1-mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining nazariy-metodologik tamoyillari quyidagilardan iborat



Yüklə 23,86 Kb.
səhifə5/6
tarix30.04.2022
ölçüsü23,86 Kb.
#86336
1   2   3   4   5   6
1 мавзу маъруза Kirish O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining nazariy-metodologik tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • ilmiy xolislik (obyektivlik);

  • tarixiy tahliliylik;

  • mantiqiy uzviylik;

  • vorislik va izchillik;

  • xronologik izchillik;

  • g‘oyaviylik va vatanparvarlik;

  • halollik va xolislik;

  • qiyoslash va kuzatish;

Vatanimizning boy, betakror tarixi, o`ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha rivojlanish jarayonlarini 7 ta davrga bo‘linadi:

1. Ibtidoiy to`da davri.

2. Urug`chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri.

3. Ilk o‗rta asrlar davri.

4. O`rta asrlar davri.

5. Mustamlakachilik va milliy uyg`onish davri.

6. Sovetlar davri.

7. Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv baholagan holda mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ldi: 

1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy


yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish
davrining dastlabki islohotlar амалга оширилди.

2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar davri hisoblanadi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur o‘rganish, bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning butun tizimini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish muhim ahamiyatga ega. Qadimiy, boy tariximizni chuqur o‘rganish, tahlil qilish, targ‘ibot ishlarini jonlantirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:


  • 1998- Uzbekiston tarixchilarining maxsus «Uzbekiston tarixi» jurnaliga asos solindi.

  • 1998-Tarix fanining eng dolzarb muammolarini muhokama etuvchi Yahyo G’ulomov nomidagi «Uzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» respublika muntazam ilmiy seminari tashkil etildi.

  • 1999- Uzbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuzildi.

  • Ilk marotaba «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko’ra, tarix fanining ta’lim tizimi bilan hamkorligi yo’lga qo’yildi.

  • Fan va ta’lim mushtarakligi maktab partasidan boshlab, tarixchi kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan.

  • 2012 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tari­xi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi (PQ-1694).

  • 2017 yil 17 fevralda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirish bo’yicha Prezident Qarori (PQ-2789) qabul qilindi.

  • 2017 yil 30 iyunda PQ-3105 “O’zR FA huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi” tashkil etildi.

  • 2019 yil 11 iyulda “O’zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-4390) qabul qilindi.

Vatanimiz tarixi yoshlarga xalqimizning o`tmishi, tarixi haqida bilim berib qolmasdan balki ulami vatanparvar, insonparvar, ma‘naviy jihatdan komil inson boiib yetishishlarida dastur-amal hisoblanadi. Vatanimizni keyingi avlodlarga yanada obod, qudratli, har tomonlama rivojlangan holatda yetkazish davrimizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas‘uliyatli va sharafli vazifani ado etish yoshlarga, ularning ma‘naviy barkamolligiga bog`liqdir.


Yüklə 23,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə