1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja



Yüklə 88,01 Kb.
səhifə10/21
tarix09.10.2023
ölçüsü88,01 Kb.
#126444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
1-mavzu (2)

Birinchidan, ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo'lmagan aholini ish bilan ta'minladi, ishsizlikning kuchayishini oldi olindi.
Ikkinchidan, aholining real daromadlari oshdi, shartnomalar asosida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirayotgan mehnatkashlar mehnat daftarchalari olish va qariganda nafaqa olib ijtimoiy kafolatlanish huquqiga ega bo'ldilar.
Uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdek keskin muammoga barham berildi.
To'rtinchidan, qishloq mehnatkashlarini uy-joy bilan ta'min­lashdek sotsial muhim masala ham o'z yechimini topdi.
Beshinchidan, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat bir qadar barqarorlashdi va yaxshilandi.
O'zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» bahonasi bilan tahqirlangan o'zbek millatining g'ururini tiklashni, yurt va elni haqiqiy mustaqillikka olib chiqishni o'zining asosiy vazifasi etib belgilaydi.

Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min-taqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.


XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo’ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga qula-di. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o’tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kelmoqda.
I. Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida «O’zbek millati azaldan o’z fikr-zikri, o’z istiq-loli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, mas-lagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz», - deganda xalqimiz tari­xiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o’rganishni nazarda tutadi. Zotan, xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinim-siz kurash davridir.
Turkiston o’zining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor-yo’g’i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo’lgan (B.Ahmedov). Bosh­qa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko’rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bo’linishlarga, uning xalqi o’zgalar to­monidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo’lgan. Xalqimiz-ning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo’g’ul bosqinchiligiga va nihoyat Rossiya imperiyasi mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog’da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida O’zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog’i, shu davrda O’zbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi-yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashlari-ni qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so’z bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan o’z fikri-zikri bilan Mustaqil, Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.

Yüklə 88,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə