Mundarija kirish Ilk davlatchilikning shakllanish omillari Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi


QADIMGI BAQTRIYA VA SO’G’DIYONADA IBTIDOIY JAMOALARINING IZLARI



Yüklə 76,36 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü76,36 Kb.
#136347
1   2   3   4   5   6   7   8
orta osiyo ilk davlatchilik boshqaruvi

QADIMGI BAQTRIYA VA SO’G’DIYONADA IBTIDOIY JAMOALARINING IZLARI.
Qadimgi Baqtriya podsholigi ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar konfederatsiyasidan tashkil topgan. Kofirnihon va Vaxsh dehqonchilik o‘lkalarida bitta hududiy davlatning shakllangan.
Qadimgi Baqtriya madaniyati davri yodgorliklariShimoliy Baqtriyaning ettita va Janubiy Baqtriyaning to‘rtta dehqonchilik vohalarida joylashgan.
Har bir dehqonchilik voha alohida joylashgan mustaqil iqtisodiy rayon bo‘lib hisoblanadi. Negaki, har bir voha o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega. Har bir dehqonchilik vohasi Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan.Har bir dehqonchilik voha o‘zining siyosiy markaziga - bosh shahar yodgorligi va uning atrofida uyushgan qishloqlar tipidagi yodgorliklarning jamlanganligidir
Yaqinda xalqaro turizmga bag‘ishlab bo‘lib o‘tgan simpoziumda I.A.Karimov o‘zbek davlatchiligi tarixi bundan 3,5 – 4 ming yillik tarixga ega ekanligi ta’qidlangan.
Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini birlashtiruvchi Qadimgi So‘g‘d hududida ilk davlatlarning shakllanish tarixi masalasi juda kam o‘rganilgan. Vaholanki, u “Avesta”da Axuramazda bunyod etgan ikkinchi mamlakat sifatida tilga olingan: Gava so‘g‘diylar istiqomat qiladigan yurt. Asosiy daryosi Dardji. I.V. Pyankov "Dardji" daryosini hozirgi Darg‘om bilan bog‘laydi.
Boshqa yozma ma’lumotlar asosida ham So‘g‘d davlatchiligi bo‘yicha jo‘yali ma’lumotlarni topishimiz qiyin. Gerodot ma’lumotlariga ko‘ra Ahamoniy­lar imperiyasining XVI satrapligiga Parfiya, Xorazm, Ariylar bilan birga So‘g‘d ham kirgan.
So‘g‘d davlatchiligi tarixida Afrosiyobning alohida o‘rni bor. U juda ko‘plab yozma manbalarda qayd etilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan ilk temir davri So‘g‘d shaharlari voha-davlatlar markazlari rolini bajargan bo‘lsa, Afrosiyob yodgorligi ham o‘zining ilk davrida voha-davlat, so‘ng esa butun So‘g‘d mamlakatining poytaxti vazifasini bajargan.
Markaziy So‘g‘d hududlarida ilk shahar va davlatchilikning paydo bo‘lishida Ko‘ktepa yodgorligi alohida o‘rin tutadi2. U Qadimgi Sharq ilk shaharlariga monand ark va shahar qismlardan iborat. Uni boshqarishda zardushtiy otashparastlarining o‘rni katta bo‘lgan. Bu shahar o‘z atroflaridagi hududlarning nafaqat madaniy, balki siyosiy markazi ham hisoblangan
Bronza davrida So‘g‘d hududida yashagan jamoalar jamiyat taraqqiyotining qishloq jamoasi darajasida bo‘lgan bo‘lsa, ilk temir davriga kelib (Sangirtepa, Yerqo‘rg‘on, Ko‘ktepa, Afrosiyob yodgorliklari misolida) So‘g‘d hududida ilk davlatchilikning voha tipidagi shahar-davlatlar bosqichlari tarkib topgan.
Xorazm davlatchiligi tarixi olimlar o‘rtasida qizg‘in munozaralar mavjud. Bu baxslar asosida fanda «Qadimgi Xorazm» va «Katta Xorazm» iboralari paydo bo‘ldi.
Ma’lumki, Gerodot o‘zining "Tarix" kitobining uchinchi qismida Ak(es) daryosi va bu daryoga qurilgan to‘g‘on to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotga ko‘ra Akes daryosi Girkaniya, Parfiya, Tamaniya, Drangiana va Xorasmiyaliklar chegarasida joylashgan.
Juda ko‘plab tadqiqotchilar Akes daryosini hozirgi Turkmaniston hududidagi Tejen daryosi bilan qiyoslaydilar. S.P. Tolstov esa Akes daryosini hozirgi Xorazm hududida bo‘lgan deb hisoblaydi.
Gerodotning shu xabari asosida nemis orientalist olimi I. Markvart «Katta Xorazm» davlati g‘oyasini ishlab chiqqan. Uning g‘oyasiga ko‘ra, ariylarni, marg‘iyonaliklarni hamda Gerodot ta’riflagan Akes daryosi bilan chegaradosh mamlakatlarni xorasmiyaliklar boshqargan. Bu siyosiy birlashma O‘rta Osiyo xalqlari Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgandan so‘ng emirilib ketgan, degan fikr I. Markvart g‘oyasining asosini tashkil etadi. I. Markvartning «Katta Xorazm» davlati g‘oyasi Gerodot asarida tilga olingan, O‘rta Osiyoda joylashgan tarixiy va geografik terminlarni lokalizatsiya qilish natijasida tug‘ilgan3. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu g‘oya Sovet tarixchilari uchun manba bo‘lib xizmat qildi4.
M.M. Dyakonov esa "Akes daryosidan xorasmiyaliklar, parfiyaliklar, girkanlar, ariylar va boshqa qo‘shni viloyatlar birga foydalanganligi qandaydir qabilalar ittifoqi yoki ilk davlatlar birlashmasi to‘g‘risidagi fikrni beradi" degan g‘oyani ilgari surgan5.
V.V. Struve esa Xorazm davlatchiligi to‘g‘risida shunday yozadi: «...yozma manbalar bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, mil.av. VI asrda O‘rta Osiyoda eng kamida ikkita siyosiy birlashma, yana ham aniqrog‘i, davlatlar bo‘lgan. Bular Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm, yuqori oqimidagi Baqtriya davlatlaridir. Ularning madaniy va siyosiy ta’sir doirasi ancha keng bo‘lgan. Xorazm Kopetdog‘ etaklari va Tejen o‘lkasini, mumkinki So‘g‘diyonani ham birlashtirgan bo‘lsa, Baqtriya o‘z hududidan tashqari Murg‘ob o‘lkalarini ham o‘z ichiga olgan»6.
Arxeologlar I. Markvart g‘oyasiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar. Jumladan, V.M. Massonning fikricha "... arxeologlar shu kungacha Xorazm hududida joylashgan VIII-VII asrlarga, hech bo‘lmasa VI asrga oid yirik yodgorlikni bilishmaydi. Bu shunday xulosani beradiki, Ahamoniylar davrigacha Xorazmda yirik davlat birlashmasi bo‘lganligi arxeologik jihatdan isbotlanmaydi. Olib borilgan uzoq va keng arxeologik dala tadqiqotlari Xorazmda bunday davlat bo‘lganligi to‘g‘risidagi g‘oyani kun tartibidan hozircha chiqaradi".
I. Markvart g‘oyalarining arxeologik jihatdan tasdiqlanmayotganini ko‘rgan V.B. Xenning va I. Gershevichlar fikrini bir oz o‘zgartirgan holda qo‘llab-quvvatlaydilar. V.B. Xenning I. Markvart kabi ariylarining vatani Aryanem-Vaydjoni Xorazm bilan bog‘laydi. Aryanem-Vaydjoni keng hududda ko‘rishni istaydi hamda Tejen va Murg‘obni ham Xorazm hududiga kiritadi. «Avesta»ning vatani Xorazm emas, balki Tejen va Murg‘obdir deb ta’riflaydi.
I. Gershevich esa Ahamoniylargacha bo‘lgan «Katta Xorazm» siyosiy uyushmasini Xorazm hududida emas, balki Tejen va Murg‘obdadir deb ataydi8. U Tejen va Murg‘obdagi o‘troq, rivojlangan dehqonchilik madaniyatining Xorazmdan ancha qadimiyligini o‘z nazariyasining asosi qilib oladi.
I.N. Xlopin ham Katta Xorazm davlatining bo‘lganligiga shubha bilan qarab, tarixiy va arxeologik manbalarni qayta ko‘rib chiqdi9. Manbalarga Gekatey ma’lumotlarini ham qo‘shdi10. Ma’lumki, Gekatey ma’lumotlariga ko‘ra, xorazmliklar parfiyaliklardan sharqda istiqomat qilishgan. Shundan kelib chiqib, xorazmliklarning ajdodlari qachonlardir Tejen va Murg‘obda yashagan, keyin shimolga Qoraqum orqali Amudaryo bo‘ylarini o‘zlashtirgan deb o‘ylash mumkin. Xorazmliklarning Tejen va Murg‘obda yashashi va ko‘chishi voqeasi Gekatey asarida, Akes daryosi Gerodot asarlarida ifodalangan. Lekin, bu arxeologik jihatdan isbotlanmaydi, ya’ni ularning ajdodlari Tejen va Murg‘obda yashaganligi va shimolga ko‘chganligini arxeologiya inkor qiladi11, degan xato fikrga keladi. Fikrimizcha I.N. Xlopin yozma manbalardan yaxshi foydalangan va ularda ifodalangan tarixiy voqealarni jonlantirib, geografik nomlarni to‘g‘ri joylashtiradi. Ammo, Qadimgi Xorazmliklarning shimolga ko‘chganligini arxeologiya inkor qiladi deb xato xulosa qiladi, negaki, mil.av. VI asrda Amudaryo deltasida Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi yodgorliklarning paydo bo‘lishi buni isbotlaydi.
V.A. Livshis "Istoriya tadjikskogo naroda" asariga yozgan bobida «Katta Xorazm» davlati g‘oyasi to‘g‘risida o‘z fikrini ifodalagan. U ham Gerodotning Akes daryosi to‘g‘risidagi ma’lumotini Tejen-Gerirud deb qabul qiladi. Xorazmliklar mil.av. VII-VI asrlarda keng hududni egallagan va hozirgi Xorazmdan ancha keng joylarni nazorat qilgan degan fikrda asos bor. Gekateyning Xorazmliklar Parfiyadan sharqda joylashgan degan ma’lumotini Xorazmliklar o‘sha erda ham gegemonlik qilgan deb tushunmoq lozim. Ahamoniylargacha bo‘lgan "Katta Xorazm"da qabilalarning harbiy-demokratik konfederatsiyasi bo‘lgan, davlat birlashmalari paydo bo‘layotgan davr deb baho beradi. Marv va Xirot bu konfederatsiyaning asosiy markazlari bo‘lgan. Xorasmiyaliklar boshchiligidagi konfederatsiyaning Ahamoniylar davrigacha bo‘lgan O‘rta Osiyoning siyosiy tarixida o‘rni katta bo‘lgan12.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba bo‘lgan "Avesta"da Axuramazda barpo qilgan mamlakatlar qatorida, ya’ni Mauru, Baxdi, Nisayya mamlakatlaridan so‘ng Xaroyu (Xorazm) ham tilga olinadi13.
Demak, yozma manbalarning tahlili Ahamoniylar imperiyasiga qadar Qadimgi Xorazm davlatchiligi bo‘lganligini tasdiqlaydi. Eslatib o‘tganimizdek, ko‘plab tarixchilar ham shu fikrga kelishgan.
Mil.av. VIII-VII asrlarda Qadimgi Xorazm vohasida Amirobod va Quyisoy madaniyatlari tarqalgan. Bu madaniyatlar moddiy manbalarida ham rivojlangan janubiy viloyatlarning ta’siri sezilarli darajada kuzatilgan. Mil.avv. VIII asrlarda Markaziy Osiyo xududlarida ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Bunday jarayon Janubiy Rossiya cho‘l xududlarida ham davom etgan. Ularda davlatchilik elementlari mavjudligini asoslovchi dalillar mavjud. Bu asosan Tegesken va Uygarak mozor-qo‘rg‘onlaridagi topilmalar aholi o‘rtasida tabaqalanish mavjud bo‘lganligini isbotlaydi14.Many Greek writers referred to all the nomads of Eurasia, including those of Central Asia, as Scythians; and the Persians designated all the nomadic tribes of the Eurasian steppes, including the Scythians, as the Sakas.
Xorazm vohasi misolida qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishida irrigatsiyaning o‘rni mavzusidagi B.V. Andrianovning izlanishlari diqqatga sazovor15. Uning asosiy g‘oyasi Xorazmdagi sug‘orish inshootlarining eng gullagan davri, bu erda davlatchilikning siyosiy markazlashgan davriga to‘g‘ri keladi. Bu kanallarni qazish, tozalash ishlarida ko‘plab qullar mehnatidan foydalanilgan, mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi bilan birga quldorchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli paydo bo‘lgan degan fikrga kelganligidir16.
Moskva Etnografiya institutining Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi Orol, Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismida, qadimgi quruq o‘zanlar bo‘ylarida arxeologik izlanishlar olib borib Tagisken, Uygurak, Chirikrabod, Quyisoy, Ko‘zaliqir yodgorliklarida ilk ko‘chmanchi sak qabilalarining hayotiga oid manbalarni o‘rgandilar17. Tagisken va Uygurak yodgorliklari moddiy madaniyatida Qozog‘iston hududlari uchun xarakterli bo‘lgan Sak qabilalariga xos manbalar o‘rganilgan18.
Mil.av. VII-VI asrlarda Xorazm hududida tarqalgan Quyisoy madaniyati etnik jarayonlarning shakllanishi borasida tarix fani uchun yangi ma’lumotlar berdi19. B.I. Vaynbergning fikriga qaraganda quyisoyliklar Eron tilli chorvador qabilalar bo‘lib, mil.av. VII asrda Eronning shimoliy chegaralarida yashagan va so‘ngroq Xorazmga ko‘chgan20. M.A. Itina bu fikrga qarshi chiqib, janubning ta’sirini inkor qilmagan holda, Quyisoy madaniyati mahalliy xalq madaniyatiga tegishli, degan g‘oyani ilgari suradi21.
akademik A.A. Asqarovning Qadimgi Xorazm tarixiga bag‘ishlangan, fanda mavjud bo‘lgan «Qadimgi Xorazm» va «Katta Xorazm» muammolariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi22. Maqolada mavjud yozma va arxeologik manbalar asosida Xorazm tarixining muammoli masalalari bo‘yicha tarixchilar va arxeologlar o‘rtasidagi davom etib kelayotgan munozaralarga oydinlik kiritildi deb hisoblaymiz. Skilak - Gekatey - Gerodot, «Avesta» ma’lumotlari asosida xorasmiyaliklar Baqtriyadan janubda, Areyadan sharqda, Gerirud va Xilmend daryolarining yuqori havzasida, ya’ni hozirgi Xirot vodiysida yashaganligini ishonchli manbalar asosida isbotlab berildi. Ahamoniy shohlarining Xelmend tog‘ daralariga to‘g‘onlar qurganligi, suv evaziga katta bojlar talab qilganligi, bu tayziqlardan qiynalgan xorasmiylarning Xirot vodiysidan hozirgi Xorazm hududiga - massagetlar yurtiga ko‘chishi yozma manbalar asosida, u erda yuqori rivojlangan dehqonchilik madaniyatiga, Qo‘zaliqir, Qalaliqir kabi ilk shaharlar, qal’alarga asos solinganligi arxeologik manbalar asosida yoritildi.
Ilk Xorazm davlati mil avv. VII-VI asrlar oralig‘ida shaklalngan. Bu davrga oid Ko‘zaliqir va Xumbuztepa yodgorliklari topib o‘rganilgan. Bu Xorazm tarixining arxaik davri yoki ko‘zaliqir bosqichi tushunchasi bilan ishlatiladi.
Xorazmda ilk davlat katta xududda emas, balki ma’lum sug‘orish sistemalari mavjud xududlarda shakllangan. Xorazmda ham ilk davlat masalalari Ko‘zaliqir yodgorligi joylashgan xududda shakllangan bo‘lishi mumkin. Balki ular bir necha bo‘lgandir. Lekin Gekatey Xoraziylarda faqat Xorasmiya shahri bo‘lganligi yozib qoldirilgan.

Yüklə 76,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə