1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Ularni yaxlit 
mushtaraklikda aynan “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” 
fani maxsus o’rganadi.
Fan yuzaga kelishining ijtimoiy, siyosiy-ma’rifiy ehtiyoji, eng avvalo, istiqlol o’laroq, 
tanlangan milliy rivojlanish yo’lining demokratik maqsad-maqomida, konstitutsiyaviy mazmun-
mundarijasidadir. 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lini demokratik 
dunyo tsivilizatsiyasi talablari hamda tartib-qoidalari, umumbashariy tamoyillari asosida belgiladi. 
U o’z maqomini 
dunyoviy davlat 
shaklida belgilab, 
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo 
etish
ga, uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilashga kirishdi. 
Shu ulug’ maqsad yosh 
mustaqil davlatni bozor iqtisodiyotiga o’tishdek erkin demokratik taraqqiyot yo’lini 
tanlashga olib keldi. Bu yo’l 
halokati muhaqqaq bo’lmish qonli inqilobiy “sakrash”lar asosida 
emas, balki 
bosqichma-bosqich,uzviy tadrijiy rivojlanish 
bo’ldi. Har qanday 
“izm”lardan, 
mafkuraviy tazyiqlardan xoli
bu yo’l 
demokratik barqaror yo’l sifatida 
iqtisodiyotni Siyosatdan 
ustun qo’yilishini taqozo etdi.
Ma’muriy-buyruqbozlikdek totalitar, g’ayridemokratik tuzumdan 
demokratik huquqiy tsivilizatsiyaga asoslangan tizimga o’tishdek, qismatning murakkab 
chorrahalarida butun mas’uliyat va tashabbusni ongli ravishda o’z zimmasiga olgan 
davlatning 
bosh islohotchilik maqomi
aniq belgilab olindi. Bu o’tish bosqichidek og’ir davrda jamiyatda 
siyosiy-ma’naviy barqarorlikni, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, muqarrar tub islohiy 
yangilanishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, odamlar ongi hamda dunyoqarashini 
o’zgartirish, ularda demokratik qadriyatlar madaniyatini tarbiyalab, shakllantirish imkonini yuzaga 
keltirdi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə