1-Mavzu: Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash usullari vositalari va mexanizmlarining asosiy harakteristikalari



Yüklə 75,39 Kb.
səhifə4/11
tarix30.12.2023
ölçüsü75,39 Kb.
#166835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Data Base Security - lecture 1

Tranzaksiya
Tranzaksiya - ma’lumotlar bazasining joriy holatiga nisbatan alohida ma’noli qiymatga ega amallaming ketma-ket majmui. Masalan, ma’lumotlar bazasidagi alohida yozuvni olib tashlash tranzaksiyasi quyidagilami o‘z ichiga oladi: ko‘rsatilgan yozuv bo‘lgan ma’lumotlar fayli sahifasini aniqlash; mos sahifani o‘qish va asosiy xotira buferiga uzatish; asosiy xotira buferidagi yozuvni olib tashlash; olib tashlangandan so‘ng bog‘lanishlar va boshqa parametrlar bo‘yicha yaxlitlikni tekshirish; ma’lumotlami mos sahifasining yangi holatini ma’lumotlar bazasi faylida qaydlash.
Tranzaksiyaning ikki xilini ajratish qabul qilingan – tranzaksiya tugallanganidan so‘ng ma’lumotlar bazasi holatini o‘zgartiruvchi va ma’lumotlar bazasi holatini vaqtincha o‘zgartiruvchi (tranzaksiya tugallanganidan so‘ng dastlabki holat tiklanadi).


Tranzaksiya monitori
MBBTning tranzaksiyalami tashkil etish va boshqarish bo‘yicha funksiyalarining
majmui tranzaksiya monitori deb ataladi. Ma’liimotlar bazasiga nisbatan tranzaksiyalar ma’lumotlar banki foydalanuvchilari harakatlariga tenglashtiriluvchi tashqi jarayonlar bilan ishtirok etadi. Bunda tranzaksiyalaming manbai, boshlab
beruvchisi bitta yoki birdaniga bir nechta foydalanuvchi bo‘lishi mumkin.
Ushbu mezon bo‘yicha bitta odam foydalanuvchi MBBT va ko 'pchilik foydalanuvchi MBBT farqlanadi. Odatda, bitta odam foydalanuvchi MBBTlarida tranzaksiyalar monitori MBBTning alohida funksional elementi sifatida amalga oshirilmaydi. Ko‘pchilik foydalanuvchi MBBTlarda tranzaksiyalami monitorlashning asosiy vazifasi - birdaniga bir nechta foydalanuvchilaming umumiy ma’lumotlar ustida tranzaksiyalaming birgalikda samarali bajarishlarini ta’minlash.
Aksariyat MBBTlarda ma’lumotlardan foydalanish va ulami ishlash asosiy xotirada operatsion tizimning shtatga oid vositalari yoki tizimning vositalari yordamida asosiy xotira buferlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlardan foydalanish va ulami ishlash vaqtida ma’lumotlar bazasi faylining alohida tashkil etuvchilari asosiy xotira buferlarida joylashtiriladi. Shu sababli, MBBTning ma’lumotlardan foydalanish va ulami ishlashini tashkil etish bo‘yicha funksiyasining boshqa bir tarkibiy qismi asosiy xotira buferlarini boshqarish hisoblanadi.



Yüklə 75,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə