1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarining predmeti, obe’kti, maqsadi vazifalari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix27.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#124197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
asosiy maqsadi
hisoblanadi.
Mazkur fan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi 
o’z ilmiy-nazariy va amaliy usullari
ga ega.
 
Ular:
- tahliliy, tahliliy-umumlashma usul; 
- tarixiy usul; 
- qiyosiy-tipologik usul
- dialektik usul va b. 
Tahliliy, tahliliy-umumlashma usul
O’zbekistonda qizg’in kechayotgan demakratik 
yangilanishlar jarayonlari va bosqichlarining umummushtarak qonuniyatlarini, har bir jarayon, har 
bir bosqichning o’ziga xos xususiyatlari, maqsad hamda vazifalarini, ularning ilmiy-nazariy, ya’ni 
kontseptual mazmun-mundarijasini, amaliy ijrolari samaralarini, g’oya bilan uning amaliyoti 
dialektikasini o’rganish, anglash, ijodiy umumlashtirish, ilmiy-amaliy asoslangan muayyan 
xulosalar orqali jarayon yoxud bosqichning yanada sersamar bo’lishini ta’minlovchi yangi g’oyalar 
zahirasi hamda ularni amaliyotga aniq joriy etish usul va vositalarini kashf etish imkonini beradi. 
Natijada talabada ijtimoiy-siyosiy murakkab demokratik jarayonlarning botiniy mohiyatlarini, ichki 
uzviy qonuniyatlarini mustaqil anglash, mushohada qilish, tahlil etish, umumlashtirish, tegishli 
ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kerak bo’lsa, jarayonni tezlashtirish, yanada samarador bo’lishiga 
xizmat qiluvchi tashkiliy-ijodiy tashabbus ko’rsatish rag’bati uyg’onadi.
Tarixiy usul
vositasida, talaba, avvalo, demokratiya tushunchasi, uning boy nazariy-tarixiy 
asoslari, ko’p ming yillik amaliyoti, o’tmish mutafakkirlarning demokratiya nazariyasi va takomili 
bilan bog’liq rang-barang siyosiy-huquqiy qarashlari, g’oyalari, ta’limotlari bilan tanishish, nazariy 
bilim-saviyasini oshirish imkoniga ega bo’ladi. Ayni paytda, talaba demokratik jahon tsivilizatsiyasi 
tarixi, klassik nazariy tafakkurning rivojlanish va takomil bosqichlari, demokratik tsivilizatsiyaning 
zamonaviy qadriyatlari, umuminsoniy tamoyillari hamda talablari, ularning amaliy ijrolari 
tajribalari-yu saboqlari bilan chuqur tanishadi, ularni hurmat qilish va ularga rioya etish, hayoti, 
faoliyatini demokratik madaniyatdek sog’lom, muqaddas, odil qadriyat asosida tashkil etish


yashash, ishlash ko’nikmasini o’zlashtiradi. Zotan, jamiyat demokratiyasi va demokratik jamiyat 
har bir individning demokratik tsivilizatsiyasi mahsulidir.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə