1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə6/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Statistika fanidan

Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo‘llanadigan usullarni o‘rganayotgan ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi.
Ommaviy hodisalarni o‘rganishda matematika usullari ham ishlatiladi. Ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan statistika o‘rganayotganda matematika usullaridan ham foydalanadi. Jumladan bir qator statistika metodlari algebra va sonlar nazariyasiga - to‘plamlar nazariyasi, algebraik sistemalar, chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda matritsalar, vektor va Yevklid fazolari, determinantlar va hokazolarga tayanadi.2[2]
Statistika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Ammo mazkur xususiyat ularni alohida fanlar sifatida qarash uchun asos bo‘la olmaydi, chunki statistika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Birinchidan statistikada sodda usullar o‘rniga murakkab, takomillashgan matematika vositalarini qo‘llanilishi umuman ilm-fan taraqqiyotidan kelib chiqadi va uning oqibati hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat statistika taraqqiyotini, balki matematika taraqqiyotini ham aks ettiradi.
Ikkinchidan, statistikada qo‘llaniladigan barcha matematik vositalar, ular qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ya’ni arifmetik, algebraik yoki biror oliy matematik analiz bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z mazmunini matematikaning tarkibiy qismi bo‘lmish ehtimollar nazariyasidan oladi va u tomonidan ochiladigan qonuniyatlarga asoslanadi.
Ehtimollar nazariyasi ommaviy hodisalarni sifat mohiyatidan ajralgan holda, umumnazariy jihatdan butunlay musaffo tasodifiy sonlar qatori sifatida qarab muhim xossalarini o‘rganadi. Statistika esa hatto ommaviy hodisalarning umumiy qonun va qoidalarini tadqiq qilayotganda ham ularning birgina miqdoriy xususiyatlariga tayanmasdan, balki vujudga kelish mexanizmiga asoslanadi, yuzaga chiqish sabablarini hisobga oladi. Statistika kursidan matematika usullarini chiqarib tashlashga urinish, ulardan sun’iy ravishda yangi o‘quv predmeti sifatida - matematik statistikani shakllantirishga harakat qilish statistika nazariyasining asosiy boyligini hech qanday asossiz musodara qilish bilan barobardir.
Biroq ushbu kitob umumiqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha bakalavr darajasida mutaxassislar tayyorlash dasturiga binoan va talabalarning oliy matematik analiz bo‘yicha bilim darajalarini hisobga olib yaratilgani uchun unda matematik apparatni juda soddalashtirishga harakat qilindi. Shu bois nozik matematik yo‘llarga tayangan usullar umumiy tarzda bayon etildi. Ularni chuqur egallashni xohlovchi o‘quvchilar kitob ilovasida tavsiya etilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishlari mumkin.

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə