1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)


farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix11.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#147130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi. 
U odamlarga kasb-hunar 
o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va tijorat ishlari bilan mashg‘ul 
bo‘luvchilarga yetarli sarmoya berish, nogironlarga uy-joylar qurib berish yo‘l-
yo‘riqlarini bayon qiladi. «Temur tuzuklari»da quyidagilarni o‘qish mumkin: 
«Kasb-hunar va ma’rifat ahillariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin, 
bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbkoriga qarab yo‘l 
tutsinlar», «sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini 
qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin», «kuchi 
6
Азимов А. 
Ислом ва ҳозирги замон. - Т.: Ўзбекистон, 1991, 56-б. 


yetmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug‘lik va asbob-uskunalar tayyorlab 
berilsin», «fuqarolardan uy-joyi buzilib tuzatishga qurbi yetmaganlarga kerakli 
narsalarni yetkazib berib, ularga yordam berilsin»
7

Sohibqironning yuqoridagi 
iqtisodiy qoidalari bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yangicha iqtisodiy tarbiyani 
yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim yo‘llanma, tarixiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Ayniqsa, kasb-hunar o‘rganish, yoshlarni tarbiyalashda ma’naviyat va 
ma’rifat ishlarini rivojlantirish kabi masalalar mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan milliy dasturda o‘z ifodasini topmoqda. 
Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) 
podsholik, olimlik va 
mutafakkirlik faoliyatida ulug‘ bobosi Amir Temur vasiyatlari va uning 
ko‘rsatmalariga to‘la asoslangan. Uning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakatda 
barqarorlik, tinchlik, hamjihatlik, iqtisodiy ravnaq, katta ijodkorlik hukm surgan. 
Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron 
Ozarbayjoni – 1449. 27.10, Samarqand] – buyuk o‘zbek astronomi va 
matematigi, davlat arbobi.
Ulug‘bek fan va madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldirilgan 
Ulug‘bekning ilmiy merosi uning «Zij» kitobidir. Shu bilan bir 
qatorda mehnat, iqtisodiyot bo‘yicha ham ko‘plab taxsinga sazovor 
o‘gitlar qoldirgan. 
Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti 
konferenszallarida 
dunyodagi 
mashhur 
olimlarning 
portretlari 
qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug‘bekning memorial muzeyi 
tashkil etilgan. Toshkentda O‘zbekiston milliy universiteti, tuman, 
planetariy, ko‘cha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bog‘i, 
shaharcha Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Farg‘ona pedagogika 
universiteti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Kitob xalqaro 
kenglik stansiyasi, qishloq, maktab va boshqalarga Ulug‘bek nomi 
berilgan.
 
Mirzo Ulug‘bek faoliyatida iqtisod ilmiga, iqtisodiyotni rivojlantirish va 
barqarorlikni ta’minlashga katta e’tibor bergan. U shunday iqtisodiy o‘zgarishlar 
(islohotlar)ni amalga oshirganki, ular natijasida iqtisodiy inqirozlarning oldi 
olingan, davlatning qudrati yuksak darajaga ko‘tarilgan. Bunday islohiy 
o‘zgarishlarning zamirida mehnat munosabatlari bilan bog‘liq muammolarning 
yechimini ta’minlash, xususan, adolatli taqsimot orqali yaxshi unumdorlikni 
ta’minlash, mehnat intizomini yaxshilash, mehnatsamaradorligini oshirish 
masalalarining to‘g‘ri amalga oshirilishi yotadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə