1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə28/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Rolli o’yin – maktabgacha Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati. Rolli o’yin mazkur Yosh davridagi bolalarning eng muhim foliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’YO katta Yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita «bajaradilar». SHu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta`kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati va mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Yirik psixologlar A.Vallon, J.Piaje, L. S.Vigotskiy,S. L.Rubin- shteyn, A. N. Leontev, B. G. Ananev, D. B. Elkonin va boshqalarning fik- richa, go’daklik davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli o’yin uchun eng zarur sharoitlar asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Mazkur olimlar va ularning shogirdlari to’plagan ma`lumotlarga asoslanib rolli o’yinni vujudga keltiruvchi muhim omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) go’daklik davridagi predmet bilan uni harakatlantirish orasidagi bog’liqlik o’z ahamiyatini YO’qota boradi, natijada predmet bilan harakat alohida hukm surish imkoniyati tug’iladi va bola ularni alohida umumlashgan tarzda aks ettira boshlaydi;
2) bola haqiqiy o’yinchoqlar o’rniga ularning asl mohiyatini to’la aks ettira olmaydigan yasama va beo’xshov nusxalaridan keng foydalanadi (fabrikada tayYOrlangan qo’g’irchoq YOki avtomobil o’rniga uyda yasab berilgan shunday narsalar bilan qanoatlanish);
3) bolaning o’z xatti-harakatlari kattalarning ishlaridan farqlanishiga intilishi, unda o’ziga xos shaxsiy harakat ko’nikmasining paydo bo’lishi;
4) bolada o’z xatti-harakatini kattalar faoliyati bilan qiYOslash, harakatlarning mohiyatini muvofiqlashtirish va aynan tuzilishi jihatdan bir-biriga yaqinlashtirish istagining tug’ilishi;
5) bola kattalarning haYOti va faoliyatida uchrab turadigan, odatdagi turmush muammolarini o’zida aks ettiruvchi, ma`naviy va maishiy ko’rinishga ega bo’lgan haYOt jabhasini o’z xatti-harakatida izjil ravishda tiklashga (ularning rolini bajarishga) urinishi.
O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N. M. Aksarinaning ta`kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta`sir vositalarining muhayYOligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta`sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
SHunday qilib, psixologik adabiYOtlar tahliliga tayanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi;
2) bolalar rolli o’yinlarda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin xis-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar;
3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda yashaYOtganini xis etgan xolda o’z istagini amaliYOtga tadbiq qiladi;
4) kattalarni xaYOti va faoliyatiga kirish bola xaYOtida o’chmas iz qoldiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə