1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
 Sotsiologiya
fani bilan uzviyligi, avvalo, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi 
jarayonlarining nazariy, ko’proq amaliy jihatlarini ijtimoiy fikr chig’irig’idan o’tkazib turilishida, 
jarayonlarga jamoatchilikning ongli munosabati va ishtiroki darajasini aniqlashda, jarayonga baho 
berishda, uni yo qo’llab-quvvatlash yoki inkor etishda, jarayonni takomillashtirishda bevosita 
namoyon bo’ladi.
Fanning 
Huquqshunoslik
bilan aloqasi, eng avvalo, O’zbekistonda shakllantirilayotgan 
demokratik jamiyatning yaratilgan, yaratilayotgan teran konstitutsiyaviy-huquqiy asos-bazasida. 
Aynan Konstitutsiya o’z yaxlit maqom-mundarijasi bilan g’irt demokratik mazmun kasb etishi 
shart. Shundagina uning asosida qabul qilinadigan qonunlar ham, ular ijrosi ham sof demokratik 
ruh, sof demokratik shakl, mazmun-mundarija kasb etadi. O’zbekistonda demokratik jamiyat 
qurishning shunday demokratik huquqiy asos-bazasi mavjud va bu milliy demokratik taraqqiyot 
yo’lining umumtan olingan, barcha qat’iy rioya qiladigan siyosiy-huquqiy ko’nikmasiga aylandi. 
“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani turdosh ijtimoiy-
gumanitar fanlardan farqli o’laroq,
 
insoniyat demokratik tsivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga 
asoslangan holda, respublikamiz demokratik rivojlanish yo’lining o’ziga xos jihatlari ibratida 
O’zbekiston xalqining odil fuqarolik jamiyati qurish yo’lida insonparvar demokratik huquqiy davlat 
barpo etishdek konstitutsiyaviy maqsad qay darajada bosqichma-bosqich amaliy ijrosini 
topayotganligi haqiqatini, qonuniyatlari, tajribasini ilmiy-nazariy jihatdan yaxlit mushtaraklikda 
tadqiqiy umumlashtiradi.
Ushbu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida aynan shu maqomi bilan ajralib turadi. U 
jamiyatda mavjud ijtimoiy hodisalar va voqealar, ular mutanosibligi hamda uzviyligi bilan aloqador 
demokratik jarayonlarning yaxlit tizimiy va tarkibiy mushtarak majmuidan iborat. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə