1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
 
 
 
 
 
 
5 – mavzu. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy 
va umumbashariy tamoyillari. 
REJA: 
1.Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy 
tamoyillarning o’rni.
2.Prezident I.A.Karimov asosrlarida demokratik jamiyat qurishda
milliy qadriyatlar va umumbashariy tamoyillar to’g’risidagi
nazariyalar.
3. Demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlar va umumbashariy 
tamoyillarning ahamiyati.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va
qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, 
nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo’nalish, rus tilida 
qo’llaniladigan «tendentsiya» so’zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, «tamoyil» 
atamasining muqobolidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo’nalish” so’zlari 
1
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т.: «Ўзбекистон», 1993, 39-бет. 


sinonim sifatida qo’llanib kelinmoqda. Agar bu so’zlarning ma’nosiga e’tibor qaratilsa, ular 
jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. 
Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo’nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o’zida 
aks ettiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning etakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida 
demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan 
uyg’unlashtirish va to’ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. Shunga qaramay, mamlakatimizda 
demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi va namoyon bo’lish 
xususiyatlari jiddiy o’rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof 
etgan asosiy tamoyillari mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir;
-erkin va adolatli saylovlar; 
-ochiq va hisobot beruvchi hukumat; 
-inson huquqlarining ustuvorligi
-hokimiyat organlarining saylanib qo’yilishi; 
-so’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar 
bilan kafolatlanishi; 
-qonun ustuvorligi; 
-fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi; 
-tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab 
qo’yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi; 
-ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi; 
-umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning 
o’tkazilishi; 
-mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini 
kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi; 
-siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi; 
jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolatlovchi qonunlarning 
mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi. 
Ma’lumki, O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligiga erishgach, Er sharining ko’pchilik aholisi kabi 
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o’z 
oldiga maqsad qilib qo’ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O’zbekiston 
taraqqiyotining o’ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan 
uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak. 
O’zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishida 
istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi milliy tamoyillarga 
jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A. Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol 
yo’li; muammolar va rejalar” hamda “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarlarida 
ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi. Keyinchalik Yurtboshimiz bu tamoyillarni turli 
hayotiy misollar va dalillar asosida yoritib berdi. “Bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, milliy tarixiy 
turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga 
olamiz. O’zbek xalqi azaldan jamoa tuyg’usiga moyil”,
8
- deb yozgan edi I.A.Karimov. Bu 
birinchi 
tamoyil
bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’zbek xalqining o’ziga xosligi, uning boy tarixiy 
an’analari, o’ziga xos fikrlash tarzining qadimgi davrlardan boshlab jamoa sifatida ahil bo’lib 
yashash mentalitetini ko’rsatib turibdi.
Ikkinchi tamoyil 
haqida I.A.Karimov shunday deb yozadi: “Mustaqil davlatimizning siyosatini 
belgilab olar ekanmiz, islom dinimizni albatta nazarda tutishimiz kerak, negaki din turmush 
tarzimizga, ma’naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga o’zining o’chmas muhrini bosgan.”
9
Uchinchi
milliy tamoyil sifatida Prezidentimiz “O’zbekistondagi demografik vaziyatni albatta 
hisobga olish zarur”
10
deb uqtiradi. Ma’lumki yurtimizda aholining tabiiy o’sish sur’ati juda katta 
8
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 11-бет 
9
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-т. -Т.: Ўзбекистон, 1996, 12-бет 
10
Ўша манба, 12-бет 


bo’lib, mehnat resurslarining ortib borishi darajasi ham shunga mos keladi. Qolaversa, aholining 60 
foizidan ko’prog’i qishloqlarda istiqomat qilishadi. 
To’rtinchi tamoyil
bu - O’zbekistonning ko’p millatli davlat ekanligi. Unda 120 dan ortiq millat, 
elatlar yashaydi va ular 15 diniy konfessiyalarga mansub. 
Beshinchi tamoyil,
bu O’zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay makonda joylashganligi, 
qadim karvon yo’llarining bizning Vatanimiz hududidan o’tganligi, turli tsivilizatsiyalarning 
Markaziy Osiyoda tutashganligi hamda bugungi kunda ham mintaqamizning Sharq bilan G’arb 
dunyosi o’rtasida muhim bo’g’in ekanligidadir. 
Oltinchi tamoyil
“O’zbekistonda islohotlar o’tkazishga mavjud tabiiy iqlim, shart-
sharoitlari”ning katta ta’sir ko’rsatishidan iborat.
4
Ettinchi tamoyil
- “O’zbekiston o’zining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash uchun 
etarli salohiyatga ega”
5
. Yana bir muhim tamoyil sifatida I.A.Karimov “keyingi o’n yillar 
mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanishini 
ham e’tiborga olmaslik mumkin emas”, deb uqtiradi. Gap shundaki, mustaqillikdan oldingi 130 
yildan ko’proq davr mobaynida xalqimiz o’zining milliy, madaniy, moddiy boyliklaridan 
begonalashdi. Jahon hamjamiyatidan butunlay ajralib qoldi. Shu sababli, O’zbekistonning jahon 
hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida bu vaziyatni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqoridagi tamoyillar yoki omillarni chuqur o’rganib, Prezidentimiz I.A.Karimov istiqlolning 
dastlabki yillarida islohotlarning ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqdi. Bu O’zbekistonning 
o’ziga xos aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo’li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda 


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə