Mundarija kirish Ilk davlatchilikning shakllanish omillari Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari Kidariylar, xioniylar va eftalitlarning siyosiy hamda etnik tarixi


ILK DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH OMILLARI



Yüklə 76,36 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü76,36 Kb.
#136347
1   2   3   4   5   6   7   8
orta osiyo ilk davlatchilik boshqaruvi

ILK DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH OMILLARI
Qo‘shni qabilalarning hujumlari davlatning harbiy jihatdan yuksalishiga olib kelgan. Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mudofaa devorlari qurilgan. Bunday mudofaa devorlarga ega bo‘lgan shaharlar dehqonlarda ham chorvadorlarda ham bo‘lgan. Qadimgi Xorazm xududidan topilgan Ko‘zaliqir yodgorligi (25 g.) – chorvadorlar tomonidan bunyod etilgan. Unga ko‘plab bosqinchilik yurishlari shimol tomondan bo‘lganligi sababli, shimol tomondagi 4 metr qalinlikdagi 3 qator mudoffa devorlarining ichi tuproq bilan to‘ldirilgan. Janubiy O‘zbekiston xududida qadimgi dehqonchilikning ilk markazi Sopollitepa mudofaa devori to‘lg‘ama tuzoq uslubida bunyod etilgan.
Misr va Mesopotomiyada mil.avv. IV ming yillikda shahar-davlatlar tarkib topgan. O‘rta Osiyo xududida bronza davrida mil.avv. II ming yillikda sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik markazlarda voha-davlatlar shakllangan. Buni ko‘pchilik tadqiqotchilar xududiy davlatlar tushunchasi bilan ham ishlatadilar. Xorazm, Toshkent, Farg‘ona vodiysida ilk davlatlar ilk temir, ya’ni mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida shakllangan.
O‘rta Osiyo xududi asosan keng cho‘l, voha va vodiylardan iborat. Xududning bunday tabiiy sharoiti bu erda chorvachilikning keng rivojlanishiga imkon berdi. Mil.avv. VII-III asrlarda ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Ularni greklar skif deb, forslar saklar deb ataganlar. Ularning siyosiy va iqtisodiy hayot tarzi O‘rta Osiyoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan aholisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan1.
Keyingi 25-30 yil ichida So’g’diyona va Baqtriya hududlarida ham keng ko’lamda olib borilgan ilmiy qidiruv va izlanishlar tufayli xuddi qadimgi Farg’ona dagidek kechagi chorvador qabilalarning bir qismi daryo havzalarida, tog’ oldi soylarining o’rta oqmi va etaklarida hosil bo’lgan pastqam, suvga yaqin joylarda dehqonchilik qila boshlaganini kuzatamiz.
"Avesto" kitobida Amudaryodan shimolda joylashgan qabila va elatlar turlar deb ataladi. Tur atamasining asl mazmuniga kelsak u chorvador, chorvachilik bilan shug’ullanuvchi qabila va elatlarga nisbat qilib berilagn nom.
O’sha afsonaviy Afrosiyob yashagan zamonlardan anchagana avval (taxminan miloddan avvalgi II ming yillikda, ya’ni bundan 3,5-4 ming yil burun) Amudaryodan shimolda yashagan aholining aksariyat ko’pchiligi chorvachilik bilan shug’ullangan. Ayniqsa markaziy va shimoliy O’rta Osiyoning barcha viloyatlarida chorvador qabila jamoalari keng tarqalgan edi. Xuddi ana shu viloyatlarda miloddan avvalgi I ming yillik davomida ona yurtimizning qadimgi dehqonchilik vohalari tarkib topdi. Bu jarayon kechagina daydi hayot kechirib, o’z chorvalari orqasidan ergashib yurgan qabilalarning bir qismini dehqonchilik qilishga o’tishi tufayli sodir bo’ldi. CHunki O’rta Osiyoda poda boqish uchun yaylovlar torlik qila boshladi. hammaning ham chorvachilik xo’jaligi bilan shug’ullanishga imkoniyati qolmadi. hayot uchun kurash aholini yashash manbaini qidirishga majbur etdi. hayotning o’zi aholini dehqonchilik uchun qulay joylarda qaror topib tirikchilik qilishga etakladi. Bu jarayon arxeologik materiallar asosida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ana shu jarayonning natijasi sifatida So’g’diyona deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi vujudga keladi. Bu ulkan tarixiy jarayon bilan bog’liq holda miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalarida - bundan taxminan 2,5 ming yillar avval Markaziy So’g’dda Samarqand shahri qad ko’taradi. qadimgi Samarqand - Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida uning eng pastki qatlamidan qadimgi CHust madaniyati materiallariga aynan o’xshash sopol parchalari topildi. Bu sopol parchalari qadimgi Samarqandning miloddan avvalgi VI asrga oid mudofaa devorlari ostidan topildi. Yana o’sha davr mudofaa devorining qoldiqlari ochildi. Demak Afrosiyobda unga berilagn 25 asrlik yoshdan avval ham aholi yashagan. Ular dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Aholi punktining atrof mudofaa devori bilan o’rab olingan.

O‘zbekiston xududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya podsholigi va “Katta Xorazm” tarixini o‘rganish XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida “Avesto”, yunon va rim yozma manbalaridagi ma’lumotlarni taxlil etish orqali boshlangan. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlariga to‘g‘ri keladi.


Baqtriya davlatchilik tarixi bo‘yicha XIX asr so‘nggida Yevropa tarixchilari o‘rtasida munozaralar boshlangan. V. Geyger, E. Raysh, T. Noldeke, XX asr boshida J. Prasheklar Baqtriya tarixi bilan shug‘ullanib, Ahamoniylar imperiyasiga qadar ham qandaydir siyosiy birlashmalar bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Ular asosan quyidagi antik davr tarixchilarining yozma manbalariga tayanganlar. Bu voqealarni Ktesiy Knidskiy, Diodor Pompey Trog, Arrian va Ksenofondlar
Ktesiy Knidskiy "Baqtriya kuchli va qudratli mamlakat, VIII asrdayoq mustaqil davlat bo‘lgan" deb ta’riflaydi. Ktesiy Knidskiyning asarlari o‘rta asr tarixchisi Fotiyning asarida ilova tariqasida bizgacha etib kelgan.
Diodor o‘z asarida Ossuriya shohi Ninning Baqtriyaga qarshi jang tafsilotlarini yozgan. Asar boshida Ninning Semiramidaga uylanish tafsilotlari tasvirlangan. Diodorning yozishiga qaraganda Nin Baqtriyani mag‘lub etish og‘irligini, aholisining ko‘p sonli ekanligini va jangda mohirligini, qal’alarining ko‘pligini bilgan. Shunga qaramay u ko‘p sonli qo‘shin yig‘adi va birinchi jangda Baqtriya shohi Oksiartdan tog‘ yo‘ldan tekislikka chiqadigan joyda mag‘lubiyatga uchraydi. Nin Baqtriya bilan bo‘ladigan yangi jangga tayyorlanadi.
Diodor Baqtriya poytaxti Baqtr shahrini quyidagicha ta’riflaydi, «... Baqtr yirik shaharlardan biri, u go‘zal, egallab bo‘lmas qal’a». Nin Baqtr shahrini uzoq vaqt qamal qiladi. Shahar Semiramidaning ayyorligi natijasida ishg‘ol qilinadi. Baqtrliklar mag‘lubiyatga uchraydi. Baqtriya shohi o‘ldiriladi. Nin Baqtriyaning boyliklarini talaydi.
Ammo, voqealar tafsilotlarida, shohlarni ta’riflashda ayrim chalkashliklar bor. Ksenofont o‘z asarida Baqtriya va Ossuriya o‘rtasidagi urush Ossuriya shohi Kiaksar zamonida bo‘lgan deb yozadi.
Tadqiqotchilar o‘rtasida Ossuriya bilan O‘rta Osiyo, xususan Baqtriya oralig‘idagi uzoq masofani hisobga olib, yuqoridagi ma’lumotlarni tarix sahifasidan chiqarib tashlash kerak, degan munozaralar ham uchraydi. Ma’lumki, bu masalaga I.M. Dyakonov oydinlik kiritgan. Uning izlanishlari tufayli topilgan Ossuriya ayg‘oqchilarining o‘z shohiga yozgan nomasidagi quyidagi ma’lumotdan so‘ng antik davr tarixchilari ma’lumotlari o‘z kuchini saqlab qoldi: "... lekin, men lazuritni olib ketganimdan so‘ng, mamlakatda bunga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi, shundan so‘ng katta harbiy kuch yuborishni iltimos qildim". Ma’lumki, Yaqin Sharqda Baqtriya lazuritlari yuqori baholangan. Shu tariqa tarix faniga Qadimgi Baqtriya shohligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kirib kelgan.
Gerodot asarlaridan ham Baqtriyaning Qadimgi Sharq xalqlari orasida o‘z o‘rni bo‘lganligini bilish mumkin. Jumladan, Kirning harbiy yurishlari lozim bo‘lgan mamlakatlar Vaviloniya va Misr qatorida Baqtriya va Saklar ham sanab o‘tiladi. Baqtriyaliklarning qurol-aslahalari va harbiy qo‘shinidagi tartib ham Gerodot e’tiboridan chetda qolmagan. U baqtriyaliklar yaratgan moddiy madaniyat O‘rta Osiyoda yashaydigan boshqa xalqlarga o‘rnak bo‘lganligini aytib, ariylar, xorasmiyaliklar, so‘g‘diylar, gandariyaliklar va dadiklar qurol yasashda baqtriyaliklarga o‘xshatib yasaganligini misol qilib ko‘rsatadi.
S.P. Tolstov Diodorning Baqtriya shaharlari, xususan Baqtr shahri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, ya’ni shaharning arki, qal’a devorlarining shaharni o‘rab turganligi haqidagi ma’lumoti asosida Ahamoniylar imperiyasiga qadar Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligini tan oladi. Keyingi davrlardagi barcha ilmiy tadqiqotlarda Ahamoniylar bosqiniga qadar Qadimgi Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligi qayd etilgan.



Yüklə 76,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə