1-mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Yüklə 23,86 Kb.
səhifə2/6
tarix30.04.2022
ölçüsü23,86 Kb.
#86336
1   2   3   4   5   6
1 мавзу маъруза Kirish O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2018.

Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2019.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild.

-T.: “O’zbekiston”. 2020.



Иброҳимов А. Бизким ўзбеклар ... . -Т.: “Шарқ”, 2011.

Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғат -Т.: “Шарқ”. 2006Matyoqubov X.H. O‘zbekistonning eng yangi tarixi (o‘quv qo‘llanma). –Toshkent. 2021.  
Darsning o’quv maqsadi: O`zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy- metodologik asoslari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog`liqligi to`g`risida bilimlar tizimini shakllantirish.

Tayanch iboralar: tarix, O`zbekiston, fan, predmet, obyekt, nazariy- metodologik asoslar, tamoyillar,holislik, ilmiylik, tarixiylik, davr, tarixiy manba, yozma manbalar, moddiy manbalar, xalq, mamlakat, mintaqa, o`tmish, xronologik, qiyosiy solishtirma, analiz, sintez, tarixiy–genetik, retrospektiv, sinxron, diaxron, tarixiy–solishtirish, tarixiy–tipologik .

Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy


siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi
hayotida XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi
uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish
hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi
yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida
o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning
shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi.

Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush


tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy
salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligidir.

Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum asoratidan


sovet tizimidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini
ta’minlash kabi g‘oyatda ziddiyatli, tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli
jarayonni boshdan kechirdi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o`z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o`zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o`ziga xos bo`lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O`zbekistonning ham, o`zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi bor. Qadim o`tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to`lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo`lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma‘lum darajada aralashuvi sodir bo`lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san‘ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg`unlashib ketgan.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixini bugungi fuqarolik jamiyatni shakllantirish jarayonlariga dahldorligini anglatish, tarаqqiyotning yangi bosqichidagi jarayonlar, respublikada yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini anglatishdan iborat.


Yüklə 23,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə