Mundarija kirish Ilk davlatchilikning shakllanish omillari Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi



Yüklə 76,36 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü76,36 Kb.
#136347
  1   2   3   4   5   6   7   8
orta osiyo ilk davlatchilik boshqaruvi



MUNDARIJA



Kirish………………………………………………………………………………3
Ilk davlatchilikning shakllanish omillari…………………………………..…….5

Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari……………9
Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi……..……15
Davlat boshqaruvi………………………………………………………………...33
Xulosa…………………………………………………………………………..…39
Adabiyotlar………………………………………………………………….……40




KIRISH
Davlatning tashkil topishi masalasi doimo olimlar o‘rtasida munozara mavzusi bo‘lib kelgan. Uning vujudga kelishi va taraqqiyoti to‘g‘risida tarixchi, jamiyatshunos, siyosatshunos olimlar tomonidan turli nazariyalar ilgari surilgan. Ular orasida eng ko‘p tarqalgan nazariya davlatning vujudga kelishini sinfiylik jihatdan asoslash bo‘lgan. Lekin uning noto‘g‘ri ekanligini bugungi kun tadqiqotlari isbotlamoqda.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonining asosini birinchi navbatda insonning ehtiyoji, uning o‘z turmush tarzini yaxshilashga bo‘lgan intilishi yotadi. Davlat ham insonlarning unga bo‘lgan ehtiyoji natijasida shaklllangan. O‘z rivojlanish jarayonida turli taraqqiyot bosqichlarini boshdan kechirib, turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Bu har bir xududning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillariga bog‘liq holda yuz bergan.
Insoniyat tarixining eng qadimgi davrlarida hayot zaruriyati tufayli to‘da bo‘lib yashagan odamlarda urug‘ jamoalari shakllandi. Urug‘ zamirida qabila vujudga keldi. Qabilalalar zamiridan qabilalari ittifoqi shakllangan. Qabilalar ittifoqining tashkil topishida ham hayotiy zaruriyat yotgan, bu bir tomondan tashqi dushmandan himoyalanish bo‘lsa, ikkinchi tomondan yashayotgan xududini kengaytirish bo‘lgan. Chorvadorlar chorvalari uchun keng yaylovlarni egallashga intilsalar, dehqonlar unumdor, suvga yaqin erlarni egallashga intilganlar. Xuddi shu jarayonda jamiyatda boshqaruv elementlari – davlatchilik elementlarining vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, ilk shahar-davlatlar yirik daryolar bo‘ylarida shakllangan. Jumladan, Misr Nil, Mesopotomiyadagi ilk davlatlar Dajla va Frot daryolari bo‘ylarida, O‘rta Osiyoda Amudaryo, Sirdaryo, Hindistonda Ganga, Xitoyda Xuanxe daryolari bo‘ylarida shakllagan.
Daryo bo‘ylarda dehqonchilik qilish uchun qulay sharoit bo‘lgan. Dehqonchilikning rivojlanishi, mo‘l hosil olinishi, iqtisodiyotning rivojlanishi, uni himoyalashni ham talab etgan. Bu esa, aholini birlashishiga, birgalikda qarshi kurashish va himoyalanish zaruriyatini tug‘dirgan. O‘z navbatida aholi orasidan aholini birlashtirib, to‘g‘ri yo‘lga sola oladigan oqsoqol ajralib chiqqan. U qandaydir kuchlar natijasidan emas, balki o‘z aqliy qobiyati, tadbirkorligi, mahorati bilan ajralib chiqib, aholini birlashtira olgan, hayotiy muammolarning echimini to‘g‘ri topgan va aholini orqasidan etaklay olgan. Uning bu qobiliyatini to‘g‘ri anglagan qabiladoshlari, uni o‘zlarga etakchi-boshqaruvchi etib tanlaganlar.
Chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarda ilk davlatchilik elementlari qabilalar ittifoqida, ya’ni konfederatsiyada namoyon bo‘lgan. Bu to‘g‘risida “Avesto” va boshqa tarixiy manbalarda ma’lumotlarda saqlanib qolgan. Konfederatsiyada chorvadorlar birgalikda chorvalarni, o‘z erlarini himoya qilganlar va yangi yaylovlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Chorvadorlar o‘zlarining mohir jangavor qobiliyati, uyushqoqligi va birdamligi bilan ajralib turgan.
Davlat boshqaruv tizimining shakllanishiga iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi navbatda xo‘jalikda sodir bo‘lgan mehnat taqsimotidir. Dehqonchilikning chorvachilikdan ajralishi dehqonlar va chorvadorlar yashaydigan xududlarni belgiladi. Ikkinchi mehnat tahsimoti davlat boshqaruvining markazi – shaharlarning shakllanishiga zamin yaratdi.
Hunarmandchilik mahsulotiga bo‘lgan talabning oshishi va ularni ishlab chiqarishning ko‘payishi bozor, savdo, pul munosabalarining vujudga kelishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida davlat boshqaruvining tartibga solinishi va murakkablashuviga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq munosabatlari jamoalar o‘rtasida va boshqa qo‘shni xalqlar bilan amalga oshirilgan.

Yüklə 76,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə