1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə10/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Statistika fanidan

Qisqacha xulosalar
Statistika deganda ilk bor mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini sonlar va iboralar yordamida izohlash tartibi haqidagi fan tushunilgan bo‘lsa ham, hozirgi kunda bu so‘z ko‘p ma’noda qo‘llaniladi: Statistika-bu: 1)turmush, jamiyat hayoti haqidagi aniq sonlar, ko‘rsatkichlar to‘plami; 2) mazkur ma’lumotlarni to‘plash, ishlash,umumlashtirish, saqlash va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi; 3) ommaviy jarayonning ustidan ko‘p kuzatishlar o‘tkazish natijasida olingan umumlashtiruvchi mezonlar, ko‘rsatkichlar;4)ilm-fanning maxsus sohasi.Statistika fani ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi, ularda namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi, ularning me’yorini belgilaydi. U o‘z uslubiyatiga ega va ommaviy jarayonni o‘rganish uslubi sifatida moddiy dunyo va ilm-fanning hamma sohalarida qo‘llanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda,idrok qilishda statistika beqiyos katta rol o‘ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy statistika yagona sttatistika fanining tarkibiy qismi va tarmog‘idir. Shu bilan birga uning o‘rganish obyekti muhim o‘ziga xos tomonlarga egaligi va ularga umumstatistik usullarni moslashtirish yo‘li bilan yangi mazmun va shakllar baxsh etilgani va natijada birmuncha takomillashgan uslubiyat yaratilganligini hisobga olib iqtisodiy statistikani ma’lum darajada mustaqil fan deb qarash ham mumkin.

3-Mavzu Statistik ko’rsatkichlar. O’rtacha miqdorlar.
Reja:
3.1 Mutlaq (absolyut) miqdorlar haqida tushuncha, ularning turlari va o’lchov birliklari
3.2 Nisbiy miqdorlar haqida tushuncha va ularni ifodalash shakllari
3.3 Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
3.4 O’rtacha miqdorlar haqida tushuncha va ularni qo’llashdagi asosiy shartlar.
3.5 O’rtacha arifmetik miqdorning turlari, uning xususiyatlari va ularni hisoblash tartibi.
3.6 O’rtacha garmonik miqdorning turlari va ularni hisoblash tartibi.
3.7 Moda va mediana. Variasion qatorlari.
Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28
Tayanch iboralar.
Mutlaq; mutlaq miqdor; yakka mutlaq miqdorlar; umumiy mutlaq miqdorlar; natura o’lchov birligi; qiymat o’lchov birligi; mehnat o’lchov birligi; kompleks o’lchov birligi; shartli natura o’lchov birligi; nisbiy miqdorlar; koeffisiyent, foiz, promills, prodesimille, joriy (hisobotli) miqdor; bazisli (taqqoslama) miqdor; buyurtma (shartnoma) bajarilish nisbiy miqdorlari; reja topshirig’i nisbiy miqdorlari; dinamika (o’sish) miqdorlari; tuzilmaviy (strukturali) nisbiy miqdorlari; intensiv nisbiy miqdorlari; koordinasiya nisbiy miqdorlari; obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari; bazisli usul; zanjirsimon usul. O’rtacha miqdor; o’rtacha arifmetik miqdor; o’rtalashtirilayotgan belgi; belgi variantlari; belgi vazni (uchrashish tezligi), sigma; progressiv o’rtacha; guruhiy o’rtacha; o’rtacha garmonik miqdor; o’rtacha xronologik miqdor; o’rtacha kvadratik miqdor; o’rtacha geometrik miqdor; o’rtacha geometrik miqdor; moda; mediana; variasion qatorlari; diskret va interval variasion qatorlari;
3.1.Mutlaq (absolyut) miqdorlar haqida tushuncha, ularning turlari va o’lchov birliklari.
Bizga ma’lumki, statistik tadqiqotning birinchi bosqichi statistik kuzatish bo’lsa, ikkinchi bosqichi esa statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlashdan iboratdir. Statistik kuzatish natijasida statistik ma’lumotlar bir joyda to’planadi va bu har bir to’plamda o’rganilgan ijtimoiy xodisalarning belgilariga tavsifnoma berilsa, statistik jamlash va guruhlash orqali esa to’plam birliklari umulashtiriladi hamda olingan natijalar statistik jadvalarda keltiriladi. Natijada shu to’plamda o’rganilgan xilma-xil ko’rsatkichlarga alohida-alohida tavsifnoma berilmasdan, balki shu to’plamdagi o’rganilgan barcha ko’rsatkichlarga umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlari orqali tavsifnoma beriladi.
Demak, statistikada to’plam birliklarni guruhlar yoki shu to’plamni to’laligicha birlashtirib, unga tavsifnoma beruvchi ko’rsatkichlarga, umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlar deb yuritiladi.
Bunday ko’rsatkichlarga statistik kuzatish, jamlash va guruhlashni amalga oshirilgandan so’ng erishiladi va bu ko’rsatkichlar shu o’rganilgan xodisa va jarayonlarning hajmi, miqdori va darajasiga tavsifnoma berib, natijada hisoblangan bir qator ko’rsatkichlarga ega bo’lamiz. Bunday ko’rsatkichlar boshlang’ich hisob ma’lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan ko’rsatkichlar bo’lib, ular:
Umumlashtirilgan mutlaq son ko’rsatkichlari. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi xodisa va jarayonlarning belgisini umumiy sonda va hajmda tavsiflaydi. Masalan, guruhdagi talabalar soni, fermer xo’jaligidagi jamoa a’zolari, xo’jalikda yetishtirligan jami paxta yoki bugdoy miqdori va shu kabilar kiradi.
Umumlashtirilgan nisbiy ko’rsatkichlar. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi xodisa va jarayonlarning to’plam birliklarining salmog’i yoki ularning qiymatini tavsiflaydi. Masalan, o’simlikchilik yoki chorvachilik tarmog’ida ishlab chiqarilgan jami maxsulotlarning qiymati, ularning umumiy ishlab chiqarishdagi salmog’i foiz hisobida va shu kabilar kiradi.
mumlashtirilgan o’rtacha ko’rsatkichlar. Bunda o’rganilayotgan to’plamdagi xodisa va jarayonlarning o’rtachasi hisoblanadi. Masalan, o’rtacha xosildorlik, chorva mollarning maxsuldorligi , 1 s paxtaning tannarxi va shu kabilar kiradi.
Shu umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlarning dastlabki ko’rinishlaridan biri - mutlaq miqdorlar bo’lib hisoblanadi.
Statistikada mutlaq miqdorlar deb, u yoki bu ijtimoiy xodisalarning miqdori va hajmini ma’lum vaqtda, ma’lum joyda tavsiflaydigan ko’rsatkichlarga aytiladi. Masalan, xo’jalik bo’yicha chorva mollar soni, ishchilar soni, ekin maydoni, xosildorlik, maxsuldorlik va shu kabilar kiradi.
Ifodalanishiga qarab, mutlaq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo’linadi.
Yakka mutlaq miqdorlar deb, o’rganilayotgan to’plamning alohida birliklarini tavsiflanishi tushuniladi. Masalan, guruhlardagi har bir talaba, fermer xo’jaligidagi ayrim ekinlar maydon, bir xodimning olayotgan ish haqi va shu kabilar kiradi.
Umumiy mutlaq miqdorlar deb, o’rganilayotgan to’plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini ta’riflovchi miqdorlar tushuniladi. Masalan, guruhdagi jami studentlar soni, fermer xo’jaligidagi jami ekin maydoni, barcha ishlovchilarning ish haqi fondi va shu kabilar kiradi. Demak, umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlarning yig’indisidir. Buni quyidagicha yozish mumkin:
Aum=a1+a2+a3+a4+…+an-2+an-1+an= ,
bu yerda - Aum-umumiy mutlaq miqdor;
a1,a2,…,an-kuzatilayotgan to’plam birliklari (yakka mutlaq miqdorlar);
- to’plam birliklarining yig’indisi.
Mutlaq miqdorlar quyidagi o’lchov birliklarida ulchanadi:
- Natura o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan xodisalarning ichki xususiyatini ifodolovchi og’irlik (xo’jalik 2500 t paxtani davlatga sotishi), uzunlik (2000 metr masofani yo’lovchining bosib o’tishi), hajmi (xo’jalik jami 250.000.000 so’mlik o’simlikchilik maxsulotini ishlab chiqarishi), gektar (xo’jalikda 850 gektar maydonga paxta urug’i sepilishi) va boshqa birliklar tushuniladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, ayrim davlatlarda o’zlari uchun qabul qilingan o’lchov birliklari ham qo’llaniladi:
1-dyum (2,54sm);
1-fut=12-dyum=(30,48), 1-yard (90sm);
1-milya=(1609m 34sm), 1-pud (16,0 kg);
1-arshin, 1-qarish, 1-botmon, 1-chaqirim va shu kabilar kiradi.
- Qiymat o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalar pul ko’rinishida o’z aksini topadi. Masalan, O’zbekistonda so’m va tiyinda (1994 yil 1-iyulda milliy valyutamiz joriy etildi), AQSh da dollar va sentda, Rossiyada rubl va kopeyekda hisoblanadi va shu kabilar kiradi.
- Mehnat o’lchov biriligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni vaqtda hisoblanishini tushunamiz. Masalan, kishi-soat, kishi-kun, kishi-smena va shu kabilar kiradi.
- Kompleks o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni ifodalashda ikki va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasidan iboratligini tushunamiz. Masalan, yuk tashishda – t/km, iste’mol etilgan elektr energiya - kv/soatda va shu kabilar kiradi.
- Shartli natura o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning ma’lum xislatga ega bo’lgan shu to’plamdagi bir ijtimoiy xodisani shartli bir birlik qilib olib, shu to’plamdagi boshqa xodisalarni maxsus koeffisiyentlar yordamida shu birlikka keltirib hisoblashni tushunamiz. Bu hisoblarni quyidagi jadvallarda keltirilgan misollar orqali ko’rib chiqamiz.(129-betdagi 27 va 28-jadvallarga qarang).


Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə