1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Ehtiyoj qondirildi. 
Bashariyat tsivlizatsiyasining tarixan boy demokratik tajribalariga 
tayangan, O’zbekistonning o’z milliy xususiyatlari, an’analari, mentaliteti, o’ziga xos istiqlol yo’li 
qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik 
jamiyati asoslarini shakllantirish bilan bog’liq konstitutsiyaviy maqsadning nazariy-amaliy tahlili, 
tahliliy umumlashmasi, ilmiy-amaliy xulosalari barcha uchun, shubhasiz, ibratlidir.

Fanning predmeti. 
Jahon demokratik tsivilizatsiyasi yutuqlari, Prezident Islom Karimov 
siyosiy ta’limoti silsilasida O’zbekiston xalqining konstitutsiyaviy maqsadlaridan biri bo’lgan 


insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning negizida demokratik fuqarolik jamiyati 
asoslarini shakllantirish bilan bog’liq milliy tiklanishning tub islohiy-strategik jarayonlari va 
bosqichlari, O’zbekistonning istiqlol va o’ziga xos demokratik taraqqiyot yo’li kontseptsiyasi, uning 
amaliy tajriba hamda saboqlari, tarixan g’oyat qisqa davrda shakllangan milliy demokratik 
qadriyatlar, teran siyosiy qarashlar, real demokratik milliy madaniyat tsivilizatsiyasining nazariy-
amaliy asos-samaralari, yakunlari, jamiyatda sodir bo’lgan, bo’layotgan qizg’in va izchil ijtimoiy 
demokratik hodisa hamda voqealar, ular o’rtasidagi sabab-oqibat dialektikasi, botiniy mantiqiy 
aloqalar uzviyligi 
“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
fanining 
predmeti 
hisoblanadi.
Fanni o’qitishning maqsadi - 
dunyoviy O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish g’oyasi, 
tarixiy takomil bosqichlari, istiqlol davri jarayonlari bilan bog’liq nazariy-amaliy muammolarni 
tizimiy-tahliliy umumlashtirish orqali insonparvar dunyoviy huquqiy davlat barpo etish negizida 
demokratik adolatli, ochiq jamiyatni qurishning, shakllantirishning nazariy-amaliy tajribalari va 
qonuniyatlarini ochib berish.
Vazifasi - 
milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan bevosita uzviyligi, xalqaro 
huquqning ustunligi negizida inson huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlari himoyasiga xizmat 
qiluvchi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlangan, xalq hokimiyatchiligi tamoyiliga 
asoslangan adolatli demokratik jamiyat talablarining mustaqil O’zbekiston davlatchiligi maqomiga 
uyg’unligi haqiqati o’laroq, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning asosida ochiq 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlari hamda bosqichlarining Prezident Islom Karimov 
siyosiy falsafasiga tayangan nazariy kontseptual g’oyalari, ularning amaliy aniq ijrolari tajribasi va 
saboqlarini teran o’rganish, ijodiy chuqur o’zlashtirish orqali talabalarda jamiyat hayotining barcha 
jabhalarida kechayotgan tub taqdirilomon demokratik islohiy yangilanishlar, qizg’in demokratik 
o’zgarishlar, jamiyatda asl demokratik tsivilizatsiya madaniyatining shakllanishi jarayonlariga ongli 
faol ishtirok etish, jarayonni yanada sersamar bo’lishiga imkon qadar hissa qo’shishga intilish, unga 
erishish ko’nikmasini tarbiyalash fanning 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə