1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif


Amaliy audit va taftish o’rtasidagi tafovutlar



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə13/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
amaliy audit 1-maruza

Amaliy audit va taftish o’rtasidagi tafovutlar



T/r

Farq qiladigan belgilari

Amaliy audit

Taftish


Maqsadlariga ko’ra

Moliya-xo’jalik faoliyatidagi kamchiliklarni uning ajralmas elementi sifatida aniqlashga yo’l qo’ymaslikni ta’minlash

Kamchiliklarni oldini olish va bartaraf qilish uchun ularni aniqlash


Huquqiy jihatlari bo’yicha

Fuqarolik huquqi

Ma’muriy huquqi


Gnoseologik (bilish) jihatlari bo’yicha

Mijoz korxona buxgalteriya hisobotidagi axborotlarning haqiqiyligini isbotlash

Sodir etilgan operatsiyalarning qonuniyligi va xodimlar tomonidan o’g’irliklar yo’qligini aniqlash


Uslubiy jihatlar bo’yicha

Uslubiy jihatdan o’xshash, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma-xilligidan kelib chiqib har-xil nisbatlarda qo’llaniladi


Ob’ektlari bo’yicha

Mijoz-korxona to’lov layoqatini izdan chiqaradigan, uning moliyaviy ahvolini yomonlashtiradigan barcha vaziyatlar ob’ektlari hisoblanadi

Amaldagi qonunchilik va korxona hisob siyosatining buzilishiga olib keladigan barcha vaziyatlar ob’ektlari hisoblanadi


Boshqaruv shakliga ko’ra

Aloqalar gorizontal va ixtiyoriy

Aloqalar vertikal, ma’muriy tayinlash va majburiy tartibda


Xizmatlar uchun haq to’lash printsiplariga ko’ra

Haqni mijoz-korxona to’laydi

Haqni yuqori tashkilot yoki davlat to’laydi


Amaliy vazifalar bo’yicha

Yangi passiv manbalarni jalb qilish, to’lov qobiliyatini mustahkamlashga doir vazifalarni mijoz-korxona hal qiladi

Korxona aktivlarining saqlanishi, suiiste’mol qilishlarning oldini olish va to’sqinlik qilish bo’yicha vazifalarni xo’jalik tizimi hal qiladi.


Yetarlilik darajasiga ko’ra

Xarajatlar va natijalar nisbatiga qarab oqilana yetarlilik printsipi amal qiladi

Eng yuqori darajadagi aniqlik va aybdor shaxslarni, so’ralgan zarar ko’lamini aniqlash printsipi amal qiladi


Natijalariga ko’ra

Amaliy auditorlik hisoboti va Amaliy auditorlik xulosasi tuzish bilan yakunlanadi

Taftish dalolatnomalari, tashkiliy xulosalar, jarima solish, majburiy ko’rsatmalar va ularning yuajarilishini tekshirish

Amaliy audit va taftish o’rtasidagi yuqoridagi farqlar umumiy tarzda ayrim adabiyotlarda keltirilgan. Hozirgi kunda bularni umum qabul qilingan qarashlar deb hisoblash mumkin.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, respublikamizda iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va mulk shaklining o’zgarishi natijasida taftishning o’rnini Amaliy audit egallashi tezlashdi. Ammo, taftish butunlay yo’qolib ketmaydi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustahkamlanishiga qarab saqlanib qoladi.


Xulosa
Amaliy auditorlar (Amaliy auditorlik tashkilotlari) Amaliy audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Amaliy audit o’tkazishda milliy va xalqaro Amaliy audit standartlariga asoslanadi. SHunday qilib, Amaliy auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Amaliy auditorlik tashkilotining buxgalteriya hisobi buxgalteriya tomonidan yuritiladi. Yirik bo’lmagan Amaliy auditorlik tashkilotlar soddalashtirilgan ikki darajali boshqaruv tizimiga ega bo’lishlari mumkin - Amaliy auditorlik tashkilotning rahbari, odatda, tekshiruv rahbari ham hisoblanadi.
Tadbirkorlik sohasini kengaytirish ko’pincha Amaliy auditor amaliy ish olib bormaydigan joylarda filiallar yoki sho’’ba kompaniyalar tashkil etishga olib keladi. Bunday sharoitlarda mijoz (amaldagi Amaliy auditor mijoz bilan kelishuvga muvofiq), topshiriqni bajarish uchun zarur bo’lgan professional xizmatlar olish (ko’rsatish) uchun ushbu hududda faoliyat ko’rsatayotgan Amaliy auditorga murojaat qilishi mumkin.
Amaliy auditorlik faoliyatining qandaydir turini berish maxsus xizmatlar yoki vazifalar sohasida vujudga kelishi mumkin. Amaliy auditorlar tomonidan taklif qilinadigan xizmatlar miqyosi kengayib boradi va ko’p hollarda jamiyatga xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan chuqur maxsus bilimlarni talab etadi. Bitta Amaliy auditor kasbning barcha sohasida hamma tajribaga ega yoki ekspert bo’la olish imkoni yo’qligi sababli ayrim Amaliy auditorlar o’z firmalarida, talab qilinishi mumkin bo’lgan, maxsus xizmatlarni to’liq rivojlantirishni amalga oshirish samarasiz degan xulosaga keldilar.
Amaliy auditorlar faqat ularning professional kompetensiyasiga javob beradigan xizmat turlarini ko’rsatishlari mumkin. SHuning uchun kasb uchun butunligicha va mijozlar manfaati uchun Amaliy auditorlar kompetentli shaxslardan tegishli maslahatlarni olishlari uchun ochiq bo’lishlari muhimdir.


11 Темур тузуклари. Тошкент: 1996, 125 бет.

Жогирдор – жогир эгаси. Тож – тахт олдида к¢рсатган хизматлари учун бериладиган инъом; ер – сув, мол – мулк.
 Холиса – Давлат ихтиёрида б¢лган ва барча солиšлардан озод этилган ер – сув ва мол – мулкни тасарруф этувчи олий идора.







2 Темур тузуклари. Тошкент: 1996, 90 бет.

3 М.М. Тулаходжаева. Ўзбекистон Республикасида молиявий назорат тизими. Ўšув šўлланма. Т.: 1996, 19 б.

4 Ќ.Н. Мусаев. Аудит. Дарслик. Т.: 2003, 17-18 б.

5 Ўзбекистон Республикаси «Аудиторлик фаолияти тўғрисида» ги šонуни. Т.: 2000й., 2,3-моддалар. (ЎзР 13.12.2002 й. 447-II-сон Šонуни тахриридаги šисм).

6 А. Абдуллаев ва бошšалар. Аудит асослари. Дарслик. Т.: 2003., 10 б.

Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə