1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari


Ko‘p silindrli dvigatellarni ishlashi, dvigatel sistemalari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#131195
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI

Ko‘p silindrli dvigatellarni ishlashi, dvigatel sistemalari 
Ko‘p silindrli dvigatelning ravon ishlashi uchun bir turli takt uning bir necha 
silindrlarida bir vaqtda takrorlanmasligi va ish yo‘li takti ma’lum vaqtdan keyin 
muntazam takrorlanishi kerak. Dvigatelning turli silindrlarida bir xil taktning 
takrorlanish tartibi dvigatelning ish tartibi deb ataladi. Bir silindrli dvigatelda (DT-
20) tirsakli val yarim oborot aylanganda ish yo‘li hosil bo‘lsa, qolgan 1,5 marta 
aylanganda dvigatel maxovik energiyasi hisobiga va muvozanatlovchi 
mexanizmlar yordamida aylanadi. Dvigatelning ishlash tartibi 1-0-0-0 bo‘ladi.
Ikki silindrli dvigatellar T-25A va T-16M traktorlariga o‘rnatilgan. Ular 1-2-
0-0 yoki 1-0-0-2 tartibida ishlaydilar. Bunda tirsakli val bir marta aylanganda ish 
yo‘li takti ketma-ket 2 silindrda bo‘lib, ikkinchi aylanish maxovik inersiyasi 
hisobiga bajariladi. Ko‘pchilik traktor va engil avtomobillarda dvigatellar 4 
silindrli qilinadi.
Bu dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3. Demak dvigatel 
ishlaganda tirsakli valning har yarim aylanishida bir silindrda ish yo‘li takti hosil 
bo‘lib, boshqa silindrlardagi tayyorlov taktlari asosan shu ish yo‘li takti hisobiga 
bajariladi.
Olti silindrli dvigatellar o‘rnatilgan traktorlarda ish jarayoni quydagicha 
amalga oshadi. Bu dvigatellar 1-5-3-6-2-4 tartibda ishlaydi.
Demak tirsakli val 2 marta aylanganida 6 silindrda ish yo‘li hosil bo‘ladi. Bu 
dvigatel ravon ishlaydi, ko‘p quvvat beradi. Ammo dvigatelning bo‘yi uzun bo‘ladi 
shuning uchun ularda slindirlar qatori lotincha V shaklida ikki qatorli bo‘ladi. 


15 
Bu dvigatelda tirsakli val har yarim marta aylanganida 2 ta silindrda ish yo‘li 
hosil bo‘ladi. Dvigatel ko‘p quvvat beradi, ravon ishlaydi va silindrlar 
joylashtirilishi dvigatel bo‘yini uzun bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, avtomobillar 
ramasi sathidan ratsional foydalanish imkoniyati tug‘iladi.
Dvigatel sistemalariga quyidagilar kiradi: 1.sovitish sistemasi dvigatelni 
issiqlik xolatini belgilangan xaroratda tutib turishga xizmat qiladi. 2-moylash 
tizimi dvigatel mexanizmlarini barcha ishqalanib ishlovchi yuzalarini moylab 
ularni mudatidan oldin eyilishini oldini oliga muljallangan.3- taminlash tizimi 
dvigatelni yoqilg‘i bilan taminlash uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə