1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Siyosatshunoslik
fani demokratik jamiyat qurilishi jarayonlari, avvalo, siyosiy
hodisa ekanligi haqiqatidan kelib chiqqan holda, siyosiy ta’limotlar, siyosiy institutlar va ularning 
funktsiyalari, siyosiy tizim va siyosiy rejim, ularning takomili, tarkibiy qismlari, siyosiy ong, 
siyosiy madaniyat, siyosiy plyuralizm, ko’ppartiyaviylik, siyosiy huquqlar, siyosiy hokimiyat, 
siyosiy manfaatlar, siyosiy rahnamo, siyosiy elita, shaxs va Siyosat, siyosiy ijtimoiylashuv singari 
jamiyat siyosiy hayotining turli jihatlari hamda sohalarini hozirgi istiqlolcha siyosiy jarayonlar va 
siyosiy sohani erkinlashtirish qonuniyatlari-silsilasida o’rganish, o’rgatish asosida O’zbekistonda 
insonparvar demokratik huquqiy davlat hamda jamiyat tizimini shakllantirishning siyosiy 
xususiyatlari, omillari, asos-manbalarini tahliliy umumlashtiradi. Siyosiy tub islohotlarning aniq 
samaralarini belgilab, ularning takomillashuv istiqbolini bashorat qiladi.
Huquqshunoslik fani
davlat va jamiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy tizimini, tizim nazariyasi 
hamda amaliyotini o’rganadi. Huquqiy davlat, uning yuridik maqomi, asoslari va funktsiyalari, 
davlatning konstitutsiyaviy - huquqiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish ham shu fan vazifasiga 
kiradi va h.k.
“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
fani
 
bilan 
Siyosatshunoslik 
fani 
o’rtasidagi uzviylik,
avvalo, 
demokratik jamiyatning aslida siyosiy maqsad, 
siyosiy hodisa ekanligida.
Demak, demokratik jamiyat qurishning nazariyasi va amaliyoti ham 
mamlakat siyosiy hayotining uzviy nazariy-amaliy voqeligi, ob’ekti va sub’ekti hisoblanadi. Siyosiy 
hayot, siyosiy tizim, siyosiy rejim, jamiyat va davlatning barcha siyosiy institutlari demokratik 
maqom kasb etsa, ularning huquqiy asoslari demokratiya talablari va tamoyillari negizida tashkil 
etilsa, jamiyatda siyosiy plyuralizm, ko’ppartiyaviylik, siyosiy erkinlik bo’lsa, demak, u jamiyat va 
davlat mohiyatan demokratik bo’ladi. Boz ustiga, O’zbekiston xalqining demokratik davlat barpo 


etish, demokratik ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdek konstitutsiyaviy maqsadi 
ham aslida davlat va jamiyatning bosh siyosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Fanning

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə