Mundarija kirish Ilk davlatchilikning shakllanish omillari Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi



Yüklə 76,36 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü76,36 Kb.
#136347
1   2   3   4   5   6   7   8
orta osiyo ilk davlatchilik boshqaruvi

Ijtimoiy-iqtisodiy tarix. Eftalitlar yuqorida eslatilgan ulkan hududda boshqaruvni qo‘lga kiritgach obod dehqonchilik vohalariga, rivojlangan shahar va qishloqlarga, savdo yo‘llariga ega bo‘ladilar. Vaqt o‘tishi bilan esa mahalliy aholi bilan aralashib ketadilar. Natijada bevosita mahalliy aholining vorisiga aylanadilar. Shu boisdan 568-569 yillarda Vizantiya imperatori Yustin II huzurida bo‘lgan turk elchisi imperatorning “eftalitlar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqlardami?” degan savolga «ular shaharlik sulolalar, oliy hazratlari» deb javob bergan.
Darhaqiqat, olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyoda shahar madaniyati taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Jumladan, V asrda Panjikentda nisbatan qadimgiroq bo‘lgan qishloq o‘rniga yangi shahar barpo etiladi. Umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan bu shahar VI asrning boshlariga kelib mustahkam himoya tartibiga, ibodatxona, saroy va ijtimoiy jihatdan ajralib turadigan turar-joylarga ega edi. Sug‘d shaharlaridan yana biri Poykandda ham qizg‘in tadqiqot ishlari olib borilgan. Yanada qadimgiroq davrda (antik) asos solingan ushbu ko‘hna shahar ilk o‘rta asrlar davriga kelib kengayib boradi va V-VI asrning boshlariga kelganda uch qismli yirik markazga aylanadi hamda umumiy maydoni 18 gektarga yetadi. Poykand qazishmalarida ilk o‘rta asrlarga oid ko‘plab moddiy madaniyat buyumlari topilgan bo‘lib, ular haqiqatdan ham Poykand bu davrda arab manbalarida ta’riflanganidek, “Madina-at-tujjor”-“Savdogarlar shahri” bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ilk o‘rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri Buxoro edi. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ushbu shaharning asosi 21 gektar bo‘lib, bu yerda mustahkam himoya inshootlari, hukmdor saroyi, mafkuraviy inshootlar, turar-joy qoldiqlari ochib o‘rganilgan. Topilgan moddiy madaniyat buyumlari Buxoro ilk o‘rta asrlardan boshlab O‘rta Osiyoning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi. Shuningdek bu davrda shaharning yettita darvozasi bo‘lib, bu holat uning muhim savdot-ranzit yo‘li ustida joylashganligidan dalolat beradi. Bu davrda Termiz va uning atroflarida ham shaharsozlik madaniyatining jadallik bilan rivojlanganligini ko‘zatishimiz mumkin. Termiz atrofidagi Zartepa shahri ana shunday shaharlardan biridir. Antik davrda kichik manzilgoh paydo bo‘lgan Zartepa ilk o‘rta asrlarga kelib maydoni 17 gektar bo‘lgan yirik shaharga aylanadi.
Bu davrda sug‘orish inshoatlari takomillashib yangi-yangi yerlar o‘zlashtiriladi O‘zlashtirilgan yerlarda, yirik sug‘orish inshootlari boshida, markaziy shaharlarning atroflarida, dehqonchilik vohalarining chegaralarida qo‘rg‘onlar, qasrlar va istehkomlar qad ko‘taradi. Istehkomlarning to‘rt burchagi baland mutahkamlanib, devoru-mo‘rilari bir necha qator kamondan o‘q o‘zgich nishon tuynuklari va istehkomlar bilan ta’minlangan. Qalin mudofali zodagonlar qo‘rg‘onlari ilk o‘rta asrlarning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot taqozosi bilan bunyod etilgan bo‘lib, asosan tashqi dushman hujumiga qarshi mudofa inshoati, harbiy garnizon to‘planadigan joy, ma’muriy markaz, hamda oziq-ovqat va qurol-yarog‘ saqlanadigan ombor vazifasini o‘tagan. Umuman, kal’a, qo‘rg‘on va istehkomlar ilk o‘rta asrlar davrining o‘ziga xos me’morchilik namunalaridan bo‘lib, Naxshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular jumlasidandir.
Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirimlab qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega bo‘lgan Devori qiyomat, Buxoro vohasidagi 336 kilometri Kampirak, Toshkent vohasidagi Kampirdevor istehkom devorlari shular jumlasiga kiradi. Bu davr me’morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo‘lgan. Qasrlar odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonalardan iborat bo‘lgan. V asrdan boshlab saroy, qasrlar qurilishida xom g‘isht bilan bir qatorda pishiq g‘ishtlar ham ishlatila boshlangan.
Eftalitlar davrida hunarmandchilik ham rivojlangan.Ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, chilangarlik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik kasb-hunarlari ravnaq topgan. Chochda yasalgan o‘q va yoy “kamoni chochiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Katta-kichik shaharlar soni ko‘paygan. Birgina Zarafshon vohasida Rivdad, Kushoniya, Xariman, Arqud, Romitan, Varaxsha, Poykand kabi savdo-hunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra Poykand shahri eftalitlarning poytaxti bo‘lgan.
Eftalitlar davrida dexqonchilik asosan sug‘orma dexqonchilikka asoslangan edi. Qadimgi ziroatkorlar katta va kichik daryolar, jilg‘alar suvlaridan foydalanganlar. Bunday sharoitda kanallar qazish va ularni mavsumiy tozalab turish muhim ahamiyat kasb etgan. Vaxsh vohasidan, Ustrushonadan, Sug‘ddan, Xorazmdan va Toshkent vohalaridan shunday kanallarning izlari topib o‘rganilgan.
V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o‘troqlashuvi kuchayadi va buninng natijasida sug‘orma yerlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Kichik-kichik sug‘orish kanallari qazib chiqarilib,minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Sug‘orish uslubi takomillashadi,shohariqlar chuqurlashib, sersuv sug‘orish tarmoqlariga aylanadi. Xozirgi vaqtda ham mavjud bo‘lgan Zahariq, Bo‘zsuv, Darg‘om kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan bo‘lgan. Shuningdek, tog‘ oldilariga suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan.Yangi o‘zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin xom g‘ishtdan urib chiqilgan hamda baland poydevor ustiga qurilgan ulkan qo‘rg‘onlari,istehkomlar yuzaga kela boshlagan.
Tohariston va Sug‘dda dehqonchilik bilan birgalikda bog‘dorchilik ham rivojlangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g‘alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Xitoy manbalarining malumot berishicha, V-VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo ikkidaryo oralig‘i yerlarida ko‘plab paxta yetishtirilar edi. O‘rta Osiyoning paxta tolasi Xitoyda ham mashhur bo‘lgan. Bu davrga kelib yer egaligi munosabatlarining takomillashuvi natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarining malum bir qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari- “dehqonlar”qo‘lida to‘plana boshlangan edi. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin dehqonlari ma’lum darajada zodagon dehqonlar asoratiga tushib,ularga qaram bo‘lgan “kadivar”larga aylanib boradi.
IV-V asrlar O‘rta Osiyoning pul muomalasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar tangalar zarb etishning markazlashuvi hamda mintaqaning turli hududlarida zarbxonalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. Bu davrning boshlarida E.Rtveladzening tadqiqotlariga ko‘ra, shimoliy Toxaristonda kushon tangalari va ularga taqlid qilib zarb etilgan tangalar muomalada bo‘lgan. Butun V asr davomida Termizda mahalliy hukmdor tasviri tushirilgan mis tangalar zarb etilgan. Chag‘aniyonda shaxanshoh Pero‘z (459-448yy) davridan boshlab juda ko‘plab sosoniylarning kumush tangalari kirib keladi.
Buxoro Sug‘dida o‘ng tomonida soqoldor hukmdorlar tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan bo‘lsa, Samarqand Sug‘dida V-VI asrlarda ters tomonida tik turgan kamonchi tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etilgan. Qarshi vohasida o‘ng tomonida podsho boshini tasviri tushirilgan mahalliy kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Xorazmda esa o‘ng tomonida hukmdor boshi, ters tomonida otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush va mis tangalar zarb etilgan.

Yevrosiyo mintaqasidagi umumiy vaziyat va kushon davlatining inqirozi xalqaro savdoga birmuncha salbiy tasir ko‘rsatgan edi. Sosoniylar Eroni bilin munosabatlar ko‘p hollarda urushlarga aylanib ketishi tufayli o‘zaro savdo aloqalariga putur yetgan edi. Buddaviylikning inqirozi tufayli O‘rta Osiyoning Hindiston bilan munosabatlari ham yomonlashgan edi. Ammo, Xitoy bilan savdo munosabatlari avvalgidek yaxshi edi. Ilgari bo‘lganidek, V-VI asrlarda ham Xitoyga rangdor shishalar, qimmatbaho toshlar olib ketilgan bo‘lsa, Xitoydan asosan ipak va atir-upa keltirilgan. Bu davrda Vizantiya bilan ham savdo aloqalari taraqqiy etadi. Xalqaro savdoda ayniqsa sug‘diylarning ahamiyati katta edi. Manbalarning malumot berishicha, Sharqiy Turkistonda sug‘diylarning qishloqlari ham bo‘lgan. Yurtlaridan uzoqda yashagan sug‘diylar o‘z vatanlari bilan doimiy aloqa qilib turganlar.


Arxeologik tadqiqotlar (tangashunoslik malumotlari, hunarmandchilik buyumlari) bu davrda O‘rta Osiyoda xalqaro savdo bilan bir qatorda ichki savdo ham taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Bu davrda O‘rta Osiyo shahar va qishloqlarida oltin, kumush, Badaxshon lalisi, hunarmandchilik buyumlari, harbiy qurol-yaroqlar, turli taqinchoqlar,rangli shisha va shisha buyumlar, turli xil mevalar, ip-gazlama, qorako‘l, zotdor otlar bilan savdo qilinardi. Termiz, Naxshab, Kesh Samarqand, Poykand, Buxoro, Choch, Varaxsha kabilar o‘sha davrdagi yirik savdo-sotiq markazlari edi.

Yüklə 76,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə