1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#131195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI

 
Traktor

g‘ildirakli va zanjirli o‘ziyurar mashina bo‘lib, qishloq xo‘jalik 
mashinalarini ko‘chib yurishini ta’minlash va uning ishchi qismlarini harakatga 
keltirish uchun xizmat qiladi.
Traktorlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ulardan qishloq 
xo‘jaligida, qurilish va yo‘l ishlarida, o‘rmon xo‘jaligida, yerlarni o‘zlashtirish va 
sug‘orish, yuklarni tashish ishlarida foydalaniladi. 
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash uchun texnikalar yaratish bo‘yicha
ixtirolar eng avvalo Angliya va AQSHda paydo bo‘ldi. Buning sababi bir tomondan 
bu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining rivojlanganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
sanoatlashtirish jarayonining boshlanganligi edi. AQSHda va Shimoliy Amerikada 
qishloq xo‘jaligidagi yerlarning juda kattaligi, biroq ishchi kuchi va vaqtining 
etishmasligi bu resurslarni tejash uchun qishloq xo‘jaligida yangi jihozlar va 
mashinalarning yaratilishiga turtki bo‘ldi. 
19-asrdan boshlab bug‘ mashinalaridan birinchi bo‘lib plug va sifatli boshoqli 
don ekinlarini yanchuvchi mashina-kombaynlarda foydalana boshlanishi bu 
yo‘nalishda qilingan birinchi qadam bo‘ldi. Buning natijasida 20-asr boshlariga kelib 
bug‘ traktori va mashinalari yaratildi (1.1 a va b - rasmlar)
1
.
Lekin ular foydalanishdagi noqulayliklar sababli qishloq xo‘jaligida ommaviy 
ravishda joriy qilinmadi. Ommaviy ravishda joriy qilish imkoniyatini 19-asrda 
yaratilgan va amaliy taraqqiy etgan ichki yonuv dvigitellari va elektromotorlar berdi. 
Motorlashtirish qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish samaradorligini oshiribgina 
qolmay, qo‘shimcha yer maydonlaridan, qaysiki hayvon tortishish kuchi bilan ishlov 
berib bo‘lmaydigan maydonlardan foydalanish imkonini berdi. 
1
Krombhols/Bertram/Wandel. “Land-technik”. Germany, 2008
.
12 ва 45-бет


a) 
b) 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə