1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Test metodi. Test-inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi YOki yaroqsizligini, is- te`dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llanadi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining maxoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma`lu-motlarning ob`ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir.
1905 yildan, ya`ni frantsuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon -insonning aqliy o’sish va iste`dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
CHet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilaYOtgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning echimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. CHet el testologlari tadqiqot ob`ektlarini o’zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko’nikma hamda malakalarni aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jaraYOnida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog’liq ruxiy ke-chinmalarni inobatga olmaydilar. Rus psixologlari K. M. Gurevich, V. A. Krutetskiy va boshqalar qo’llaydigan testlar tubdan boshqacha printsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur kursatkichi (indikatori) bo’lishi uchun xarakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. SHuningdek, tafakkur jaraYOnining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini YOritib bo’lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmokdalar.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish, (maqsadga etish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishlari motivatsiyasi va xulqini baholashga YO’naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq, javob berish talab qilinadi, javoblarni taxlil qilib shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi.


Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli Yoshdagi odamlar (chaqalok, bola, o’spirin, balog’atga ,etgan va qariyalar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi YOrdamida sun`iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’sishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jaraYOnla-ri, shaxsning xis-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, ob`ektiv tarzda har xil holat va vaziyatlarni, yaratishi, bunda sinaluvchining Yoshi, aql-idroki, xarakter, xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakalariga e`tibor berishi lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə