1-mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Yüklə 236,99 Kb.
səhifə29/45
tarix11.05.2022
ölçüsü236,99 Kb.
#86465
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
O‘zbekistonning eng yangi tarixi8

Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси. / Масъул муҳаррир Н.Талипова.

–Т., ―Fan va texnologiya. 2014. 328 б.

  1. Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: ―Янги аср авлоди. 2003.

  2. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси.

-Т.: ―Шарқ. 2000.

    1. Ma‟naviyat va ma‟rifat davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi.

Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog`liq. Mustaqillik davrida tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy mafkuraviy sohalarda ulkan o`zgarishlar ro`y berdi.

Ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishiga aylandi. Joylarda ma‘naviyat bilan bog`liq tadbirlarning amalga oshirilishi uchun butun mas‘uliyat hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bo`lishi mumkinligi omma ongiga singdirildi. Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi, kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi.

Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo`lgan eng ustuvor vazifa ―xalqimiz orasida katta ma‟rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta‟sir o`tkazishga, xalqni o`ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma‟naviy manbalarni to`g„ri belgilab olishdir" (Karimov I.A O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: O`zbekiston, 1999. B. 16.) .

Darhaqiqat, mustaqil O`zbekistonda ma‘naviyat sohasidagi vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarib kelinmoqda. Chunonchi, istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma‘naviy hayotidagi bosh vazifa – eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish bo`lgan bo`lsa, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma‘naviyatini shakllantirish. Bir so`z bilan aytganda, ozod, o`z haq- huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko`rinishlarini o`zi uchun or deb biladigan, o`z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o`z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iborat bo`ldi.



Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg`otuvchi va doimiy harakatdagi kuchdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, yangi asr bo`sag`asida ma‘naviyat sohasidagi strategik maqsadimiz ―milliy qadriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni anglash, milliy g„oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma‟naviy hayotimizdagi o`rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko`tarish va ta‟sirchanligini kuchaytirishdir" (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: O`zbekiston, 2000. B. 24).


Yüklə 236,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə