1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


« SUG‘URTA HUQUQI» KURSIDAN TA’LIM



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

 «
SUG‘URTA HUQUQI» KURSIDAN TA’LIM 
TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL 
ASOSLARI 
 


 33 

 «Sug‘urta huquqi» fanining dolzarbligi va o‘kitish strukturasi 
 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng sug‘urta sohasida tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy islohotlar tufayli tarmoqda raqobat asosida 
faoliyat ko‘rsatadigan turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari vujudga keldi. 
Bugungi kunda sug‘urta tashkilotlari bozor ifratuzilma-sining muhim bo‘g‘ini 
sifatida iqtisodiyotni rivojlanishi uchun xizmat qilayapti. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda to‘laqonli sug‘urta 
bozorini barpo etish va uni barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun etarli darajada 
iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratildi. Sug‘urta sohasida mavjud bo‘lgan davlat 
monopoliyasiga barham berildi.
O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimiz rahbariyati va 
hukumati sug‘urta sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga va 
rivojlantirishga muntazam e’tibor berib kelayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli 
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qarori sug‘urta tizimini barqaror faoliyat ko‘rsatishi hamda sug‘urta 
xizmatlari bozorini taraqqiy etishi borasida yangi imkoniyatlar yaratdi. Mazkur 
Qarorga muvofiq, mamlakatda sug‘urta sohasining jadal rivojlanishini ta’minlash, 
aholining sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sug‘urta madaniyatini 
ko‘tarish maqsadida, mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha aholi va korxonalarning 
to‘lagan sug‘urta mukofotlari summasi ularning daromad solig‘i bazasiga 
kiritilmasligi shaklida soliq imtiyozi joriy etildi
1
. Davlatning bosh islohotchi 
sifatidagi roli sug‘urta sohasida ham muhim ahamiyat kasb etayotganligini 
yuqorida qayd etilgan qaror yaqqol ko‘rsatmoqda. Zero, Prezident I.Karimov 
ta’kidlaganlaridek, “parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik 
uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z 
zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik
2
”. 
“Sug‘urta huquqi” fani talabalarga mazkur sohaning nazariy va amaliy 
asoslarini puxta egallab olish imkoniyatini beradi. Ushbu fanda sug‘urtaning 
iqtisodiy mohiyati, sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan atama va tushunchalar kabi 
dolzarb masalalar o‘z aksini topgan. Mazkur fan O‘zbekistonda iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish jarayonida Sug‘urta huquqi asoslarini bozor 
munosabatlari tamoyillari asosida o‘rganadi va bu holat fanning katta ahamiyatga 
ega ekanligini ko‘rsatadi. 
“Sug‘urta huquqi” fanining asosiy maqsadi O‘zbekistonda jamiyatni 
demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish 
sharoitida sug‘urtaning ishini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini
o‘rganishdan iborat. 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada 
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. – “Xalq so’zi” gazetasi, 2007 yil 11 aprel. 
2
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari.- T.: O’zbekiston, 2009. – 7 bet. 


 34 
Ushbu fan quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi: ehtimollar 
nazariyasi, matematik statistika, statistika, moliya va boshqa shunga o‘xshash 
fanlar.
Talabalar o‘quv dasturida keltirilgan mavzularidan tegishli tartibda tanlab olib 
loyiha va mustaqil ishlar tayyorlashlari hamda amaliy mashg‘ulotni olib boruvchi 
o‘qituvchi nazoratida turli shakllardagi reyting topshiriqlarini bajarishlari lozim.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə