1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#131195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI

G‘ildirakli traktorlar
zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
yengil boshqariladi, harakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50 
km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda 
va hokazo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan 
tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan 
ilashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish 
sifati keskin kamayadi. Shu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbatan 
yuqori.
Zanjirli traktorlarda
yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli 
uning yer bilan ilashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning 
tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda tuproqqa ishlov berishda 
foydalanish yuqori samara beradi.
 
 
2.Traktorlarning tasniflanishi va ularni 
 texnik ko‘rsatkichlari

Traktorlarni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi



Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan traktorlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
Traktorlar ilgagidagi tortish kuchini miqdori bo‘yicha : 2, 6, 9, 14, 20, 30, 40, 
50, 60, 70 kN sinfga bo‘linadi. 
Belgilangan ishlarni bajarishiga qarab: 
umumiy ishlarni bajaradigan traktorlar
(yer haydash, tekislash, ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish va b.); 
universal-
chopiq traktorlari 
(ekinlar qator oralariga ishlov beradigan, yuklarni tashiydigan); 
maxsus traktorlar
(bog‘ va uzumzorlarda, botqoq, tog‘ oldi mintaqalarda 
qo‘llaniladigan) turlarga bo‘linadi.
Yurish qismini tuzilishiga qarab: g‘ildirakli (3x2, 4x2, 4x4 ko‘rinishida); 
zanjirli va qisman zanjirli bo‘ladi. 
Asosini tuzilishiga qarab: ramali, yarim ramali, ramasiz turlarga bo‘linadi. 
Traktorlarning geometrik ko‘rsatkichlariga (1.7-rasm) ularning tashqi 
o‘lchamlari: uzunligi, balandligi va eni, bazasi, kinematik uzunligi, agrotirqishi, 
koleyasi, shina kengligi, g‘ildiraklar formulasi kiradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə