1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#131195
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI

O‘t oldirish tizimi
– benzinli, gazli dvigatellarda silindr ichidagi ishchi 
aralashmani yoqish uchun ishlatiladi.
Yurgazib yuborish tizimi
– dvigatel ishlamay (turg‘un holatda) turganda
tirsakli valni aylantirish hisobiga silindrdagi ishchi siklni boshlanishini 
ta’minlavchi tizimdir. 
 
Dvigatellarning tasniflanishi 
1. Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. 
2. O‘rnatilishiga qarab - ko‘chma va muqim o‘rnatilgan; 
3. Ishchi aralashmasini hosil qilishga qarab – aralashmani silindrdan 
tashqarida (benzinli va gazli) va silindr ichida (dizelli) hosil qilish; 


12 
4. Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida 
(benzinli, gazli) va havoni yuqori bosimda siqish (dizelli) yordamida
5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz va dizel yoqilg‘isi bilan 
ishlaydigan; 
6. Silindrlar soniga qarab - bir, ikki va hakozo silindrli;
7. Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq) va 
burchak ostida o‘rnatilgan; 
8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab - oddiy (porshen yordamida), 
qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida)
9. Sovutish usuliga qarab - suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga 
bo‘linadi. 
1.9-rasm. To‘rt taktli dvigatellarning ishlash sxemasi: 
Yengil, kam va o‘rta yuk ko‘taradigan avtomobillarda ko‘p silindrli 
karbyuratorli dvigatellar qo‘llaniladi. Bu dvigatellarda aralashma siliindr 
tashqarisida (karbyuratorda) hosil etiladi va elektr uchquni bilan yondiriladi. Ish 
sikli porshenning nechta yo‘lida bajarilishiga qarab to‘rt taktli va ikki taktli 
dvigatellarga bo‘linadi. Dvigatellarda tirsakli val aylantirilsa, porshen silindr ichida 
ilgarilanib qaytib to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Porshenning tirsakli val o‘qidan 
eng uzoqlashgan nuqtasi yuqorigi chekka nuqta (YU. CH. N) deb ataladi. 
Porshenning val o‘qiga eng yaqinlashgan nuqtasi pastgi chekka nuqta (P. CH. N) 
deb ataladi.
Chekka nuqtalar orasidagi masofa porshen yo‘li (S) deb ataladi. Porshenning 
har yo‘li ichida bajariladigan jarayon takt deb ataladi. YU. CH. N. da turgan 
porshenning tepasida hosil bo‘ladigan hajm siqish kamerasining hajmi (Vs) 
deyiladi.
Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. gacha harakat etib bo‘shatadigan hajmi 
silindrning ish hajmi (V
h
) deyiladi. V
h = 
(

D
2
/4)

(S/1000), (l) 
bunda: D- silindr diametri (mm); S- porshen yo‘li (mm).
Dvigatel silindrlari ish hajmini silindrlar soniga ko‘paytmasi dvigatelning 
litraji (V
l
) deb ataladi. V
l = 
(

D
2
/4)

(S/1000)

i q V
h

i , (l) 


13 
P. CH. N da turgan porshen tubining tepasidagi hajmi silindrning to‘la hajmi 
deb ataladi. V
a =
V
h
+ V
c
Silindr to‘la hajmining siqish kamerasining hajmiga nisbati dvigatelning 
siqish darajasi (E) deyiladi.
E = V
a
/V
c
= (V
h +
V
c
)/V
c
= V
h
/V
c
= 1 ; E
kar =
6 . . . 10; E
diz = 
13 . . . 20 
Dvigatellar ishlayotgan vaqtda uning silindrlarida doimiy takrorlanadigan 
kompleks ketma-ket jarayonlar (kiritish, siqish, ish bajarish, chiqarish) sodir 
bo‘ladi. Shu jarayonlar ma’lum tartibda takrorlana beradi. Silindrlarda 
takrorlanadigan barcha jarayonlar dvigatelning ish jarayoni yoki ish sikli deb 
ataladi.
6
I.Kiritish takti.
Kiritish klapanlari ochiq, chiqarish klapanlari yopiq xolatda 
bo‘ladi. Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. tomonga tirsakli valning xisobiga 
harakatlanib, silindrlarda siyraklanish hosil qiladi. Silindrga toza havo(dizel 
dvigatellarda) yoki xavo bilan yonilg‘i aralashmasi(karbyuratorli dvigatellarda) 
to‘ldiriladi. Kiritish taktida bosim 0,08-0,09 mPa, harorat 300-340 K bo‘ladi. (K-
kelvin). 
II. Siqish takti.
Ikkala klapan yopiq bo‘lganligi sababli silindrlarda havo 
siqiladi. Bosim 3,5 . . . 4,0 MPa harorat 780-900 K gacha ko‘tariladi. Siqish 
taktining oxirida forsunkadan yuqori bosim bilan yonilg‘i purkaladi. Aralashma 
hosil bo‘lib, qizigan havo haroratidan alangalanadi. Gaz bosimi 5,5. . . 9,0 MPa
gacha, harorat 1900. . . 2400 K gacha ko‘tariladi.
III. Ish yo‘li takti.
Dizellarda siqish taktida aralashma yonib tugamasdan ish 
yo‘li taktida ham, yonishda bir oz davom etadi. Ish yo‘li taktining oxirida 
silindrlardagi bosim 0,2. . . 0,3 MPa, harorat esa 900. . . 1200 K gacha pasayadi.
IV. CHiqarish takti.
Bu taktda yonib bo‘lgan ish aralashma silindrdan 
chiqarib yuboriladi. CHiqarilgan gazlarning bosimi takt oxirida 0,11-0,12 MPa,
harorat 650... 900 K atrofida bo‘ladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə