1-mavzu. Statistika faniga kirish. Statistika predmeti va uslubi Reja



Yüklə 72,81 Kb.
səhifə7/17
tarix08.02.2023
ölçüsü72,81 Kb.
#100493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Statistika fanidan

Qisqacha xulosalar
Statistika deganda ilk bor mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini sonlar va iboralar yordamida izohlash tartibi haqidagi fan tushunilgan bo‘lsa ham, hozirgi kunda bu so‘z ko‘p ma’noda qo‘llaniladi: Statistika-bu: 1)turmush, jamiyat hayoti haqidagi aniq sonlar, ko‘rsatkichlar to‘plami; 2) mazkur ma’lumotlarni to‘plash, ishlash,umumlashtirish, saqlash va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi; 3) ommaviy jarayonning ustidan ko‘p kuzatishlar o‘tkazish natijasida olingan umumlashtiruvchi mezonlar, ko‘rsatkichlar;4)ilm-fanning maxsus sohasi.Statistika fani ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi, ularda namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi, ularning me’yorini belgilaydi. U o‘z uslubiyatiga ega va ommaviy jarayonni o‘rganish uslubi sifatida moddiy dunyo va ilm-fanning hamma sohalarida qo‘llanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda,idrok qilishda statistika beqiyos katta rol o‘ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy statistika yagona sttatistika fanining tarkibiy qismi va tarmog‘idir. Shu bilan birga uning o‘rganish obyekti muhim o‘ziga xos tomonlarga egaligi va ularga umumstatistik usullarni moslashtirish yo‘li bilan yangi mazmun va shakllar baxsh etilgani va natijada birmuncha takomillashgan uslubiyat yaratilganligini hisobga olib iqtisodiy statistikani ma’lum darajada mustaqil fan deb qarash ham mumkin.
2-mavzu. Statistika predmeti va uslubi
Reja:
1. Statistika predmeti.
2. Statistika uslubiyoti.
3. Statistika tarkibiy qismlari.

Statistika predmeti
Statistika predmeti deganda statistika o‘rganadigan obyekt, ya’ni, ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat-miqdor aniqligi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy nisbatlarda yuzaga chiqishi, o‘rganilayotgan obyekt mazmunini belgilaydigan bilimlar majmuasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo‘llanish sohalari ham aloqadordir.
Statistika o‘rganish obyekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ular biror narsalar to‘plamida va o‘zaro bog‘langan to‘plamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa so‘zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir so‘z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bo‘lgan real voqeani bildiradi. Masalan, oilada bola tug‘ilishi, paxta hosili, ishchilar soni, yog‘ingarchilik (qor yoki yomg‘ir yog‘ishi), atrof-muhit bulg‘anishi va hokazolar. Jarayon so‘zi voqealar oqimini, ularning ma’lum makon va zamon sharoitida qanday tezlikda kyechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini, o‘zgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi.
Ommaviy hodisaning umumiy ta’rifi: biror obyektlar to‘plamida yoki murakkab obyekt elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea. Demak, ommaviy hodisa - biror obyektlar to‘plamida sodir bo‘lgan voqea, harakat natijasi. Masalan, O‘zbekiston barcha dehqon va shirkat ho‘jaliklari tomonidan bir yilda yetishtirilgan paxta hosili, hamma oilalarda tug‘ilgan bolalar soni, yoqqan qor va yomg‘ir hajmi, hamma korxona va avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar va hokazolar.
Predmet so‘zi bir necha lug‘aviy ma’noga ega.
Ommaviy jarayon umumiy ta’rifi: obyektlar to‘plamida yoki murakkab obyektda sodir bo‘lgan voqealar oqimi, ularning rivojlanishi. Ommaviy jarayon - bu obyektlar to‘plamida sodir bo‘lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to‘plama hodisalar kyechishidagi (harakatidagi) o‘zgarishlar. Masalan, O‘zbekistonda tug‘ilgan bolalar sonining ko‘payishi, tug‘ilish darajasining o‘zgarishi, umumiy ekin maydonida paxta salmog‘ining kamayishi va don ekinlari ulushining ortishi, Toshkent shahrida korxona va avtomashinalar tomonidan atmosferaga chiqarilgan gazlar ortishi, yer osti boyliklari zaxirasining o‘zgarishlari va hokazolar.
Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim belgilari bilan ajralib turadi.
Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha obyektlar ishtirok etib, ular o‘xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat. Uning muhim belgilaridan biri - ommaviy hodisa va jarayonda bir qancha mustaqil obyektlar (to‘plam birliklari) ishtirok etadi. Bu xususiyat murakkab obyektlarni ommaviy hodisa deb qaralganda ham namoyon bo‘ladi, chunki bunday obyekt bir to‘da yakka elementlardan tuziladi. To‘plam obyektlari, xuddi shuningdek murakkab obyekt elementlari o‘rganilayotgan hodisa jarayon uchun muhim bo‘lgan munosabatlar jihatidan bir biriga o‘xshaydilar.
Ayrim obyektlar yoki elementlar uchun xos bo‘lgan o‘xshashlik alomati ular ichki izchil tub bog‘lanishlarga ega ekanligidan kelib chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan obyektlar, elementlar to‘plami ichki qiyofa jihatidan umumiy asosga, sifatga, mohiyatga egaligini va shu nuqtai nazardan bir jinsliligini anglatadi.
Demak, statistikada o‘rganiladigan ommaviy hodisa va jarayon mohiyati va sifati jihatidan bir jinsli to‘plamda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga u miqdoriy jihatdan turlicha ifodalanishi mumkin.
Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to‘plam obyektlari, elementlari o‘ziga xoslik alomatiga ega bo‘lib, mustaqil, erkli tarzda amal qiladilar. Bu esa ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xususiyati hisoblanadi. U o‘rganilayotggan to‘plamning ayrim obyektlari, elementlari bir biriga o‘xshashligi bilan bir qatorda o‘ziga xoslik alomatiga egaligidan kelib chiqadi. Har bir to‘plam obyekti, elementi o‘xshashlik va o‘ziga xoslik jihatlarining yagona birligida hayotda harakat qiladi, ma’lum hodisa va jarayonning soxibi sifatida gavdalanadi. Ana shunday ayrim voqealar, jarayonlar umumlashishidan esa ommaviy hodisa va jarayon shakllanadi va u statistikani o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Ommaviy hodisa va jarayonning uchinchi xossasi - to‘plamning biror obyekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa obyektlariga oid tafsillari asosida aniqlab bo‘lmaydi Ommaviy hodisa va jarayonning boshqa yana bir xossasi - uni yuzaga chiqishida ishtirok etuvchi to‘plam obyektlari, elementlaridan biri haqidagi haqiqiy tafsilotlarni (ko‘rsatkichlarni) qolgan boshqa obyektlar tafsilotlaridan to‘la holda yoki umuman aniqlab bo‘lmaydi. Ma’lum shirkat xo‘jaligi yoki sanoat korxonasining mahsuloti, meqnat va mablag‘lar sarfi, texnika vositalari kabi haqiqiy tavsilotlarini boshqa ho‘jalik va korxonalarining tegishli tavsilotlari asosida topib bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, turli obyektlarning ayrim tavsilotlari orasida to‘la yoki qisman bo‘lsa ham mustaqillik qaramsizlik mavjud. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, agarda o‘rganilayotgan obyektlarning bittasidan tashqari qolgan hammasi haqida ma’lumotlar bor desak, u holda ushbu noma’lum obyektning haqiqiy ko‘rsatkichlarini ular asosida aniqlab bo‘lmaydi, ammo chamalab baholash mumkin, xolos. Biroq olingan natija qanchalik haqiqatga mosligi jumboq bo‘ladi, chunki hatto mazkur obyekt umuman bo‘lmaganda ham, bunday chamalama hisoblash natijasi o‘z kuchida qoladi.
Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning to‘rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada odatda kuzatilmasligidadir. Va nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning yana bir muhim xossasi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqib, ammo ayrim elementlarda, ya’ni yakka holda qaralgan hodisada ko‘p hollarda kuzatilmasligidadir. Bu qonuniyat ommaviy hodisa va jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi, uning tabiatidan ajralmas jihat hisoblanadi. Bunday qonuniyat statistik qonuniyat deb ataladi. Ammo bunday qonuniyatlarni umuman statistikaga xos, uning xususiy qonuniyatlari deb talqin etib bo‘lmaydi, chunki, bu holda ular mualloq holatdagi biror predmetga ya’ni bo‘shliqda turib qolgan narsaga o‘xshash tushuncha bo‘lib qolar edi. Ommaviy hodisa va jarayonlarda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni ochish va o‘rganish statistikaning asosiy vazifasi, statistik tekshirishda ko‘zlangan va haqiqatda erishilgan pirovard maqsad hisoblanadi. Har doim ular ayrim hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayonida olinadigan hamda butun to‘plam bo‘yicha miqdoriy nisbatlarni ta’riflaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar shaklida namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda statistik qonunyatlar ommaviy hodisa va jarayon tabiatining turli tomonlariga tegishli izchil bog‘lanishlarni, tartib qoidalarni ifodalaydi. Bu jihatdan ularni ma’lum darajada shart bilan ikki turga ajratish mumkin:
birinchidan, o‘rganilayotgan hodisalar to‘plamining tuzilishidagi bog‘lanishlarni ifodalovchi qonuniyatlar, ular taqsimot qonuniyatlari deb ataladi.
ikkinchidan, ommaviy hodisa va jarayonning dinamizmini ifodalovchi qonuniyatlar, ularni rivojlanish (taraqqiyot) qonuniyatlari deb ham atash mumkin.
Shunday qilib, statistik qonuniyatlar ommaviy hodisa va jarayonlarda, ularning asosiy sabablari ta’siri ostida yuzaga chiqadi. Ular ayrim hodisalarda namoyon bo‘lmaydi va buning sababi shundaki, bu holda yordamchi ikkilamchi omillar, sabablar muhim rol’ o‘ynab, asosiy sabablarning ta’sir kuchini qirqadi va ulardan ustunlik ham qilishlari mumkin. Agarda jarayonni bir butunlikda, barcha harakatchan kuchlar to‘plamida qaralsa, u holda tasodifiy tafovutlar tekislanish, silliqlanish tendensiyasiga ega bo‘ladi, chunki ulardan bir qismi ijobiy, boshqalari salbiy hisoblanadi. Tekshirilayotgan to‘plam hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ikkilamchi sabablarning oqibatlari ya’ni ularning ta’siri ostida yuzaga kelgan tasodifiy tafovutlar ko‘proq yediriladi, siyqalanadi. Natijada zaruriy sabab bog‘lanishlar, ya’ni biologiya, iqtisodiyot, fizika, kimyo va hokazo qonunlari yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Ammo ayrim holatlarda to‘plam soni ko‘paysa ham katta sonlar qonuni amal qilmasligi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqmasligi mumkin. Turmushimizda, iqtisodiy hayotda bunday holat quyidagi hollarda kuzatiladi:
-o‘rganilayotgan hodisalar qastdan, ataylab qilingan xatti-harakatlar natijasi bo‘lsa;
-o‘rganilayotgan to‘plam tabiatan bir jinsli bo‘lmaganda, ya’ni u har xil sifatga ega bo‘lgan hodisalardan tashkil topsa;
-ommaviy jarayonning turli unsurlariga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar kuchli o‘zaro bog‘liq bo‘lganda.
Statistik qonuniyatlar namoyon bo‘lishi uchun hodisa beg‘araz xatti-harakat natijasi, to‘plam bir jinsli bo‘lishi kerak. Shuning uchun katta sonlar qonuni amal qilishi va statistik qonuniyatlar yuzaga chiqishi uchun ma’lum shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim. Birinchi shart - o‘rganilayotgan hodisalar beg‘araz, erkin xatti-harakatlar natijasi bo‘lishi kerak. Shu holdagina hodisa tasodif xarakterga ega bo‘ladi va to‘plam unsurlari mustaqil, erkli bo‘lishi uchun sharoit tug‘iladi, chunki ularga ta’sir etuvchi ikkilamchi sabablar ham o‘zaro kuchli bog‘lanishga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz bog‘langan bo‘ladi, natijada aksariyat unsurlar ham ushbu sifatga ega bo‘ladi. Ikkinchi shart - o‘rganilayotgan to‘plam bir turli (jinsli) bo‘lishi kerak. Agarda uning tarkibiy qismlari biror yoki aynan shunday asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lsa, o‘rganilayotgan ommaviy jarayon ham bir jinsli, bir turlidir. Unga yangi boshqa tabiatli unsurlar qo‘shib bo‘lmaydi, aks holda to‘plam har xil jinsli bo‘lib, turli asosiy sabablar ta’siri ostida bo‘lgan qismlardan shakllanadi. Bunday to‘plamlarni o‘rganish dastlab uni bir jinsli qismlarga ajratishni taqozo etadi.
Ommaviy hodisaning aniq ta’rifi - bu har qanday hodisalar yig‘indisi bo‘lmasdan, balki, ularning bir butun to‘plami bo‘lib, unda statistik qonuniyatlar namoyon bo‘ladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar ommaviy hodisa va jarayonni aniqroq va to‘laroq ta’riflash imkoniyatini beradi. Ommaviy hodisa va jarayon har qanday voqealar (faktlar) yig‘indisi bo‘lmasdan, balki shundaylarining to‘plamiki, unda ichki izchil bog‘lanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar mavjud bo‘lib, yakka tartibda ular qaralganda kuzatilmaydi.
Statistika fani barcha ommaviy hodisa va jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan qat’iy nazar, o‘rganadi. Bu holda uning universal, umumiylik jihati namoyon bo‘ladi. Ammo, bunda qandaydir zararli unversalizm alomatlarini ko‘rish noo‘rindir. Har qanday fan ma’lum darajada umumiylikka ega.
Ommaviy hodisa va jarayonni o‘rganayotib, statistika uni miqdoran ya’ni sonlar yordamida ta’riflaydi. Bu esa uning o‘rganish predmetidan kelib chiqadi.
Shunday qilib, statistika fanining predmeti ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini o‘rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat

Yüklə 72,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə