1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə13/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Statistika fanidan

Intensiv nisbiy miqdorlari.
Intensiv nisbiy miqdorlari deb, bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan ikkita ijtimoiy xodisani ma’lum yo’nalishda bir-biriga bog’lab, ularni taqqoslash natijasida olingan ko’rsatkichlarga aytiladi. Bu ko’rsatkichlar turli nom bilan ataluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslash natijasida hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar ko’p xollarda har 100, 1000 kabi ko’rsatkichlar hisobiga aniqlanadi (masalan, 100 ga qishloq xo’jalik yerlariga, 1000 kishi aholi hisobiga va hokazo). Bu hisoblangan ko’rsatkichlar (tug’ilish koeffisiyenti, o’lganlar koeffisiyenti, kadrlarning qo’numsizlik koeffisiyenti va hokazo) % da, promilleda, prodisimilleda va shu kabi shakllarda ifodalanishi mumkin.
Bundan tashqari, qishloq xo’jaligida 100 ga qishloq xo’jaligi yerlariga to’g’ri keladigan chorva mollar soni, ishchilarning energiya bilan qurollanish darajasi, energiya bilan ta’minlash darajasi va kabi ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Koordinasiya nisbiy miqdorlari.
Bunda o’rganilayotgan to’plamning bir qismini ikkinchi qismiga bo’lgan nisbatini ifodalaydi.
Bunga misol sifatida erkak va ayollarning nisbati, milliy daromad qiymatida iste’mol va jamg’arma nisbati, korxonalarda xodimlar toifalari o’rtasidagi zaruriy nisbatlar va shu kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Koordinasiya nisbiy miqdorlarga elastilik koeffisiyenti ham tegishli bo’lib hisoblanadi va bu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda – u – aholining o’rtacha iste’moli;
u – iste’molining ortishi;
x – aholining o’rtacha daromadi;
x – daromadining ortishi;
Masalan, aholining o’rta yillik daromadi 200000 so’mni va bir yillik daromadining ortishi 10000 so’mni tashkil etsin.
Shakarni o’rta bir kishi hisobiga iste’moli 40 kg, yillik iste’molining ortishi – 0,8/ kgni tashkil etgan bo’lsa, u holda
ni tashkil etadi.
Bu hisob natijalari shuni ko’rsatadi-ki, aholining daromadi 1,0% ko’payganda shakarning iste’moli esa 0,4% ga oshadi.
Bu ko’rsatkich orqali yana iste’mol qilingan tovarning bahosiga bog’liqligini, ish haqi darajasining mehnat unumdorligiga bog’liqligi va shu kabilar o’rganiladi.

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə