha tomonlarini 100 foiz tekshirib, tubiga yetib borishi juda qiyin. SHuning uchun Amaliy auditorlar moliyaviy hisobotlardan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun eng xato yuqori bo’lishi mumkin bo’lgan tomonlarini to’liq o’rganib chiqadi, to’g’rirog’i tanlab tekshirish yo’lidan foydalanadi.
Ob’ektni o’rganish bo’yicha Amaliy audit 3 ta turga bo’linadi: Moliyaviy, muvofiqlik va operatsion Amaliy audit.
Moliyaviy Amaliy audit bu mustaqil Amaliy auditor tomonidan korxonaning moliyaviy hujjatlarini tekshirishga asoslanadi.
Muvofiqlik yoki moslikni tekshirish bo’yicha Amaliy audit. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati qonuniyligi, ish haqi hisob-kitoblari to’g’riligi, boshqa tomonlar bilan shartnomalarda majburiyatlar bajarilishi, soliq to’lovlari hisoblanishi to’g’ri yoki noto’g’riligi tekshirib chiqiladi.
Operatsion Amaliy audit. Buni biz korxona ishlash samaradorligini tekshirish yoki boshqaruv personali faoliyatini tekshirish, deb ham atashimish mumkin. Bunda korxona biznes-planlarini, smetalarini maqsadli dasturlarni tekshirish nazarda tutiladi.



Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə