1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə2/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
amaliy audit 1-maruza

2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil Amaliy auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil Amaliy auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda Amaliy auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud:

  • korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy Amaliy audit nazoratidan o’tkazish;

  • Amaliy auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan bog’liq talablar.

  • Amaliy auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.

Bu mamlakatlarning har birida Amaliy auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p. Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro Amaliy auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Xususan, Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 147 ta mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan 4 mingdan oshiq Amaliy auditorlik firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy tajribalarni o’rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida nodavlat tashkiloti - Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti (INTOSAI) tuzilgan. Bu tashkilotni tuzishga quyidagi omillar sabab bo’lgan:

  • jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendentsiyalarining kuzatilishi;

  • biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi;

  • ko’p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi;

  • pul mablag’larini samarali nazorat qilishga intilish;

  • davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi.

Buxgalter-Amaliy auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo’lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-Amaliy auditorlar jamiyati, Germaniyada Amaliy auditorlar palatasi va Amaliy auditorlar instituti faoliyat ko’rsatmoqda.
Barcha Amaliy auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida «Xalqaro Amaliy audit normalari va qo’shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar. Xalqaro Amaliy audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan.
Tashqi Amaliy audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki Amaliy audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
Firmalarning, shu jumladan Amaliy auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki Amaliy audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda yetakchi o’rin egallaydi. Unda ichki Amaliy auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy Amaliy audit bo’limiga yuklangan.
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni Amaliy auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo Amaliy audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib yetgan emas.
Amaliy audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida Amaliy audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun Amaliy auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan Amaliy audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.
Amaliy auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, Amaliy auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohala-ridan foydalanadilar.

Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə