1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix11.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#147130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Adam Smit 
nihoyatda katta hissa qo‘shdi. 
Adam Smit (5.6.1723 Shotlandiyaning Kerkoldi shaharchasida 
tug‘ilgan, - 17.7.1790, Edinburg shahrida vafot etgan) – 
shotlandiyalik iqtisodchi va faylasuf, klassik burjua siyosiy 
iqtisodining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi. Bojxona amaldorining 
o‘g‘li bo‘lib, u Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim olgan. 
1764-66 yillarda Fransiyada yashagan, u yerda fiziokratlar bilan 
tanishgan. 1759 yilda uning “Axloqiy hissiyot nazariyasi” deb 
nomlangan kitobi yaratildi. 1776 yilda A. Smitning “Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” deb nomlangan 
asosiy asari nashr qilindi. 
A. Smitning xizmati mehnat qiymati nazariyasining eng muhim 
kategoriyalarini ishlab chiqqanligidan iborat. Smitning ilmiy 
g‘oyalari klassik burjua siyosiy iqtisodining poydevori bo‘ldi.
 
Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» deb 
nomlangan asosiy asari 1776 yil mart oyi Londonda chop etildi. Asarda insoniyat 
tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy 
nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. 
A. Smitning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi qoidalariga qaytadigan 
bo‘lsak, uning ushbu masalalarga doir fikr-mulohazalari nazariy jihatdan 
qiziqishga arziydi. Sotishga mo‘ljallangan buyumlarda mustahkamlanib va 
ro‘yobga chiqib, qayta ishlanayotgan materiallar qiymatini oshiradigan mehnatni 
A. Smit unumli mehnat deb hisoblaydi. Unumsiz mehnat tovarlar ko‘rsatiladigan 
paytida ko‘rinmay ketadigan xizmatlar sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, A. Smitning 
fikricha, bunday mehnat qiymatga hech narsa qo‘shmaydi, u ayrim narsalarda 
mustahkamlanmaydi va ro‘yobga chiqmaydi, lekin o‘z qiymatiga ega bo‘ladi va 
taqdirlashga loyiqdir. 
1.2. Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishida 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə