1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə12/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Методика Лекция узб латын

Nazorat savollari
1. Ta`limning tizimlilik tamoyilini aytib bering.
2. Ta`limning tushinarliligi tamoyili izohlab bering.
3. Ta`limning ko`rgazmalilik tamoyili izohlab bering.
4. Ta`limning ongliligi va faolligi tamoyilini aytib bering.
5. Ta`limning puxtaligi tamoyili izohlab bering.
6. Ta`limni alohidalashtirish tamoyili izohlab bering.


Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. N.N.Djamilova va O.Xasanboeva Pedagogika fanini o`qitish metodikasi.T.: “O`zbekiston”. 2008 y. Metodik qo`llanma
2. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.-
Toshkent: Oliy pedagogika instituti, 2003.
3. Tolipov O`., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.


3-mavzu: Metodika fani o‘qituvchisining o‘quv-meyoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasi. Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondoshuvlar
Reja:
1. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitishga zamonaviy yondoshuvlar.
2. Pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida.
3. Pedagogik fanlarni o’qitish funktsiyalari.
4.O’qituvchi va talabalarning ta`lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi.
Tayanch iboralar: Metodik ishlar, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi.


1. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitishga zamonaviy yondoshuvlar.
Ma`lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma`naviy-ma`rifiy va madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik printsipiga muvofiq ta`lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo`yadi.
Ta`lim jarayonini rejalashtirish professor-o`qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vakuum ostida emas, balki ta`lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Professor-o`qituvchilardan albatta ular faoliyat ko`rsatadigan ta`lim muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va qadriyatlari albatta o`quv dasturiga ta`sir ko`rsatadi.
Xorijdagi oliy ta`lim muassasalarining ko`pchiligi o`zlarining vazifalarini bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi
o`ziga xos xislatlari to`g`risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy
tushunchalarda mazkur universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bo`yicha talabaga kutilayotgan natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo o`quv dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bo`lishi lozim.
Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili mavjud bo`lib, unda qo`yidagilar ko`rsatiladi:
Oklend universitetida bakalavr yo`nalishida tahsil olib bitirgan talaba yuqori darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy intellektual ko`nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bo`ladi va bu uning ishga joylashuvida, fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta`lim olish va malakasini oshirishda asos bo`lib xizmat qiladi.
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli profil` maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va o`quv dasturlarini ishlab chiqish uchun yo`riqnoma bo`lib hisoblanadi. Professor-o`qituvchilarning fakul`tetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun o`quv dasturlarini, o`qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta`lim imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat. Ko`plab universitetlar Bitiruvchi profiliga yoki Bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab chiqmoqda.
O`quv dasturini ishlab chiqishda o`rganish natijalari yondashuvi hali yangiligicha qolmoqda, va ko`plab professor-o`qituvchilar boshida ushbu yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunli tavsiflab berishda qiynalishadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta`lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yo`nalish deb belgilandi, oliy ta`limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi bo`lgan “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da oliy ta`lim tizimi oldiga har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb- hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta o`zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi davlat buyurtmalari qo`yilgan.
Jamiyatimizda sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, ma`naviy-ma`rifiy o`zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish tamoyillari hisobga olingan holda yaratilgan “Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli risolada ta`lim tizimi oldiga ijtimoiy buyurtmalar qo`yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy buyurtmalardan oliy ta`lim muassasalarida maxsus fanlarni o`qitishga qo`yiladigan maqsad va vazifalar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitishda o`qituvchi mazkur buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
• Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish jarayonida talaba-yoshlarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma`rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
• Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlardan tashkil etiladigan ta`lim-tarbiya jarayonida innovatsion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish;
• Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitishda tayyorgarlikning modul` tizimidan foydalangan holda o`qitish jarayonini jadallashtirish;
• xalqning boy ma`naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maxsus ta`limning insonparvarlik yo`nalishini ta`minlash;
• Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlaridan ta`lim jarayonining o`quv-metodik majmualar va didaktik ta`minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
• milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida maxsus ta`limning barcha darajalari va bo`g`inlarida talaba-yoshlarning ma`naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
• Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish jarayonida talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g`oya va mafkurani singdirish, ta`lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko`tarish;
• Ta`lim-tarbiya jarayonida ta`lim va tarbiyani uzviylashtirish orqali talabalarning barkamolligini ta`minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta`limi hamda tarbiyasini takomillashtirish;
Bo`lajak pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishni bajarish lozim.
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta`lim muassasalarida maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud:
1. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish jarayoniga tizimli yondoshuv;
2. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish jarayoniga modulli yondoshuv;
3. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish jarayoniga innovatsion yondoshuv;
4. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish jarayoniga talaba shaxsiga yo`naltirilgan yondoshuv.
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlarini o`qitish metodikasining dolzarb muammolari sanalib, har biri mashg`ulotlar davomida alohida ko`rib chiqiladi.
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avvalo oliy ta`lim tizimida barcha o`quv fanlari, xususan maktabgacha ta`lim pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan o`qitish jarayonini ilmiy-nazariy asoslari bo`lgan o`qitish printsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim.



Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə