1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja


Nisbiy miqdorlarning turlari vaularni hisoblash tartibi



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə12/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Statistika fanidan

3.3.Nisbiy miqdorlarning turlari vaularni hisoblash tartibi.
Nisbiy miqdorlar hisoblanayotganda taqqoslash bazasi (mahraj) qilib, har xil miqdorlar qabul qilinishi mumkin. Jumladan, bazis miqdor sifatida davlat buyurtmasi, o’tgan davr miqdori (hajmi), o’rganilayotgan xodisa yig’indisi, boshqa mintaqa (hudud) ko’rsatichi yoki qandaydir boshqa xodisalar ko’rsatkichi olinishi mumkin. Shunga qarab, nisbiy miqdorlar quyidagi turlarga bo’linib o’rganiladi:
- Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorlari:
- Reja topshirig’i nisbiy miqdorlari:
- Dinamika (o’sish) nisbiy miqdorlari:
- Tuzilmaviy (strukturali) nisbiy miqdorlari:
- Intensiv nisbiy miqdorlari:
- Koordinasiya nisbiy miqdorlari:
- Obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari:
Bu nisbiy miqdorlari turli muayyan vazifani bajaradilar.
Endi ushbu yuqorida keltirilgan nisbiy miqdorlarni hisoblash usullarini birma-bir ko’rib chiqamiz.
1). Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorlari.
Bu ko’rsatkich quyidagi tartibda aniqlanadi:
Bu ko’rsatkich ekstensiv ko’rsatkichlarga (maxsulot sotish hajmlari bo’yicha, ishchilar soni bo’yicha va hokazo), o’rtacha ko’rsatkichlarga (o’rtacha xosildorlik bo’yicha, o’rtacha maxsuldorlik bo’yicha va hokazo), shuningdek, nisbiy ko’rsatkichlarga (maxsulot ishlab chiqarish hajmini yoki 1 s maxsulot tannarxini shuncha foizga ko’paytirish yoki kamaytirish bo’yicha va hokazo) nisbatan aniqlanishi mumkin.
Agarda, davlat buyurtmasi hajmi yoki o’rtacha ko’rsatkichlarda berilgan bo’lsa, u holda davlat buyurtmasining bajarilishini oddiy hisoblash orqali, ya’ni haqiqiy hisobot natijalarini yil boshida belgilangan davlat buyurtmalariga nisbatan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash uchun har xil usullar orqali amalga oshirish mumkin, ya’ni ma’lum davrlar oralig’i yoki yil boshiga (chorakka) nisbatan oshib borish natijalari bo’yicha.
Masalan, xo’jalikka qarashli kichik korxonasida maxsulot ishlab chiqarish hajmi oyma-oy quyidagicha bajarilgan bo’lsin:
iyul oyi uchun – 28,0 mln. so’m
avgust oyi uchun – 35,0 mln. so’m
sentyabr oyi uchun – 43,0 mln. so’m
jami uchinchi – 106,0 mln. so’m
chorak uchun
Shu chorak uchun maxsulot ishlab chiqarish davlat buyurtmasi 101,0 mln so’m belgilangan bo’lsa, u holda chorak bo’yicha davlat buyurtmasi quyidagicha bajarilgan:
Iyul oyi uchun - 27,7
Avgust oyi uchun - 34,6
Sentyabr oyi uchun - 42,6
Uchinchi chorak uchun -104,9
Chorak bo’yicha davlat buyurtmasining bajarilishini oyma-oy aniqlangan natijalarni qo’shish orqali ham aniqlash mumkin.
27,7+34,6+42,6=104,9 % ni tashkil etadi.
Davlat buyurtmasini bajarilishini oshib borshi natijalari bo’yicha ham aniqlanishi mumkin:
iyul oyi uchun – 27,7
iyul va avgust oyi uchun – 62,3
iyul, avgust va
sentyabr oylari uchun – 104,9
Demak, hozirgi kunda statistika amaliyotida bu usul keng qo’llanilib kelinmoqda. Chunki bu usul orqali tezkor kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi-ki, natijada xo’jalikni barqaror boshqarishda bu hisoblangan ko’rsatkichlardan keng foydalaniladi.
2). Reja topshirig’i nisbiy miqdorlari.
Bu ko’rsatkich quyidagi tartibda aniqlanishi mumkin:
Bu ko’rsatkichni hisoblash uchun dastavval o’tgan yildagi davlat buyurtmasining haqiqiy bajarilishi hajmi aniqlanib olinadi va shunga nisbatan rejalashtirilgan yilga qancha maxsulot hajmini oshirish mumkinligini ham foizda, ham mutlaq miqdorda belgilanadi.
Masalan, xo’jalikda o’simlikchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2003 yilga 280,0 mln so’mni tashkil etgan bo’lsin. 2004 yilda esa shu tarmoqdagi maxsulot hajmini 300,0 mln so’mga yetkazish rejalashtirilgan bo’lsa, u holda reja topshirig’i nisbiy miqdorlari quyidagicha bo’ladi:
a) mutlaq miqdor hisobida: 20,0 (300,0-280,0) mln so’m;
b) foiz hisobida: 1,072 yoki 107,2
Bu ko’rsatkich orqali xo’jalikda davlat buyurtmasining bajarilishini ham foizda aniqlash mumkin, ya’ni:
Faraz qilaylik, 2004 yilda xo’jalikda o’simlikchilik tarmog’ida maxsulot ishlab chiqarish haqiqiy hajmi 306,0 mln so’mni tashkil etsin. U holda, xo’jalikda 2003 yilga nisbatan maxsulot ishlab chiqarish foiz hisobida quyidagicha bo’ladi:
1,0929 yoki 109,29 teng bo’ladi.
Bu olingan natijani rejalashtirilgan davlat buyurtmasiga taqqoslash orqali davlat buyurtmasining bajarilishi ko’rsatkichini ham aniqlash mumkin:
1,019 yoki 101,9 teng bo’ladi.
Bu foiz ko’rsatkichi orqali 2003 yildagi davlat buyurtmasining reja topshirig’i mutlaq miqdorini ham hisoblash mumkin, ya’ni:
mln so’mni tashkil etadi.
Ayrim xollarda, rejalashtrilgan nisbiy ko’rsatkich miqdori xo’jalikning bir me’yorda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish natijasida ko’tarilmasdan, balki pasayib, (masalan, 1 s paxtaning tannarxi) borishi ham mumkin. U holda, ikki xil natijaga ega bo’lamiz:
- Belgilangan rejaga nisbatan 1 s paxtaning tannarxi oshishi-rejaning bajarmasligini ko’rsatadi;
- Belgilangan rejaga nisbatan 1 s paxtaning tannarxi kamayishi-rejaning bajarilganligini ko’rsatadi;
Masalan, 1 s paxtaning tannarxi 5,0 % ga kamaytirish rejasiga nisbatan 3,0 % ga kamaygan bo’lsa, ya’ni 95,0 (100,0-5,0) % urniga 97,0 (100,0-3,0)% ni tashkil etadi. U holda, 1 s paxtaning reja bajarilishi foiz hisobida quyidagicha bo’ladi:
1,021 yoki 102,1 teng bo’ladi.
Demak, hisobotli 1 s paxtaning tannarxi rejalashtirilgan 1 s paxtaning tannarxiga nisbatan – 2,1 (102,1-100,0)% ga oshganligini ko’rish mumkin.
3). Dinamika (usish) nisbiy miqdorlari.
Dinamika nisbiy miqdorlari deb, ijtimoiy xodisa va jarayonlarning vaqtda o’zgarishini tavsiflovchi ko’rsatkichlarga aytiladi va bu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
Bu ko’rsatkichni ayrim xollarda o’sish darajasi ham deb yuritiladi va bu ko’rsatkichni hisoblashda ham bazisli, ham zanjirsimon usullar qo’llaniladi. Bu usullarni nisbiy miqdorlarda qo’llash tahlil oldida qo’yilgan maqsadga bog’liqdir.
Agarda, faqat bazis davrga nisbatan keyingi davrlar darajasi qancha o’zgarganligini bilmoqchi bo’lsak, u holda bazisli usul qo’llaniladi.
Agarda, har bir keyingi davr o’zidan oldingi davr darajasiga nisbatan qancha o’zgarib borayotganini kuzatmokchi bo’lsak u holda zanjirsimon usul qo’llaniladi. Bu hisoblangan ko’rsatkichlar koeffisiyentlarda va foizlarda ifodalanadi.
Bazisli va zanjirsimon usullarda dinamika nisbiy miqdorlarini hisoblash tartibini quyidagi ma’lumotlar misolida ko’rib chiqamiz (30-jadvalga qarang):
30-jadval
Xo’jalikda 1998-2003 yillardagi paxta xosildorligi ko’rsatkichlari.

Ko’rsatkichlar

1998-yil

1999-yil

2000-yil

2001-yil

2002-yil

2003-yil

U0

U1

U2

U3

U4

U5

Paxta xosildorligi, s/ga

19,6

20,3

22,5

24,8

26,4

28,2

Bazisli o’sish darajasi (1998y koeffisiyentiga nisbatan)

1,00023

1,036

1,148

1,265

1,347

1,439

Zanjirsimon o’sish daraja-si (o’zidan oldingi yilga nisbatan koeffisiyentiga)

1,000

1,036

1,108

1,102

1,065

1,068
Bu yerda hisoblangan bazisli va zanjirsimon o’sish jarajalari o’rtasida quyidagi bog’liqlik borligini ko’rish mumkin, ya’ni:
1998-2003 yillardagi paxta xosildorligini (U0, U1, U2, U3, U4, U5) bilan belgilab olsak, u holda hisoblangan zanjirsimon o’sish darajalari quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Agarda, keyingi bazisli o’sish darajasini o’zidan oldingisiga bo’lsak, u holda keyingi davrning zanjirsimon o’sish darajasi kelib chiqadi, ya’ni:
1,265:1,148=1,102
Endi yuqorida o’rganilgan uchta nisbiy miqdorlarning bir-biriga bog’liqligini quyidagi misollarda ko’rib chiqamiz (31-jadvalga qarang):
31-jadval
Xo’jalikda 2002-2003 yillar bo’yicha ishlab chiqarilgan paxta miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar.

Ko’rsatkichlar

2002-y

2003-y

REJA

HAQIQATDA

U0

Ur

U1

Jami shilab chiqarilgan paxta miqdori, t. hisobida

1200,0

1280,0

1340,0

Tuzilmaviy (strukturali) nisbiy miqdorlari.
Bu ko’rsatkich quyidagi tartibda aniqlanishi mumkin:
Bu to’plam nisbiy miqdorlari o’rganilayotgan to’plamning tarkibini tavsiflaydi va shu to’plamdagi har bir guruh (bo’lak)lar umumiy to’plamining qancha qismini (ulushini) tashkil qiladi, degan savolga javob beradi.
Endi quyidagi xo’jalik ekin maydonlari misolida tuzilmaviy o’zgarishlarni aniqlaymiz (32-jadvalga qarang):
32-jadval
Xo’jalikning ekin maydonlari to’g’risidagi ma’lumotlar

Ekin turlari

Ekin maydonlari

Hisoblash taritibi

Ga

Jamiga nisbatan % da




G’alla ekinlari

249

19,6




Texnika (paxta) ekinlari

830

65,4




Poliz, sabzavot va kartoshka ekinlari

130

10,2




Yem-xashak ekinlari

61

4,8




Jami

1270

100,0






Demak, ushbu jadvaldagi hisoblar shuni ko’rsatib turibdi-ki, xo’jalikda asosiy ekin maydonlar (65,4%) paxta ekinlari uchun, undan keyin esa (19,6%) galla ekiinlari uchun ajratilganligini ko’rish mumkin. Ozgina qismini esa poliz, sabzavot va kartoshka ekinlari (10,2%) hamda yem-xashaklari ekinlari (4,8%) uchun ajratilgan.



Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə