1-mavzu: amaliy auditga umumiy tavsif



Yüklə 223,1 Kb.
səhifə12/13
tarix23.12.2023
ölçüsü223,1 Kb.
#155058
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
amaliy audit 1-maruza

1.10.Amaliy audit va buxgalteriya hisobi o’rtasidagi farqlar. Amaliy audit va taftish, ularning o’xshashlik va farqli tomonlari.
Buxgalteriya hisobida korxona moliyaviy-xo’jalik faliyati birlamchi hisob hujjatlarida, bosh kitob, balans hamda boshqa moliyaviy hisobot shakllarida ikki yoqlama yozuv qoidalari va buxgalteriya hisobining boshqa qoidalari asosida aks ettirib borilsa, “Amaliy audit” fani mazkur jarayonlarni korxona ma’lumotlarini olgach Amaliy auditorning yiqqan dalillariga va amalga oshirilgan ishlarning mamlakatda mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarga mosligini tekshirishni o’rgatadi hamda Amaliy auditor korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali tashkil etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Amaliy audit - bu iqtisodiy jarayon bo’lib, unda yetarli bilimga ega bo’lgan va maxsus malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxs xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axboroti to’g’riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlab, o’z fikrini bildirishidir.
Agar G’arb mamlakatlarida Amaliy audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan shakllana boshladi. Shuning uchun Amaliy auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan Amaliy audit tushunchalari bir – birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi va mulk shaklining o’zgarishi taftish o’tkazish borasida juda katta o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi.
Amaliy audit va taftish tushunchalari keng ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati ustidan o’rnatiladigan iqtisodiy nazoratni tashkil etish usullari hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzishni taftish qilishda ma’lum izohlar berilgan holda Amaliy auditorlik faoliyati standartlari va normalari qo’llanilishi mumkin. Amaliy audit va taftishning bunday o’xshash jihatlari ko’p, ammo printsipial farqlari ham mavjud. Shuning uchun ham iqtisodiy nazorat shakllari va metodlarining rivojlanishi istiqbollarni tadqiq qilishda Amaliy audit va taftish o’rtasidagi farqlarni ochib berish muhim ahamiyatga ega. Bunday farqlarni quyidagi belgilari bo’yicha turkumlash mumkin:

Yüklə 223,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə