1-mavzu: kompyuter texnik vositalari


INTEL I AMD PROTSESSORLARI



Yüklə 6,55 Mb.
səhifə8/83
tarix11.12.2023
ölçüsü6,55 Mb.
#146449
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Kasb-hunar maktabi

INTEL I AMD PROTSESSORLARI
Reja:

    1. Kompyuter arxitekturasi

    2. Kompyuterning tuzilishi 

    3. ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari

Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funktsional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo’shimcha funktsional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funktsiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Qo’shimcha funktsiyalar esa asosiy funktsiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina o’rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab o’tilgan funktsiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.
Kompyuterning tuzilishi – kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.
Shaxsiy kompyuter – hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bo’yicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o’rnatiladigan yoki qo’lda olib yuriladigan EHM.
ShK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • yakka xaridor imkoni doirasidagi mo’tadil narxi;

  • atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo’yilmagan tarzda muxtor ishlashi;

  • arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo’llanilishga moslasha oladigan o’zgaruvchanligi;

  • foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi;

  • ishining o’ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi).


Yüklə 6,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə