1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix11.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#147130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
Ибн Халдун 
Абдураҳмон 
Абу Зайд
 


sirasiga kiritish mumkin.
 
Per Buagilber (17.2.1646-10.10.1714) – fransuz iqtisodchisi
Fransiyadagi burjua siyosiy iqtisodi klassik maktabining asoschisi, 
mehnat qiymati nazariyasining asoschilaridan biri. U bozordagi narx 
bilan “haqiqiy qiymat”ni farqlar, ish vaqtini “haqiqiy qiymat”ning 
me’yori deb bilar edi. Buagilber pulni asosiy balo va xalq 
kulfatlarining sababi deb qaragan. U pulning hokimiyatini yo‘q qilish 
uchun pulning rolini muomalaning oddiy vositasidangina iborat qilib 
qo‘yish zarur deb hisoblar edi. 
Tashqi savdo hisobiga oltin va kumush pul olinishini mamlakat boyishining 
manbai deb bilgan merkantilistlarga qarshi o‘laroq, U. Petti xalq boyligi moddiy 
ishlab chiqarishning 
barcha 
sohalarida yaratiladi va «mehnat boylikning otasi, yer 
esa uning onasidir»1qoidasini birinchi bor ta’rifladi. U. Petti tovarning narxi uni 
ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori yoki muayyan yer miqdorining 
qiymati bilan hisoblanadi, degan edi. Bu uni narxning shakllanish mexanizmiga 
sarf nuqtai nazaridan yondashganligidan dalolat beradi. Mehnatning unumli va 
unumsiz mehnatga ajratilishi ham shu olimning qarashlari bilan bog‘liq. 
XVIII asrda Fransiyada klassik yo‘nalish doirasida fiziokratlar maktabi 
shakllandi va bu maktab vakillari fermerlarni himoya qilish asosida qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish mamlakatni og‘ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘lidir 
deb bilganlar. Ushbu maktabning asoschisi 
Fransua Kene mehnat 
sof mahsulot 
manbai ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. 
Fransua Kene(1694-1774 yy.) Versal yaqinida dunyoga keldi. U 
yoshligidan tabobatga havas qo‘ydi, tibbiy amaliyot unga shuhrat 
keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Lyudovik 
XVsaroyiga) o‘tdi. 1744 yilda tibbiyot doktori ilmiy darajasiga 
erishdi. Tabobat va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar yaratdi. Eng 
muhimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari 
bilan shug‘ullana boshladi. 
Kenening iqtisodiy g‘oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga 
keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. 
1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» 
dunyoga keldi. 
U iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi 
ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko‘rsatishga birinchi bo‘lib 
urindi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo‘ladi: 
birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi 
(pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, 
ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy 
jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan. 
Kene jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya’ni 
mahsulot va pul holidagi moddiy ne’matlarning makroiqtisodiy 
1
Петти У. 
Экономические и статистические работы. Пер. с англ. -М., 1940,55-б.


zanjiridir.
 
Fiziokratlar ham mehnatni unumli va unumsiz mehnatga bo‘lib, faqat qishloq 
xo‘jaligida mehnat unumli mehnatga aylanadi, deb hisoblashgan. 
Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo‘lgan mehnat to‘g‘risidagi fanni 
rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə