1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari


 – mavzu. Demokratik jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
2 – mavzu. Demokratik jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish 
bosqichlari

REJA: 
1.
Markaziy Osiyodagi dastlabki ijtimoiy-siyosiy qarashlarning
2.
shakllanishi. Avestoda “Odil jamiyat” to’g’risidagi qarashlar.
3.
IX-XVI asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy muhit. “Odil jamiyat” 
to’g’risidagi qarashlar. 
4.
Amir Temurning siyosiy va odil jamiyat to’g’risidagi qarashlari. 
5.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida, XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Markaziy 
Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy hayot. 
Ijtimoiy-siyosiy qarashlarning umumiy zamirida O’zbekiston hududida yashab ijod etgan buyuk 
mo’tafakkirlarning xizmatlari benihoya katta. Ular o’zlarining ilmiy, tarixiy, badiiy asarlarida 
jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlari masalasiga doir qimmatli fikrlarni yozib 
qoldirganlar. 
Buyuk mutafakkirlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ular yashagan davr bilan bog’lab 
o’rganish lozim. Chunki ularning dunyoqarashi o’sha davrdagi siyosiy tartiblar, davlatni idora qilish 
usullari, halqlar va davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ta’sirida shakllangan. 
Markaziy Osiyo hududida siyosiy qarashlar eramizdan bir necha ming yillar avval vujudga 
kelgan bo’lib, u o’sha davrda hukmron bo’lgan siyosiy g’oyalar, diniy-siyosiy mifologiya shaklida 
rivojlandi. Dastlabki diniy ta’limotlar otashparastlarning muqaddas kitobi "Avesto"da 
mujassamlashgan holda yoritilgan. U Markaziy Osiyo halqlarining kadimgi ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, huquqiy, axloqiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlarining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi. 


Feodalizm jamiyati va davlatida zardushtiylik g’oyalari o’rnini islom g’oyalari egallaydi. Bu 
davrda ijtimoiy va siyosiy hayot islom dini ta’sirida rivojlanib, turli g’oyaviy-siyosiy oqimlar, 
maktablar kelib chiqqan. 
Markaziy Osiyo hududida vujudga kelgan siyosiy qarashlar haqida turli davrlarda yashagan 
olimlar, shoirlar va tarixchilarning arab, fors, turk tillarida yozilgan "Avesto", "Nimon-ut-Tavorix",
"Go’zida", "Devon un-Nasab" kabi asarlarida kimmatli ma’lumotlar beriladi. Jaloliy, Bannotiy, 
Narshaxiyning qator tarixiy asarlarida, "Temurnoma", "Temur tuzuklari", "Boburnoma"kabi tarixiy-
badiiy asarlarda ham Markaziy Osiyo halqlarining siyosiy hayotiga doir muhim fikrlar yozib 
qoldirilgan. Urxun-Enisey yozuvlari, shuningdek kadimgi turk va eron halqlarining ijtimoiy-siyosiy 
hayoti masalalari o’z aksini topgan Firdavsiyning "Shohnoma", Maxmud Qoshg’ariyning "Devonu 
lug’atit turk", Yusuf Xos Xojibning "Qo’tadgu bilig", Axmad Yugnakiyning "Hibat-ul-Haqoiq", 
Alisher Navoiyning "Tarixi mulo’qi Ajam" asarlari ham tariximizdagi siyosiy qarashlarni 
o’rganishdagi asosiy manbalardir. 
Siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishida 
Islom dini ham muhim manbalardan biri hisoblanadi. Arabiston yarim orolida islomning paydo 
bo’lishi va uning boshqa hududlarga tarqalishi shu halqlar tarixida yirik tarixiy voqea bo’ldi. U 
yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o’tishni bildirardi. Siyosat va siyosiy masalalar shariat 
(Qur’on asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fukorolik qonuniyat va qoidalari majmui)da o’z 
aksini topgan. Shariat ikki qismga - ibodiy va siyosiy qismlarga bo’linadi. Ibodiy tomoni 
o’zgarmaydi ammo siyosiy tomoni jamiyat o’zgarishi va rivojlanib borishiga moslashib boraveradi. 
Musulmonlar sonining ko’payishi va yangidan yangi davlatlarda islomning qabul qilinishi natijasida 
hamma uchun tushunarli bo’lgan qoidalar to’plamiga zarurat paydo bo’ladi. 
Markaziy Osiyo hududida siyosiy fikrlarning rivojlanishiga IX-X asrlarda hukmronlik qilgan 
somoniylar sulolasining ta’siri juda katta edi. Bu davrda markazlashgan kuchli feodal davlatini 
o’rnatishga harakat qilingan. 
Somoniylar hukmronligi yillarida mamlakatda siyosiy hayot jonlangan edi. Bu yillarda davlat 
ishlari ancha tartibga solindi. Ayniqsa, davlat qurilishi sohasida katta o’zgarishlar qilingan. Biroq 
somoniylar hukmronligi sharoitida siyosiy hayot o’zining murakkab va ziddiyatli muammolariga 
ega edi. Qabilalar o’rtasida o’zaro ko’rashlar, viloyatlarning markazga bo’ysunmasligi, halq 
qo’zg’olonlari, bosqinchilik harakatlari to’xtovsiz davom etdi. Mehnatkash halqning huquqsizligi, 
ularning hayotida chuqur iz qoldirdi. lekin shunga qaramay, somoniylar davri Forobiy, Beruniy, Ibn 
Sino kabi ulug’ mo’tafakkirlarni etishtirgan edi. 
Ushbu davr adabiyoti uch tilda - arab, fors va turkiy tilda yaratildi. Markaziy Osiyo tarixiga doir 
deyarli barcha adabiyotlarda ushbu davr o’z salmog’i, mazmuni jihatidan Uyg’oniish davri deb 
ataladi. Uyg’oniish davri madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: 
1.Dunyoviy ma’rifatga intilish; 
2.Tabiatga 
qiziqish, 
tabiatshunoslik 
ilmlarining 
rivoji; 
3.Insonni ulug’lash, komil insonni tarbiyalash; 
4.Universallik-qomusiylik, 
barcha 
narsa 
bilan 
qiziqish. 
Markaziy Osiyoda davlat va jamiyatni yuritish masalalariga Abu Nosir Muhammad ibn 
Muhammad ibn o’zluk ibn Tarxon Forobiy benihoya katta hissa qo’shgan bo’lib, u 260 xijriy (873-
874) yilda Forob shahrida tug’ilgan. Ma’lumki, IX asrlarda, ya’ni Forobiy yashab ijod qilgan 
davrda Markaziy Osiyo Arab halifaligining bir qismiga aylantirilgan edi. G’oyaviy dunyoda esa
islom siyosiy mafkurasi hukmronlik qilib, maktab, madrasa va maschitlarda fors, arab va 
turk tillarida yozilgan diniy kitoblar o’qitilar edi. Arab halifaligining markaziy shaharlari Bag’dod 
va Damashqda ilm fan boshqa shaharlarga nisbatan ancha taraqqiy qilgan. Shuning uchun ham 
Forobiy boshqa ko’p zamondoshlari kabi arab tilini, chuqur o’rganadi. o’z davrining etuk 
entsiklopedik olimi darajasiga ko’tariladi. 
Forobiy ko’plab xorijiy tillar, jumladan kadimgi yunon tilini ham o’rganib, ular orqali Aflotun, 
Arastu kabi buyuk mo’tafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo’ladi. U riyoziyot, tibbiyot 


kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda falsafa, mantiq, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fan sohalari bilan 
ham shug’ullandi va o’zining yuzdan ortiq ilmiy asarlarini avlodlarga meros qoldirgan . 
Forobiyning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy mavzudagi merosi juda boy bo’lib, u o’zining qator 
asarlarini ana shu muhim ijtimoiy masalalarga bagishlaydi. Mo’tafakkirning jamiyat, davlat, huquq, 
siyosat, adolat, ta’lim, va tarbiya haqidagi g’oyalari, qarashlari «Baxtga erishish haqidagi traktat», 
«Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Jamiyatni o’rganish haqidagi kitob», «Davlat arboblari 
haqidagi aforizmlar», "Fozil odamlar shahri" kabi asarlarida o’zining chuqur ifodasini topgan. 
Forobiy jamiyat, davlat va huquq masalalarini o’rganishda ko’p jihatdan ushbu masalalarning 
nazariy, umumiy falsafiy asoslarini tushuntirishga harakat qiladi. U o’zining asarlarida jamiyatning 
kelib chiqishi, davlatning paydo bo’lishi, uning shakli, davlat arbobi va uning vazifasi, ular oldiga 
qo’yilgan asosiy talablar, davlatni idora etish usullari haqida o’zining chuqur falsafiy-siyosiy 
qarashlarini bayon qiladi. 
Forobiy o’z asarlarida bir qator muhim ijtimoiy masalalarni yoritishga urinadi, bular: 
1.Ijtimoiy hayot haqidagi fan va uning vazifasi; 
2.Inson jamoasining vujudga kelishi, tarkibi va turlari — bu sohadagi turli
fikrlar; 
3.Shahar - davlat jamoasining hayoti va fazilati, davlatning faoliyati va uni 
boshqarish; 
4.Insonning jamiyatdagi o’rni va vazifasi, aqliy, axloqiy kamoloti 
masalalari; 
5.Davlat jamoasining maqsad va vazifalari, insonni baxt-saodatga
erishtirishning usul va yo’l-yo’riqlari. 
6.Forobiy inson tomonidan jamiyatda yashash uchun sodir qilinadigan
harakatlarni ikkiga bo’ladi: 
7.Adolatli, haqiqiy aqlga muvofiq harakatlar. Bu harakatlar orqali haqiqiy
baxtga erishish mumkin. 
8.Adolatsiz, maqsadga muvofiq bo’lmagan harakatlar, ular baxtsizlik 
keltiradi. 
Forobiy jamiyat siyosiy hayotida davlat apparati tomonidan olib boriladigan ishlarga alohida 
e’tibor beradi. Uningcha, davlat boshlig’i va davlat xizmatchilari boshqaruv san’atini yaxshi 
bilishlari kerak. Forobiy ana shunday boshqaruv kishilari baxtga, tinchlikka olib boradi, bunday 
davlatda boshqaruv adolatlidir, aksincha, baxtsizlikka, urush va qirg’inliklarga olib boradigan 
boshqaruv adolatsizdir, deb hisoblaydi. U ideal (fozil) shaharlar, ya’ni ideal shahar davlatlari va 
ideal bo’lmagan shahar davlatlari xususida ham fikr yuritadi. U fozil shahar eng adolatli va 
ma’rifatli rais-rahbarni o’zida mujassamlashtirgan donishmand tomonidan boshqarilib, bu davlat - 
shahar aholisining o’zaro ko’maklashuviga, bir-biriga yordam berishiga asoslanadi, deb hisoblaydi. 
Uning fikricha, boshqaruv (idora) san’ati ikki qismdan iborat bo’ladi: nazariy va amaliy. Nazariy 
qismi - boshqaruvning asosiy usul va qonuniyatlari haqidagi bilim bo’lsa, amaliy qism - davlatni 
idora qilishdir. Ularning har ikkisiga ham siyosiy amaliyot, tajriba va kuzatuv natijasida erishiladi. 
Forobiy davlatning kelib chiqishi kabi masalalarga to’xtalib, ularga javobni ilohiyotdan emas, 
balki mavjud jamiyatdan izlaydi. Mo’tafakkir inson tabiatan shunday yaratilganki, u doimo biri 
ikkinchisiga nisbatan dushmanlikka emas, balki ittifoqda, aloqada munosabatda bo’lishga intiladi, 
degan fikrni yoklab chikadi. Xuddi shu o’zaro intilish, harakat asosida davlatning kelib chiqishini 
e’tirof etadi. Forobiy jamoani katta kichikligiga ko’ra uch turga bo’ladi: 
1.Buyuk jamoa - dunyodagi barcha halqlarning birlashuvi; 
2.O’rta jamoa - bir halq yoki millatni birlashtiruvchi jamoa; 
3.Kichik jamoa - alohida bir shahar davlatini birlashtiruvchi jamoa; 
Forobiyning fikriga ko’ra, halqlar bir-birlaridan tabiiy odatlari, axloqlari hamda fe’l-atvori va tili 
bilan farq qiladi. Forobiy halqlarning fe’l-atvori, odat va axloqlarining shakllanishida jug’rofiy 
muhitning ta’sir kuchiga yuqori baho beradi. 
Forobiyning aytishicha, odamlarning eng takomillashgan jamoasi - bu shahar davlatlaridir. 
Qishloqlar shaharlardan keyinda turuvchi va shaharlarni ozik-ovqatlar bilan ta’minlovchi jamoalar 


hisoblanadi. Bu erda biz Aflotun va Arastuning shahar-davlatlar (polislar) haqidagi ta’limotlarining 
Forobiy siyosiy qarashlariga ta’sirini ko’ramiz. 
Forobiy shahar - davlatlarni ikki toifaga bo’ladi: 
1.Al - Madina al - Fozila. 
2.Al - Madina al - Johiliya. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, u fazilatli va fazilatsiz shahar - davlatlarning mavjud bo’lishligini 
e’tirof etadi. Uning fikricha, agarda barcha shahar aholisi o’zaro birlikda, ittifoqda yashab, bir-
birlariga yordam ko’rsatsalar, bunday shaharlar fazilatlidir. Ushbu masalada Forobiy ilgarilab, 
barcha halqlar o’zaro tinch-totuv va dustlik asosida yashasalar, er yuzida tinchlik o’rnatilishiga 
ishonch bilan qaraydi, deb hisoblaydi. 
Forobiy fazilatli va fazilatsiz shaharlar haqida yozar ekan, u mavjud feodal davlatlardagi 
adolatsizliklarni, tengsizliklarni qoralab, davlat boshliqlarini va barcha fuqaroni yaxshi ish qilishga, 
o’zaro yordam asosida yashashga da’vat qiladi. Forobiy o’z asarlarida davlat atamasini ishlatmaydi. 
Ammo u shahar jamoalari deganda, shahar davlatlarni nazarda tutadi. Davlatning kelib chiqish
sabablarini odamlarning jamoa bo’lib yashash ehtiyojlaridan deb biladi. Davlatning shakli 
masalalariga ham to’xtalib, shoh donishmand va o’z lavozimiga loyiq bo’lishini e’tirof etadi. Bu 
bilan Forobiy taxt otadan bolaga meros bo’lib qolishini qoralaydi. 
Forobiy o’zining siyosiy qarashlarida yakka hokimlik davlat shaklidan voz kecha olmaydi. 
Uning fikriga ko’ra davlat boshlig’i har tomonlama etuk shaxs bo’lishi lozim, ammo bu erda shuni 
aytish kerakki, Forobiy yakka hokimlik to’g’risida gapirar ekan uning oldiga 12 talabni qo’yadi. 
Ideal davlat boshlig’i haqiqatni sevuvchi, uning uchun ko’rashuvchi, boylikka xirs qo’ymagan, 
adolatsizlik va jabr - zulm qiluvchilarga qarshi ko’rashuvchi, botir, jasur, kurkmas bo’lishi kerak, 
deb hisoblaydi. Shu narsa e’tiborga molikki, Forobiyning o’zi ham ana shu 12 fazilatning hammasi 
yagona bir kishida bo’lishiga shubhalanib, davlatni bir kishi emas, balki bir necha kishilar 
boshqarishi kerak, degan g’oyani ilgari suradi. Bu erda biz Forobiyni yakka hokimlik shakli 
doirasida cheklanib qolmasdan, balki o’z davridan ilgarilab ketganini ko’ramiz. 
Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al Beruniy 360 xijriy (973 melodiy) yilida Qiyot
shahrining atrofidagi qishloqlarning birida dunyoga kelgan. Uning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi 
Markaziy Osiyo xonliklari o’rtasida feodal tarqoqlik va islom siyosiy mafkurasi hukmronlik 
qilaetgan bir zamonda shakllandi. Beruniy yoshligidanok ilm-fanning turli sohalarini egallash bilan 
mashg’ul bo’lgan. U 16 yoshida globus yasab ilm- fan ahllarini xayratlantirgan edi. 
U «Minerallar» asarida kishilarning ehtiyojlari turli tuman va ko’p bo’lishi, fakt bir necha 
kishilar uyushmasigina uni qondirishi mumkinligini, ana shuning odamlar shaharlar yaratishga 
intiladilar, deb hisoblagan. Beruniy odamlar jamoa bo’lib yashashining asosiy qoidalari o’zaro 
yordam, bir-birlari bilan tinch-totuv yashash, umumiy manfaat uchun ishlashga asoslangan bo’lishi 
kerak, deb hisoblaydi. Barcha halqlarning tinch-totuv yashashligi g’oyasini ilgari surib, turli 
millatga mansub bo’lgan kishilar o’zaro totuvlikda yashaganlaridagina ularning hayoti mazmunli va 
barakali bo’lishi haqida qimmatli fikrlar bildirgan. Har qanday nizo-janjallar, toj-taxt talashish, 
zo’ravonlik, bosqinchilik harakatlariga qarshi turgan buyuk olim, mamlakatlar va davlatlar o’rtasida 
yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini olib borish g’oyasini ilgari so’rgan. 
Beruniy davlat va huquqning paydo bo’lishi va ularning vazifalari masalalarini Forobiy kabi 
ehtiyojdan deb biladi. Boshqacha qilib aytganda, odamlar ijtimoiy adolatli tartib, qoida o’rnatish 
uchun davlatga birlashadilar, degan fikrda bo’ladi. Beruniy davlatning shakli masalasida esa 
mamlakatni shohlar-mutlak hokimlar emas, balki ma’rifatparvar shohlar boshqarishi keraqligi 
haqidagi g’oyani ilgari suradi. 
Beruniyning siyosiy-huquqiy qarashlari, yuqorida kurib chiqqanimizdek, eng ilg’or va chuqur 
insoniy qoidaga asoslanadi. U insonni uning tafakkurini ulug’lab, shohlar va qonuniyatlar ana shu 
xazrati inson uchun xizmat qilishi hamda uni bosqinchilardan himoya qilishi kerak, degan 
g’oyalarni ilgari suradi. Beruniy fikricha hokim o’z fikri va qarorlarida qat’iy bo’lishi, shohning 
o’zi ham "yaratuvchilik ongiga " ega bo’lishi kerak. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past 
tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o’rnatishdan iboratdir. Beruniy sinf va 


tabaqalar to’g’risida ham fikr bildirib, ular asosida boylik va nasl-nasabning ulug’ligi emas, balki 
biron-bir mashg’ul ot va vazifa etmog’i kerak, deydi. 
Abu Ali ibn Sino 908 yilda Afshona (hozirgi Pyoshku noxiyasi) qishlog’ida tug’ilgan, uning ismi 
Xusayn bo’lib, 5 yoshga tulganida ota-onasi Buxoro shahriga kuchib boradi. Ibn Sino yoshligida 
ilmi nujum, riyoziyok, mantiq, ritorika va fikx (huquq) masalalarini chuqur o’rganadi. 999 yilda 
Buxoro Koraxoniylar tomonidan bosib olinganidan keyin, u Urganch shahriga ketishga majbur 
bo’ladi. 
Ibn Sino Sharqda «ash-Shayx» yoki «ar-rais» degan tahallus bilan mashhur bo’lgan bo’lsa, 
G’arbda Avitsena nomi bilan taniladi, uning hayoti, dunyoqarashi haqida adabiyotlarda turlicha 
qarashlar mavjud. Ibn Sinoning siyosiy qarashlari Abbosiylar halifaligining siyosiy tushkunlikka 
uchragan hamda xonliklar, bekliklar o’rtasida o’zaro urushlar kuchaygan bir zamonda shakllanadi. 
Mamlakat hayotida ruy beraetgan siyosiy tushkunlik mo’tafakkirni yoshlik yillaridanok turli 
shaharlarda, xonliklarda sarson-sargardonlikda yurishga majbur etadi. 
O’sha davrda Urganch shahrida «Ma’mun akademiyasi» mavjud bo’lib, unda Abu Rayxon al 
Beruniy, Abu Saxl al Masixiy, Abdul - Xayr al Hamar kabi ko’plab olimlar ijod qilaetgan edilar. 
Ibn Sino ular bilan yaqindan tanishib, Xorazmshoh Ali ibn Ma’mun saroyida xizmat qiladi 
Maxmud G’aznaviy Xorazmda mashhur bo’lgan barcha olimlarni o’z saroyiga taqlif qiladi. Ibn 
Sino bunga rozi bo’lmasdan , Xorazmdan chiqib ketishga majbur bo’ladi. Bundan g’azablangan
Sulton Maxmud G’aznaviy atroflarga chopar yuborib, olimni ushlab saroyga olib kelishni buyuradi. 
Mo’tafakkir Maxmud G’aznaviydan yashirinib (1015-1024), Hamadonda to’xtaydi. Hamadon 
hokimi Shams ad-Dauli esa uni o’ziga vazir qilib tayinlaydi. Ibn Sino bevosita davlat arbobi sifatida 
davlat ishlarini boshqarish bilan mashg’ul bo’ladi. Ammo Ibn Sinoning taraqqiyparvarona fikrlari 
davlat mahkamasidagi mulozimlarning reaktsion guruhlariga ma’qul kelmaydi. Natijada u 
vazirlikdan chetlashtiriladi. Ibn Sino Hamadondan Isfaxon shahriga (1024-1037) ketadi. Isfaxon 
shahrida o’zining qator asarlarini yozadi . Ulug’ mo’tafakkir 1037 yilda 56 yoshida Hamadon 
shahrida vafot etadi. 
Ulug’ haqimning sotsial tabaqalar, davlat, huquq, qonuniyat va qoidalar to’g’risidagi fikrlari 
ko’p jihatdan Forobiy qarashlariga o’hshab ketadi. Undagi ijtimoiy siyosiy dunyoqarashning 
shaklllanishiga, shubhasiz, Yunon olimlari Aflotun, Arastu, Sukrot dunyoqarashlari ham ta’sir 
qilgan. 
Ibn 
Sino 
qarashlarida 
e’tiborga 
molik 
narsa 

bu 
ideal 
davlat 
to’g’risidagi 
g’oyadir. 
Uning 
fikriga 
ko’ra, 
ideal 
davlat 
tepasida 
ma’rifatparvar 
shoh 
turishi 
kerak. 
Jamiyat 
a’zolarining 
barchasi 
foydali 
mehnat 
bilan 
shug’ullanishlari 
lozim. 

insonlarni 
jamiyatdagi tutgan o’rni va vazifalariga qarab uch guruhga ajratadi: a) davlat idoralarida xizmat 
qiluvchi 
va 
jamiyatni 
boshqarish 
ishlari 
bilan shug’ullanuvchilar; b) bevosita xom ashyo, zarur mahsulotlar ishlab chiqarish bilan mashg’ul 
bo’lganlar; v) davlatni qo’riqlash, uni turli tashqi hujumlardan saqlashni ta’minlovchi harbiylar. 
Ibn Sino jamiyatni davlatsiz, qonun-qoidasiz tasavvur qila olmaydi. U o’zining «Risolai tadbiri 
manzil» asarida yozgan ediki, «agar hamma odamlar shoh sultonlardan iborat bo’lsa, yoki 
hammalari oddiy mehnatkash bo’lsalar edi, ularga rahbarlik qiluvchi sultonlar, xonlar bo’lmasa edi, 
bunday hollarda ularning barchalari halok bo’lgan bulur edilar.» Mo’tafakkir jamiyatdagi moddiy 
tengsizlikni e’tirof etib odamlarning hammalarini boyib ketishlariga va, aksincha, kambag’allashib 
ketishlariga qarshi chikadi. Uningcha, agarda hamma jamiyat a’zosi birdek boylikka, mulkka ega 
bo’lsalar u holda bir kishini ikkinchi kishiga yordam ko’rsatishi bir-birini rag’batlantirilishi 
tugatiladi. Aksincha odamlarning hammasi yo’qsillarga aylansalar, bunday holda, ular 
ocharchilikdan qirilib ketadilar. 
Shunday qilib, Ibn Sino jamiyat a’zolarini nihoyatda boyib va aksincha, kambag’allashib 
ketishlariga qarshi. U odamlarni o’zaro hamjihatlikda, bir-birlariga yordam ko’rsatish qoidalariga 
asoslanib yashashga da’vat qiladi. Demak, Abu Ali ibn Sino ham ilg’or g’oyali kishilar kabi halqlar 
va davlatlar o’rtasida tinchlik bo’lishini, zolim shohlar o’rnida adolatli, ma’rifatparvar shohlar 
mamlakatni boshqarishini, shuningdek, jamiyatda ilm-fan taraqqiy etishini orzu qilgan. 


XIV asrning o’rtalariga kelib, dunyoni larzaga solgan mug’ullar hukmronligiga qarshi 
Xurosonda boshlangan ozodlik harakati Movarounnaxrga etib keladi. 
Mug’ullar hukmronligining mag’lubiyatga uchrashishiga mahalliy aholining ozodlik uchun olib 
borgan ko’rashlari asosiy sabab bo’ldi. Ana shu ko’rashda o’z halqining raxnamosi, buyuk sarkarda 
Amir Temur juda katta xizmat qildi. Uning butun hayoti va faoliyati zulm va zuravonlikka qarshi 
ko’rash, xonlar va beklar o’rtasidagi qirg’in-barot urushlarga chek qo’yish hamda kuchli 
markazlashgan davlatni o’rnatish uchun ko’rash bilan bog’liqdir. Uning nomi fakat Turonga emas, 
balki butun dunyoga yoyildi. U uzbek halqining buyuk davlat arbobi va sarkardasi sifatida shuxrat 
kozondi v jaxon taraqqiyparvar kuchlari kalbidan mustaxkam joy oldi. 
Amir Temur o’z imperiyasini tuzishga kirishar ekan, u Samarkanddan boshqa shaharlar va 
mamlakatlarni birma-bir ishg’ol qila boshlaydi. Bu haqda "Temur tuzuklari" va «Zafarnoma»da 
uning zafar yurishlari haqida hikoya qilinadi. Temurning zafar qozonishida «uch yillik yurish», 
«byosh yillik yurish», «etti yillik yurish» lari mashhurdir. Amir Temur davlatini idora qilishda 
kuchli va ko’p sonli qo’shin kuchiga tayangan va uning yordamida o’zi boshqargan davlatning 
hududlarini kengaytirishga muvaffaq bo’lgan. 
Amir Temur uzga mamlakatlarni o’z davlatiga qo’shib olishda kengash, maslaxat, tinchlik 
yo’lini taklif etgan. Masala tinchlik bilan hal bo’lmasligiga ko’zi etgandagina, kuch asosida ish 
ko’rgan. U o’zining ana shu jihatlari bilan boshqa bosqinchi shohlardan, hukmdorlardan farq qiladi. 
Amir Temur nomi bilan bog’liq bo’lgan uning siyosiy qarashlari «Temur tuzuklari» , «Tuzo’qi 
Temuriy», "Temuriyning boshidan kechirganlari" kabi nomlar bilan Sharq va G’arbda mashhur 
bo’lgan. Juda ko’p xorijiy tillarga tarjima qilingan. 
«Temur tuzuklari» Temur kodeksi, ya’ni Amir Temurning davlati va uni idora qilish me’yorlari, 
qoidalarining to’plamidir. Undan biz O’rta asrlardagi hukmron siyosiy qarashlar, qoidalar, 
qonuniyatlar va ular haqidagi qarashlarni o’rganamiz. 
Temur o’z «Tuzuklari» da aniq va ravshan qilib, davlatni idora qilishda o’n ikki qoidalariga 
asoslanganligini hikoya qiladi. Temur o’z imperiyasini tuzishda va uni boshqarishda yangi diniy 
mafkurani yaratmasdan islomni tanlaydi. Asosiy qonuniyat qilib esa shu din zaminida vujudga 
kelgan shariatni qabul qiladi va uni himoyalaydi. Buyuk imperiyani mustaxkam mafkura va 
qonuniyat-qoidaga asosan idora etish Temurning naqadar savodli, tadbirkor va qudratli soxibkiron 
ekanligidan dalolat beradi.
Ikkinchi muhim qoida esa davlatning, mamlakatning ustunlarini tashqil qilgan turli tabaqalar va 
toifalar bilan birgalikda bamaslaxat ish qurish, siyosatni yurgizish bo’ldi. Temurning ulug’ligi, 
kuchli siyosatchi ekanligi shundaki, u fakat kuchiga emas, balki birinchi navbatda, halqka tayangan 
holda davlatni boshqaradi. Muhim ishlarni ular bilan kengashgan holda olib boradi. «Ikkinchisi 
shulkim,- deb yozadi u,- un ikki tabaka va toifadagi kishilar bilan mamlakatni zab^g etdim, ularni 
idora qildim. Davlat, saltanat ustunlarini o’shalar bilan kuvvatlab, majlislarimni shular bilan 
ziynatladim». Soxibkiron o’z vorislariga vasiyat qilar ekan, jamiyatni turli tabaqalarga va toifalarga 
bulinishi va ularning tutgan o’rinlari muhim ekanligini, davlatni boshqarish ularsiz mumkin 
emasligiga ishora qiladi. 
Uchinchi qoidada Amir Temurning maslaxat, tadbirkorlik, faollik va xushyorlik, ehtiyotkorlik 
bilan ganim qo’shinlarini engganini, boshqa davlatlarni o’z Imperiyasiga qo’shib olgani haqida fikr 
yuritiladi. Gap shundaki, Amir Temur uchun tadbirkorlik, kengash bilan ish qurish, ehtiyotkorlik bu 
qonuniyat edi. 
Turtinchi qoida davlat ishlarini saltanat qonuniyatlariga asoslangan holda boshqarish to’g’risida 
fikr yuritiladi. Unda Temur va uning mulozimlari qonuniyatchilikka asoslangan holda ish 
ko’rganligi, amirlar, vazirlar, sipoxlar o’z lavozimida va martabasiga ko’ra ish yuritganligi kayd 
etiladi. 
Byoshinchisi - amirlar va sipoxlar bilan yaxshi munosabatda bo’lish, ularga izzat va xurmat 
ko’rsatish, martaba va unvonlarini hurmatlash. 
Amir Temur ular turmushidan xabardor bo’lib, mablag’ni ayamagan. 
Shuning uchun ham amirlar unga jon-dilidan xizmat qilganlar. Ularning kaxramonliklari 
natijasida soxibkiron janglarda g’olib chiqqan. 


Oltinchisi - adolat va insof bilan ish qurish. Soxibkiron gunoxkorga ham, begunoxga ham raxm-
shafkat qilgan. «Haqkoniyat yuzasidan hukm chiqardim», - deb yozadi Temur. 
Ettinchisi - saidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu-donolar, muxandislar, tarixchilarni e’tiborli 
shaxslar deb izzat va xurmat qilgan. Ular bilan suxbatda bo’lgan hamda ulardan maslaxat suragan. 
Aksincha, buzuk, ogzi shalok, giybatchi odamlarni o’z majlisiga yaqinlashtirmagan. Ularning 
gapiga kulok solmagan. 
Sakkizinchisi - azmu jazm bilan ish tutgan, ya’ni biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan 
bo’lsa, unga butun vujudi bilan kirishib, oxiriga etkazgan. 
To’qqizinchisi 

raiyat 
(oddiy 
halq) 
xol-axvolidan 
doimo 
ogox 
bo’lgan. 
Ularning 
ulug’larini 
oga 
qatorida, 
kichiklarini 
esa 
farzand 
o’rnida 
ko’rgan. 
Har 
shahar 
va 
qishloqning 
urf-odatiga, 
qonuniyat 
va 
qoidalariga 
xurmat 
bilan 
qaragan. 
Ulardan 
xabardor 
bo’lish 
uchun 
tarixchi-xabarchilarni yozma ravishda turli halqlar hayotidan xabardor qilib turishlarini talab qilgan. 
Hokimlar, sipoxlar tomonidan raiyatga jabru sitam etkazilgan bo’lsa, ularni adolat va insof 
yuzasidan jazolagan. 
O’ninchisi - turk, tojik, arabu ajamning turli toifalaridan o’z panoxiga kirgan kishilarga xurmat 
bilan qaragan. Dustlik qilgan kishilarga nisbatan muruvvat, exson, izzatu ikrom haqkini ado etgan. 
Kimki dushmanlik qilib, keyin po’shaymon bo’lib, tavba qilgan bo’lsa, dushmanligini unutgan. 
Unga muruvvat ko’rsatgan. 
O’n birinchisi — farzandlar, karindoshlar, oshna-ogayni, kuni-qo’shnilar va ular bilan 
dustlashgan kishilarni davlat martabasiga erishganda ham unutmagan. Ularga hamma vaqt birdek 
izzat va xurmat ko’rsatgan. Dust, dushman bilan kelishib yashagan. 
O’n 
ikkinchisi 

dust, 
dushmanligiga 
qaramay, 
har 
joyda 
ham 
sipoxlarni xurmat qilgan, agar dushman sipoxlardan qaxramonlik ko’rsatib Temurga 
nisbatan qilich ko’targan bo’lsa ham unga muruvvat qilgan. lekin o’z soxibiga xienat qilib, unga 
dushmanlik qilganlarga nisbatan murosasiz bo’lgan. 
Amir Temurning siyosiy qarashlari uning o’z davri uchun kanchalik muhim o’rin olgan bo’lsa, 
bu qarashlarda ilgari surilgan g’oyalar hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. 
Davlatlar yashab kelaetgan va ular orasida o’zaro munosabatlar davom etayotgan hozirgi sharoitda 
Temurning siyosiy qarashlaridan foydalanish, u ta’riflab bergan va o’zi bevosita amal qilgan 
qoidalarga asoslanib ish qurish muhim ahamiyatga ega. 
O’rta Osiyoda siyosiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishida ulug’ 
mo’taffakir, shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiyning xizmatlari kattadir. Uning butun 
hayoti va ko’rashi mehnatkash halq manfaatlari bilan uyg’unlashib ketgan. 
Alisher Navoiyning siyosiy qarashlari uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati bilan 
chambarchars bog’liqdir. Xusayn Boykaro saroyida hukm so’rgan tartib-qoidalar, davlatni 
idora qilish usullari, amir va beklarning toj-taxt uchun olib borgan foijali harakatlari, oddiy halq
ommasining ayanchli axvoli bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil masalalar Navoiyning siyosiy 
qarashlarida muhim o’rin egallaydi. 
Navoiyning siyosiy qarashlarida ifodalangan g’oyalar hozirgi kunimiz uchun ham 
kattaahamiyatga ega. Bu qarashlarda siyosat, siyosiy hayot va siyosiy munosabatlarning shunday 
masalalari bayon qilinganki, ularda hozirgi kunda jamiyatni siyosiy rivojlantirishning ko’pgina 
masalalariga javob topish mumkin. 
Alisher Navoiyning siyosiy qarashlari uning davlat ishlarini boshqarish jarayonida, ayniqsa, 
chuqurlashib bordi. U davlat ishlariga kirishar ekan, birinchi galda halqning tinch hayotini buzgan 
shahzodalar va amalparastlar o’rtasida taxt uchun ketayotgan qon to’kishlarning oldini olish 
va bu bilan mamlakat siyosiy hayotida ruy berayotgan siyosiy tarqoqlikka chek qo’yishga 
o’rinadi. Navoiy shaxzoda Yodgor Muhammadning fitnasini fosh qilib, uni bartaraf etadi va bu 
bilan mamlakatda yuz berishi mumkin bo’lgan qirg’inning oldini oladi. Amaldorlarning jabru 
sitamiga qarshi Xirot mehnatkashlari bilan o’zi muzoqara olib boradi hamda aybdor 
amaldorlarni davlat ishlaridan chetlatib, ularni jazolaydi . Bu esa isyonning 
bostirilishiga va yuzlab kishilar konining to’qilmasligiga olib keladi. 


Xusayn Boykaro tomonidan . vazirlikka tayinlangan Navoiy mamlakatning tinchligi va 
osoyishtaligi uchun ko’rashadi. U oldindan orzu qilayotgan orzularini, istaqlarini, ya’ni 
mamlakatda sodir bulayotgan kirgishshklarning oldini olish, mehnatkashlarning hayotini 
yaxshilash, taraqqiyparvar kuchlarni kullab-kuvvatlash, qisqacha qilib aytganda, mamlakatda 
adolatli tartibni o’rnatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. 
Alisher Navoiy siyosiy ongining shakllanishi va rivojlanishini nisbiy ravishda ikki davrga 
bo’lsak bo’ladi. Birinchi davr - bu Alisherning yoshlik yillaridan tortib, toki vazirlikdan 
iste’fo bergan davrigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga olsa, ikkinchi davr esa -vazirlikdan iste’fo 
bergan vaqtdan boshlab, toki umrining sunggi kunlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 
Birinchi davrning harakterli tomoni shundaki, bu vaqtda shoir hali mamlakatda adolatsiz 
podsho o’rniga adolatli podsho kelishiga va baxtli jamiyatga erishishi mumkinligiga ishonadi 
hamda uni amalga oshirish uchun ko’rashadi. Bu ko’rash yo’lida u vazirlik lavozimigacha 
bo’lgan davlat ishlarida xizmat qilib, mamlakatda tinchlik o’rnatish, obodonchilik ishlarini 
yanada rivojlantirish, taraqqiyparvar kuchlarni kullab-kuvvatlash kabi ishlarni amalga oshiradi. 
Bu davrda shoir ma’rifatparvar shoh tarafdori bo’ladi. lekin shoir siyosiy ongining muhim 
boskichini ikkinchi davr tashqil etadi. 
Navoiy katta siyosiy ko’rash yo’lini bosib utib, boy tajribaga ega bo’lganidan keyin ijtimoiy-
siyosiy qarashlarida yanada ilgarilash yuz beradi. Mo’tafakkir feodal davlati va huquqining tor 
doiralarida cheklanib olmasdan va, shuningdek, fakat o’z vatanida markazlashgan adolatli 
davlatni barpo etish g’oyasida qolib ketmasdan, yanada ilgarilab, butun dunyoda yagona 
markazlashgan adolatli davlat bo’lishi, uning tepasida esa adolatli shoh turishi kerak, degan 
g’oyagacha etib boradi. Shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari rivojlanishida katta taraqqiyot yuz 
berib, u mavjud dunyodan, davlatdan xayolan o’zilgan holda, utopik xayollar asosida butun bir 
xayoliy davlat - «Saddi Iskandariy» dostonidagi Iskandar davlatini yaratadi. Iskandar davlati 
utopik davlat bo’lib, Navoiy unda o’zining siyosat, davlat, huquq haqidagi istak va orzularini,
g’oyalarini mujassamlashtirgan holda bergan. 
Navoiyning fikricha, kelajakda butun dunyoda adolatsiz davlatlar tugatilib, ularning o’rniga 
yagona markazlashgan davlat tashqil topishi kerak. 
XIX asrining ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida butun Turkiston chorizm tomonidan 
bosib olindi. Bu erda chorizm o’zining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirdi, ya’ni bu 
ulkani o’zining xom ashyo bazasiga aylantirdi. Chor amaldorlari mustamlaka aholisini asoratga 
solishning o’ta vaxshiyona usullarni kullashga va shu yo’l bilan bu erda o’zining hukmronlik 
siyosatini saqlab qolishga harakat qildi. Ular ulkada boshqarishning shunday ma’muriy vositalarini 
ishga soldilarki, okibatda mahalliy aholi o’zining barcha ijtimoiy va siyosiy huquqlaridan, 
o’zlarining tili - davlat tili mavqeidan maxrum bo’ldi. 
Chor xukumatining mustamlakachilik siyosati shu kadar vaxshiyona tus oldiki, bu xol halq 
ommasining ozodlik uchun ko’rash harakatlari boshlashiga sabab bo’ldi. Bu harakatlarga 
mustamlakachilik zulmidan azob tortgan aholining turli tabaqalarini birlashtirdi, ammo bu 
harakatlar juda tarqoq bo’lib, ulkani mustamlakachilik zulmidan kutkarishga ojiz edi. 
Mustamlakachilik zulmiga va o’sha davrda hukmronlik qilgan siyosiy munosabatlarga norozilik 
kayfiyatlari O’zbekiston hududida yashagan va ijod qilgan unlab buyuk mo’tafakkirlarning siyosiy 
qarashlarida o’z ifodasini topgan. Ular ulkada hukm so’rgan ijtimoiy adolatsizlikning 
har qanday ko’rinishlariga qarshi ko’rash olib borish zarurligini chuqur anglab etdilar va keng halq 
ommasining ozodlik, erkinlik hamda tenglik yo’lidagi orzu-istaqlarini o’z asarlari orqali ifoda qilib 
berdi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O’zbekiston hududida vujudga kelgan siyosiy 
qarashlarda Axmad Donish (1827-1897) alohida o’rin egallaydi. Uning siyosiy qarashlari, xususan, 
Buxoro amirligi sharoitida mavjud bo’lgan siyosiy tartiblar va harakatlarni, davlat boshqaruvi va 
to’zilishini, amirlik olib borgan ichki va tashqi siyosatning mohiyatini ochib berishga xizmat 
qiladi. 
Axmad Donish Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy hayotni Rossiya bilan takkoslab, ular 
orasida juda katta farq borligini ko’rsatadi. Bu farq, ayniksa, davlat ishlarining tashqil etilishi va 


boshqarish sohasida nihoyatda keskin bo’lib qolayotganini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham u 
Buxoro amirligida davlat to’zilishini islox qilish zarur deb hisoblaydi. U o’zining tuzgan 
loyihalarida davlat bir guruh kishilarga emas, balki butun halq manfaatiga xizmat qilishi kerak, 
degan g’oyani asoslashga harakat qiladi. 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O’zbekiston da siyosiy fikrlarning rivojlanishiga 
Muhammad Xuja Bexbudiy (1879-1919) juda katta hissa qo’shgan. Uning siyosiy qarashlari 
jadidlik harakati va uning faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. 
O’zbekiston 
da 
1905 
yilga 
kelib 
jadidlik 
nomi 
bilan 
ma’lum 
bo’lgan 
harakat 
vujudga 
kela 
boshladi. 
Ma’rifatparvarlik 
g’oyasi 
asosida 
shakllangan 
bu 
harakat 
asta-syokin 
siyosiy 
tus 
ola 
boshladi 
va 
ulkaning 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotida 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
eta 
bordi. 
Bu 
davrda 
A.Avloniy, 
Fitrat, 
Bexbudiy 
kabi 
ma’rifatparvarlar 
katta 
faoliyat olib borganlar. 
Muhammad Xuja Bexbudiy ana shu 
harakatning tashqilotchisi va yo’lboshchilaridan biri sifatida uning rivojlanishiga katta hissa 
qo’shdi. 
Jadidlar harakati musulmon aholining ko’pchilik qatlamlarini o’z saflarida birlashtirgan bo’lib, 
ular tub sotsial-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy o’zgarishlar qilish talablari bilan 
chiqqan edilar. 
Ular Turkistonning Rossiyadan ajralib chiqishini va uning mustaqil davlat sifatida ichki va 
tashqi siyosat olib borishi lozimligini himoya qildilar. Ular Turkistonda Turkiya davlatidagi
kabi ijtimoiy-siyosiy tartiblar o’rnatishga harakat qildilar. 
M.Bexbudiy musulmon partiyasini tuzish ishiga juda kuchli qiziqish bilan qaradi. U 
ro’znomalarning muharrirlariga hamda uning o’quvchilariga murojaat qilib, bunday partiyani 
himoya qilish to’g’risida targibot ishlarini kuchaytirish zarurligini kayta-kayta ta’kidlagan edi. 
«Shuroi Islom» tashqiloti tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarda M. Bexbudiy faol ishtirok 
etdi. U omma orasida targibot ishlarini olib borish bilan birga, Turkistonning mustaqilligi uchun 
ko’rash yo’lida kat’iy turib harakat qildi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə