Hozirgi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik
ekinlarini yetishtirish
texnologik jarayonlarni amalga oshirishda foydalaniladigan agregatlarning asosiy
energiya manbai sifatida ilmoqdagi tortish kuchi 6 kN dan 50 kN gacha bo‘lgan
g‘ildirakli va zanjirli traktorlardan keng foydalanib kelinmoqda.
Ko‘p energiya talab etiladigan (yer haydash,
chizellash, chuqur yumshatish va
boshqalar) hamda yuzasi 10 gektardan va uzunligi 300 metrdan katta dalalardagi
ishlarni bajarishda hozirgi zamon yuqori quvvatli
umumiy ishlarni bajaradigan
Axion-850, MX-250, Arion-640S, Magnum-7240, K-701, T-150K, XTZ-181, VT-
150 rusumli traktorlar keng qamrovli mashinalar bilan, xuddi shu ishlar, lekin kichik
va o‘rtacha maydonlarda T-401, VT-100, TS-6070, Axsos-320S traktorlaridan
foydalanish yaxshi samara beradi.
Ekishdan oldin yerlarni tayyorlashda (tirmalash, disklash, chizellash, molalash,
yer tekislash va boshqalar) asosan T-4A, VT-100, VT-150, XTZ-181 rusumli zanjirli
traktorlardan, ekinlar qator oralariga ishlov berishda (ekish, kultivatsiya qilish,
begona o‘tlar va zararkunandalarga
qarshi kurashish, g‘o‘zani defoliatsiya qilish,
g‘o‘zapoyani yig‘ish va hokazolar) TTZ-60.11, TTZ-80.11, MTZ-80X rusumli
chopiq traktorlaridan va yetishtirilgan ekinlarning hosilini
tashish ishlarida TTZ-
60.10, TTZ-80.10, MTZ-80,82, TTZ-100.10 rusumli transport traktorlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mini traktorlardan
foydalanish qulay imkoniyatlarni yaratadi.
Ma’lumki, traktorlarni ishlab chiqaradigan firmalar birinchi navbatda o‘zi
joylashgan va tuproq – iqlim sharoitlari to‘liq o‘rganilgan mamlakatlar hamda traktor
bilan bevosita ishlatiladigan qishloq xo‘jaligi mashinalarining
texnik va texnologik
ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Eng asosiysi ularni texnik ko‘rsatkichlarini foydalanish paytida o‘zgartirish
juda murakkab hisoblanadi.
Shuning uchun birinchi navbatda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan traktorlar
hamda respublikamiz sharoitida davlat sinovidan o‘tkazilgan chet el firmalarining
traktorlaridan foydalanish kerak. Chunki ushbu traktorlarga mamlakatimizda
firmaviy xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilganligi uchun ishlash davrida ularga
texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash
ishlari samarali tashkil
etilgan.
Shuning uchun fermer xo‘jaligidagi mavjud qishloq xo‘jaligi mashinalari va
ularning texnik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda unga mos quvvatga ega bo‘lgan
traktordan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: