1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja


Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha “state”



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə2/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Statistika fanidan

Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha
“state”
- davlat so‘zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan. Etimologiya, ya’ni so‘zlarni kelib chiqishi jihatidan bu atama bevosita qandaydir bitta klassik - grekcha yoki lotincha ildizga ega emas. U lotincha “status”, ya’ni ahvol, holat degan so‘zning italyancha “state” - davlat degan so‘z qiyofasini olishidan kelib chiqadi. Statistika so‘zi kundalik hayotga va ilm-fanga XVIII asrda kirib keldi. Dastlab, savdo va moliya kapitali hamda pul munosabatlari taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ehtiyojni qondirish maqsadida to‘plangan mamlakat aholisi, iqtisodiy va siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar statistik axborotlar deb yuritiladi.
Dastlab davlatshunoslik fani statistika deb ataldi. Biroz keyinroq davlatning diqqatga sazovor tomonlarini tasvirlaydigan davlatshunoslik fani paydo bo‘lib, u statistika nomi bilan, uni yaxshi egallagan bilimdon esa statistik deb atala boshlandi. Bu fanning ko‘zga ko‘rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-1772yy) birinchi bo‘lib statistika so‘zini ot sifatida qo‘lladi va ilmiy odatga kiritdi. Uning fikricha, statistika bu davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar sharhi, tasviridir. Ammo hozirgi kunda statistika atamasini bunday mazmunda talqin etish ko‘p jihatlarini yo‘qotdi. Kundalik turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va aholisi haqidagi ma’lumotlar to‘plami statistika deb yuritilsa ham, ammo u o‘tgan asrlardagi “davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi.
Hozirgi zamon statistikasi davlatshunoslikdan axborotlarning to‘laligi, turli- tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi. Bu farq nafaqat axborot turlari ko‘pligi va to‘laligida ko‘zga tashlanib qolmasdan, shu bilan birga ularning xarakterida ham yaqqol kuzatiladi. Endi statistika deganda faqat miqdoriy ifodalangan axborotlar tushuniladi. Masalan, muayyan davlatda qanday siyosiy tizim xukmronligi, qaysi til davlat tili ekanligi statistikaga hech qanday aloqasi yo‘q, ammo siyosiy firqolar soni, ularning maqsadi, a’zolar soni va boshqa belgilar bo‘yicha taqsimlanishi, yetakchi firqo tashkilotlari a’zolarining ijtimoiy holati, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha taqsimoti, qaysi tilda qancha aholi gaplashishi va hokazolar - bular statistikadir. Mamlakat hududiy bo‘linmalarining ro‘yxati yoki jo‘g‘rofiy xaritada joylanishi statistika emas, biroq aholini soni, sanoat tarmoqlari va hokazolarning hududiy kesimda taqsimoti statistikadir.
Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o‘ziga xos xususiyat shundan iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo‘lmasdan, balki doimo ularning to‘plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. Yakka hodisa, to‘plamdan farqli o‘laroq, mustaqil va bir - biriga o‘xshash tarkibiy elementlarga bo‘linmaydi. To‘plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo‘q bo‘lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko‘chib ketsa, aholi to‘plamligicha qolaveradi. Qandaydir korxona yopilsa korxonalar to‘plami o‘z nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy sex yopilsa, korxona o‘z mavqeini yo‘qotadi, ya’ni ishlamay qo‘yadi.
Shuningdek, shaharga bir kishi ko‘chib kelishi yoki bola tug‘ilishi, yangi korxona ishga tushishi bilan mavjud to‘plam o‘rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa to‘plam paydo bo‘lmaydi.
Agarda hodisa yakkayu yagona bo‘lib, keyinchalik unga o‘xshash hodisa yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika obyektini tashkil etadi. Masalan, Asakadagi o‘zbek-quriya qo‘shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushishi bilan respublika xo‘jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos solindi. Demak, bu korxona statistika, obyekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga o‘xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, haqiqatda ham paydo bo‘la boshladi.
To‘plam tarkibidagi har bir hodisa o‘z o‘zidan statistikani qiziqtirmaydi. U to‘plam bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni olish uchun asos sifatida statistika diqqatini tortadi. Masalan, nikohni qayd qilish oila quruvchi ikki yosh uchun ahamiyat kasb etadi, chunki ularning oilaviy huquq va vazifalarini belgilaydi, shu jihatdan davlat tashkiloti-ZAGS larni ham qiziqtiradi, chunonchi ular huquqiy oila munosabatlari ustidan nazorat olib borish uchun tuzilgan. Bu fakt statistika uchun qayd qilingan nikohlar soni, yangi oilalar a’zolarining yoshi, yashash manbaalari va xokazolar haqidagi umumiy ko‘rsatkichlarni olish jihatidangina ahamiyatga ega.
Garchi faktlar gung bo‘lsa ham, ularni tushunish kerak, talqin eta bilish lozim. Statistikaga ana shunday yo‘sinda yondashish natijasida bu so‘zning ma’nosi boyidi, u mazmunan yangi jihatga ega bo‘ldi.

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə