1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Qiyosiy-tipologik usul 
orqali talaba demokratik madaniyat va tsivilizatsiya rivojlangan 
davlatlar hamda jamiyatlarning shakllanish va taraqqiyot tajribalarini qiyosiy chuqur o’rganish, 
tipologik umumlashtirish orqali ularning mustaqil O’zbekiston demokratik hayotida, maqomida qay 
tarzda namoyon bo’layotgani qonuniyatlarini, omillarini teran anglab olishga muvaffaq bo’ladi. 
Umumtan olingan jahoniy demokratik qadriyatlaru tamoyillari talablariga O’zbekistonda barpo 
etilayotgan demokratik davlat va demokratik jamiyat amaliyoti qay tarzda javob beradi, ayni 
paytda, shakllanayotgan demokratik jamiyatning o’ziga xosu o’ziga mos milliy xususiyatlari 
nimada, degan savollarga aynan ana shu qiyosiy-tipologik usul aniq ilmiy-amaliy javoblar beradi. 
Xulosani esa talabaning o’zi chiqarib olaveradi.
Dialektik usul 
talabaga demokratik tsivilizatsiya va uning shakllanish, rivojlanish
takomillashish qonuniyatlarini, o’rganishga, ularning amaldagi ro’yoblari xususiyatlarini ijodiy -
tahliliy o’zlashtirishga, jarayonga ongli faol ishtirok etish, uni yanada takomillashtirish 
imkoniyatlarini izlash, topish amaliyotiga yordam beradi va h.k. 
Fanni o’qitishning nazariy-metodologik asoslari
bo’lib O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, qonunlar, I.A.Karimovning teran shakllangan siyosiy ta’limoti, o’tmish 
mutafakkirlarining siyosiy-huquqiy qarashlari, jahon demokratik tsivilizatsiyasining qadim va 
zamonaviy ilmiy-nazariy g’oyalari, mushtarak amaliy tajriba hamda saboqlari xizmat qiladi. 
Mazkur fan Siyosatshunoslik, falsafa, sotsiolgiya, tarix, iqtisod, huquqshunoslik
ma’naviyat asoslari, milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, mantiq, dinshunoslik 
singari ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqada O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish 
jarayonlari hamda bosqichlarining, yosh mustaqil davlat va jamiyatda demokratik tsivilizatsiya 
shakllanishining o’ziga xos nazariy-amaliy muammolarini insonparvar demokratik huquqiy davlat, 
adolatli fuqarolik jamiyati maqomlarida tadqiq etadi, ilmiy-tahliliy umumlashtiradi, demokratik 
yangilanishlar jarayonlarini yanada rivojlantirish, uning nazariy-amaliy asoslarini yanada 
takomillashtirish bilan bog’liq yangi-yangi g’oyalar zahiralarini kashf etadi, ularni amalga oshirish 
mexanizmlarini taklif etadi. Shu maqomi bilan ushbu fan ko’proq Siyosatshunoslik, sotsiologiya va 
huquqshunoslik fanlariga yaqin turadi. 
Jumladan, 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə