1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari


-mavzu. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
3-mavzu. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “O’zbek modeli”. 
REJA: 
1. Demokratik jamiyat qurishning turli xil modellari.
2.O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda “O’zbek modeli” va uning tamoyillari. 
3. Demokratik jamiyat qurishning modellari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. 
Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy 
davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini 
yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch 
kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. Shu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy 
taraqqiyotning «Shved modeli», «Amerika modeli», «Yapon modeli» kabi tushunchalar 
ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy 
taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo’l bilan, qay yo’sinda amalga oshirilishi bilan 
bir-biridan farqlanadi. 
Jumladan, «Amerika modeli»da bozor munosabatlari nihoyatda liberalligi bilan xarakterlansa, 
«Yapon modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning etakchi o’rni bilan belgilanadi. «Shved 
modeli»da iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi ustuvordir. 
Shuningdek, Sharqiy Evropa mamlakatlarining o’z modeli, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 
mamlakatlaridagi modellar ham o’ziga xos jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqil 
taraqqiyot yo’lini belgilab olish maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasini chuqur o’rganib, 
mamlakatimizning tarixiy-milliy xususiyatlari va geografik-demografik shart-sharoitlariga mos 
bo’lgan o’ziga xos modelni yaratish zarur edi. Sobiq totalitar tuzumdan juda ko’plab iqtisodiy


ijtimoiy, muammolar meros bo’lib, o’tganligiga qaramasdan, respublika rahbariyati mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz taraqqiyotining o’ziga xos yo’lini aniq belgilab oldi. 
Bu yo’ldagi dastlabki eng asosiy vazifa: «Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, unga muvofiq 
bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish, shuningdek, yangi davlatchilikning siyosiy-
huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish»
1
edi. 
Mazkur vazifani sobitqadamlik bilan hal etish natijasida eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimining 
ustunlari bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq 
Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski 
tizimi tugatildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlangan keng ko’lamli islohotlar mamlkatimiz 
taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.
Mazkur islohotlar mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan yaratilgan beshta tamoyilga 
asoslanib, amalga oshirila boshlandi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: 
- Iqtisodiyot siyosat ustidan hukmron bo’lishi, u har qanday mafkuradan ozod bo’lishi lozim. 
Iqtisod o’z qonuniyatlariga asoslanib rivojlanishi kerak
- Iqtisodni boshqarishda, ayniqsa yangi bozor iqsodiyotiga o’tilayotganda, davlat bosh islohotchi 
bo’lib, uning boshqaruv tizimini qo’ldan chiqarmaslik kerak; 
-Konstitutsiya va qonunning ustunligi. Unga barcha barobar, hayotimizning turli sohasida rioya 
etishi kerak; 
-Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng muhim vazifadir; 
-Bozor iqtisodiyotiga o’tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog’i 
lozim.
2

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə