1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suxbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob`ekti va sub`ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilaYOtgan narsa bilan uzviy borliq savol-javob tartibi tayYOrlanadi. Suxbatning bosh maqsadi muayyan bir va-ziyat YOki muammoni hal qilish jaraYOnida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli Yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e`tiqodi, dunYOqarashi, irodasi to’g’risida ma`lumotlar olinadi. Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi.
Suhbat metodining yuqorida ta`kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so’zlar, «g’aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffa-qiyatsizlikka. sabab bo’ladi. SHuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik etishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma`lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
Faoliyat mahsulini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xaYOlining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod Yosh davri psixologiyasida keng qo’llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, YOzgan she`rlarni taxlil qalish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xaYOli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metod-dan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob`ekt bilan sub`ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan xukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diag­ramma, kashfiYOt, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va diplom ishlari, ilmiy ma`ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyixa va xokazolar kiradi. Bular turli1 Yoshdagi va jinsdagi odamlar, har xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xa-rakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, xunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risida ma`lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi etmaydi. SHuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma`qul.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə