1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə3/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Statistika fanidan

Statistika - bu fan tarmog‘i, amaliy faoliyat sohasi, bilim yo‘nalishi, bilish quroli. Statistika deganda ma’lumotlar to‘plash jarayoni ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda statistika ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog‘i ham, maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham, kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olim E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni xulosalar yasash uchun asos sifatida to‘plash, tasniflash va miqdoriy baholash haqidagi fandir”1[1] Shu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.
Tasviriy statistika - bu ma’lumotlar to‘p-lash, tasniflash, umum-lashtirish va talqin etish yo‘llaridir. Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo‘llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to‘plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Bu ishda EHMdan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM yordamida axborotlar to‘plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
Shunday qilib, statistika atamasi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so‘z ko‘proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko‘rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko‘rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so‘zi foydalaniladi. Masalan, gazeta sahifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko‘ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda ho‘jalik faoliyat haqidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim nomi ham statistika deb yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo‘nalishi ham ataladi;
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tatbiq qilish ham tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar statistika deb yuritiladi.

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə