1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида


Ta`limning ko`rgazmalilik tamoyili



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə11/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Методика Лекция узб латын

Ta`limning ko`rgazmalilik tamoyili. Ko`rgazmalilik tamoyili- ta`lim jarayonida juda keng qo`llaniladi.
Ta`limning ko`rgazmalilik tamoyiliamal qilish, demak bu-ko`rgazmali qurollarga tayanish, bolalar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalari uchun ko`rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi.
Ta`limning ongliligi va faolligi tamoyili. Bu ta`lim jarayonida asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta muhim jihatini o`z ichiga oladi:
-bolalar tomonidan o`quv materiallarining ongli ravishda tushunilishi;
- mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lish;
- bilish faoliyatining shakllanishi.
2. Bolalarning bilim olishga ongli munosabatda bo`lishi-bu bolaning mtm ga, mashg`ulotlarga, o`rtoqlariga o`ziga bo`lgan munosabati tushuniladi. Ongli munosabatni shakllantirish avvolo ta`limning mazmuni va ta`lim berish metldlariga bog`liq. Mashg`ulot qiziqarli bo`lsagina bola intilib turadi. Bu o`rinda ko`p narsa tarbichiga, uning ish uslubiga, bolalarga bo`lgan munosabatiga bog`liq.
O`qitishning puxtaligi tamoyili Ta`lim berishning muhim vazifalaridan biri mustaqil bilim olishga, malaka va ko`nikmalar ta`sir qilishga erishishdan iboratdir.
Bilimlarni o`zlashtirishning puxtaligi quyidagi omillarga bog`liq:
- tushuntirishning ilmiyligi va tizimlililigi,
- tushunishning ongliligi,
- bolalarning bilish faolligi,
- o`qish sabablariga,
- kitoblarning sifatiga,
- o`qituvchining mahorati va h.k.zalarga.
Ta`limni alohidalashtirish tamoyili. Mashg`ulot olib borishda jamoa holda o`quv faoliyati tashkil qilinadi.
Ayrim bolalar bunda tez o`zlashtirish qobiliyatiga, ayrimlari sekin o`zlashtirish qobiliyatiga egadir. Bolalarning yosh xususiyati ham o`zlashtirishga ijobiy yoki salbiy ta`sir qiladi.
Shu sabablarga asoslanib ta`lim berish darajalashtiriladi (differentsiyalashtirish) va alohidalashtiriladi (individuallashtirish).
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarning barchasi qamrovli tarzda qullanilmaydi. Ularning har biriga ijodiy tarzda yondashiladi.
Ta`lim tamoyillarni qo`llashda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak:
1.Tarbiyachi faqat bir ta`lim tamoyiliga suyanmasligi kerak. Asosan ularning tartibiga, ilmiy asoslangan maqasad tanlashga, metodlarni belgilashga va bolalar faoliyatini tashkil qilish vositalarini ajratishga va o`kuv jarayonini tashkil qilishga e`tibor berish lozim.
2. Tarbiyachi har bir tamoyilni va ularning tartibiga, asosiy qonunlar va qonuniyatlarni hayotga tatbiq etuvchi, hoziri davr ta`lim kontseptsiyasining negizi deb bilishi kerak.
3. Tarbiyachi pedagogik jarayonning o`zaro ta`sir etuvchi qismlarini bilishi hamda ta`lim tamoyilini qonuniyatlariga suyangan va pedagogik jarayonning uyg`unlikda bo`lishiga erishgan holda, qismlarning o`zaro ta`sirini tartibga solishi kerak.



Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə