1-mavzu: Insoniylik ulug’ fazilat



Yüklə 139,8 Kb.
səhifə13/39
tarix19.06.2023
ölçüsü139,8 Kb.
#117987
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
2 kurst tarbiya

Ijodiy faoliyat. 3-ilova

  1. Oilangizda siz yoki uka­singillaringizni erkalab ota­onangiz qanday ezgu niyatli so‘zlarni aytadi?

  2. Quyidagi matnni o‘qing va o‘z oilangizdagi shunday holat bilan solishtiring.

OTA GO‘DAK FARZANDINI SUYGANDA KO‘KKA OTADI


Bu «mendan-da ulug‘ bo‘l, bolam» degani. Bu haqiqiy g‘amxo‘rlik va farzandni barcha narsadan, hatto, o‘z-o‘zidan-da aziz bilish ifodasi. Ota farzandi maktabga borganida uni quchog‘iga olar ekan, peshonasidan o‘padi. Bu «toleying porloq bo‘lsin» degani. Ertaning umidi bor unda, farzandining iqboli uchun har narsaga tayyorlik mujassam bo‘ladi ushbu mehrda. Harbiyga kuzatayotganda ota o‘g‘lining belidan dast ko‘taradi. Bu «Vatan xizmatiga bog‘lagan beling mustahkam bo‘lsin» degani. O‘qishni bitirib, o‘g‘li qo‘lidan ish olganida ota duoga qo‘l ochadi: «yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, bolam»... O‘shanda uning ko‘zlari yoshlanganini ko‘rmaysiz, qalbidagi iftixorni tasavvur qila olmaysiz. Farzandining ulug‘ ishlarni qilganini ko‘rganida esa «otam» deb suyadi, qiziga esa «ona qizim» deb murojaat etadi... Buning tagida shunday hikmat bor: «bugun seni suysam ertaga senga suyanaman
Mavzuni mystahkamlash. 4-ilova

  1. Oilaning to‘kisligi nimaga bog‘liq?

  2. Sizning oilangizda oilaviy tadbirkorlik yo‘lga qo‘yilganmi? Nega oilada biror hunar o‘rganish kerak, deyiladi?

  3. «Sen tarixi boy, ulug‘ millatning farzandisan», «Sen ulug‘ mutafakkirlar, allomalar yashab o‘tgan diyorda tug‘ilgansan», degan gaplarni eshitganingizda qalbingizga shu Vatanda, shu yurtda yashayotganligingizdan g‘ururlanish tuyg‘usi kechadimi? Fikringizni asoslang.

  4. Siz oila a’zolaringiz bilan uy sharoitida kichik biznes boshladingiz. Siz yaratayotgan mahsulotni sizdan avval mahallangizdagi boshqa bir xonadon boshlagan va bozor bilan aloqani yo‘lga qo‘yib, o‘z mahsulotining xaridoriga ega. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?


Yüklə 139,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə