1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə8/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Statistika fanidan

2. Statistika uslubiyati
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tumandir, ularning kyechish sharoitlari ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko‘pdan-ko‘p shakllarga va turlarga ega. Ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi hodisa va jarayonlar o‘zining murakkabligi va juda ko‘p o‘zaro bog‘lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar ham ularda har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi va turli jihatlarini ta’riflaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularni qandaydir yagona bir usul yordamida o‘rganib bo‘lmaydi. Buning uchun maxsus usullar, yo‘llar majmuasi, bilim vositalari zarur.
Umuman olganda, uslubiyat so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega: 1) bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta’limot; 2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi; 3) ayrim fan tarmoqlarida qo‘llanadigan usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi; 4) ishlash va boshqarishdagi o‘ziga xos uslub, ya’ni maxsus yo‘llar, usullar majmuasi.
Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, unda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o‘ziga xos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo‘llanadigan yo‘llar, usullar, vositalar majmuasi. Statistika uslubiyati deganda ommaviy hodisa va jarayonni ilmiy tekshirishda va boshqarishda, unda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni o‘rganish va ulardan amaliy foydalanish jarayonida qo‘llanadigan o‘ziga xos uslub, ya’ni usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi tushuniladi. Ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy nisbatlarini aniqlash, ularda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlar bir necha bosqichlarga, ular esa fazalarga bo‘linadi. Bosqich va fazalar o‘zining maqsadi, vazifalari va xususiyatlari bilan bir biridan ajralib turadi. Shuning uchun har bir faza va bosqichda o‘ziga xos tekshirish usullari, yo‘llari, vositalari qo‘llanadi. Shu bilan birga o‘rganilayotgan soha va masalaning xarakteriga qarab, unga mos keladigan u yoki bu usul (yoki usullar to‘dasi) aniq tekshirishda, uning muayyan fazasi va bosqichida asosiy, yetakchi qurol sifatida ishlatiladi.

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə